Изоҳлардан маълум бўлдики, бу каби тирбандликлар деярли ҳар куни кузатилмоқда экан. Тошкентга ёндош ҳудудларда яшовчи фуқаролар ҳар куни ишга келиш ва кетишда соатлаб умрини тирбандликларда ўтказаётганини айтишмоқда.

Мутасаддилар томонидан бунинг сабаблари ўрганиляптими? Қанақадир илмий асосларини топиб, муаммони бартараф этиш учун чоралар қидириляптими? Ёки одатдагидек ҳамма айбни фуқароларнинг ўзига юклаш билан қутуламизми, “биз жуда кўп машина миниб юборяпмиз” деб?


👉 @xushnudbek 👈

106 comments

Show 69 more comments
Ассаломуалайкум! Қибрайдан Тошкент шаҳрига кириш кўчаларида ҳам ҳар куни катта тирбандликлар кузатилади. Мутасадди раҳбарлар ҳеч ўйлаб кўришмади шунча йилдан буён. Кўприк қилиш керакми ёки йўлни кенгайтириш керакми шуларни ўйлаб кўришса яхши бўлар эди...
Xudoyberdiyev Umid
Davlat kim?
Xalq kim?
Tushinarsiz ahvolga kelib qoldik, shu ishlarga masul odamga borsangiz uham sizga qo’shilib masalani tanqid qilib ketadi. Yo’l harakat hafsizlik boshqarma boshlig’i :)
Bizning korrupsiyon qudratimizga shubha qilsangiz. Biz qurgan qasrlarga boqing....
Xushnudbek aka kattakonlarda ayb yo'q . Aytganingizdek hamma ayb bizda. Toshkentga ko'p borayapmiz. Endi muammoni tanqidli tahlil qilib uyda o'tiramiz k.tni qisib )))
Tirbandliklar juda ko'payib ketayapti. Nafaqat Toshkentda, boshqa shaharlarda ham dayarli shunday. Masalan, Gulistonda ham.
Men bir narsaga hayronman, nega bazi ko'chalar qatnov uchun yopilgan? Bizda "BUNYODKOR" stadioni bor deganday... O'sha yo'llarni ko'rsatib, o'zimiz "yamalar"ga boy yo'llarimizdan yuraveraylik. "Zato" xodovoychilar, razvalchilar, vulkanizatsiyadagilar ish bilan ta'minlanib, pullari ko'payadi. Bu ham xalqni o'ylab...
Iskandar G'ozixo'jayev
Xushnudbek, qarorlarni, qonun loyihalarini jamoatchilik nazorati oʻtkazmasdan qabul qilish toʻgʻrisida yangilik boʻyicha fikr bersangiz, hamda buni bong urib bekor qilaylik
Yuldashevs
Фойдаси йо куткариб бомиди 🇺🇿
Сирожиддин Махмудов
Шу йўлдан 3 йилдан буён ишга қатнайман.Шу муддат ичида бирорта ижобий ўзгариш қилинмади.Аксинча йўл инфратузулмаси борган сари ёмонлашди. Узоқ масофага қатновчи катта юк автомобиллари ўзларига автотураргоҳ қилиб олишган. Йўлни кенгайтириш ҳақида бирорта мутасадди бош қотирмаса керак.Энди бозор қурулмоқда. Ишга тушса бугунги тирбандликлар ҳолва бўлиб қолса керак.
"Bizni mashinalarimiz juda arzon shuning un hamma mashina olib trbantliklar vujudga kelyapti" degan qarorga kelishadi va yana narxlarni oshirishadi.
Баходир
Har kuni shu hol takrorlanyapti
Асаллому алейкум!
Хушнудбек ака шу масалани кўтарберин котта муоммо бўлади хар куни ишга қатниман 45 минутда чиноздан етиб келадиган жойга 1 ярим соатга қопкетаман
1 oy avval ham
Bektermidan kirish-chiqish yo'lida ham bitta noqulay joy bor ekan, osha yerda ko'p tribandlik bo'lyatgandi
Shavkat Nazrullayev
Mani ham tanishim Yango‘ldan kelsa kamida 1 soat kutaman bu holatga umuman tushina olmayman o‘zi aytgan holda ishonmasdim bugun o‘zim guvoxi bo‘ldim va tanishim yo‘llariga tan berdim to‘g‘risi
"Халкаро" чегара постларида хамма жойда камида 2-3 тирбандлик бор. Янаям бу чегарадан тез утаяпсизлар)
Dilshod Toshboltayev
Shaxsiy fikrim: Barcha Viloyat Markaziy shaharlarida shaxsiy avtomashinalar sonini keskin kamaytirish kerak. Buning hisobiga har bir davlat idoralariga ,barcha ish xonalarga ,Òquv dargohlariga va boshqa (bozor va hokozo) aholi uchun muhim joylarga yetkazib qòyuvchi arzonlashgan davlat transport (mikroavtobuslar va shunga òxshash ) xizmatmatlarini yòlga qòyish kerak.
Бек
Postlarda bitta yoʻlni ochib quyishibdi ikkinchi yoʻlni ham ochsa tirbandlik 50% ga kamayadi
Assalamu alaykum, men har kuni ishga Chinozdan Yunusobodga qatnayman.
Deyarli har kuni shunday holatga duch kelaman, bugun ham shu probkadan
o'tib keldim va shu probkani o'ziga 1 soat 13 minot vaqtimni yo'qotdim.
9:00 da boshlanishi kerak bo'lgan ishimga 7:00 da uydan chiqaman, lekin
shu vaqt oralig'i ham kamlik qiladi bugungidek holatlarda. Vaholanki
yo'llar probka bo'lmagan holatda 1 soat 20 minutlik yo'l oralig'i.

Taklifim:
1)
Erkin postidan Chinoz yo'lining 15 kilmetr masofasini polosa kengligini
oshirish (3 polosa qilish, ayni damda 2 polosadan iborat, yana kamiga
yo'l chetini "TRUK" parkovkalar qilib tashlashgan).
2) Piyodalar
o'tish yo'laklarini barchasini o'rniga ko'priklar qurilishi kerak
(Piyodalar va haydovshilar xavfsizligi rostmana ta'minlanadi).
3)
Yuk tashuvchi transport vositalari uchun kunning ishga borish va ishdan
qaytish vaqti oralig'ida harakatini cheklash (dunyo tajribasidan).
4)
Voha viloyatlari uchun asosiy magistral yo'l bo'lganligini inobatga
olib, harakatning minimal tezligini ham cheklash (2 yillik kuzatuvlarim
davomida shunga guvoh bo'ldimki, ba'zi bir transport vosilarining haddan
ziyod sekin yurishi natijasida YTX lari juda ham ko'p sodir bo'ladi)
Sardor
Oxirgi gapizga QOTTIB qoldim rosti ))
Xushnudbek aka sizga katta raxmat payģambarimizni xayotlarini eshitib rosti mazza qilyabmiz.
Khakimov 12395480
Assalomu alaykum.
YPX POSTDA 3-YO'LAK ODATDA YOPIQ TURADI. OCHIB QOYSIN BARAKA TOPGURLAR
Show next 16 comments