Audio
Ҳурматли ота-оналар!

Фарзандингиз борадиган мактаб ҳожатхонасини ҳеч кўрганмисиз? Тошкентда ёки бошқа катта шаҳарлардаги мактабларда аҳвол бирмунча яхшироқдиру (унда ҳам барчасида эмас), аммо бошқа жойларда ҳолат ачинарли. Ҳожатхона мавзуси биз учун негадир уятли ёки аҳамиятсиздек туюлади. Аслида унақа эмас. Бу масала ёш фарзандларимизнинг саломатлиги ва руҳияти учун жуда муҳим.

Энди муддаога ўтсам. Фарзандингиз мактабидаги ҳожатхонани яхшилаш учун нима қилиш мумкин? Қачон мактаб таъмирга тушаркин деб кутсангиз, кўп вақт керак. Ўзимиз пул йиғайлик, десангиз, ҳар ҳолда кичкина сумма эмас.

❓Хўш, нима қилиш мумкин?

Бунинг қонуний ва осон йўли бор.

📲 openbudget.uz сайтига кириб, ташаббус қолдиринг. Кейин бошқа ота-оналарни даъват қилиб, овоз йиғинг. Қарабсизки, бюджетдан керакли маблағ санитар тоза ва озода ҳожатхона учун йўналтирилади. Сиздан фақат ташаббус керак холос. Батафсил

❗️Лойиҳада фақат ҳожатхона эмас, бошқа муаммоларга ҳам (кутубхона, ошхона, спорт зал) ташаббус қолдириш мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

182 comments

Show 14 more comments
444.4 ming ta a'zo
Jo'rayev Shohrux Abdumajid o'g'li
Assalomu alaykum Xushnudbek aka yaxshimisiz? Texnikumda "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi 2 -bosqich talabasiman. "Tashabbusli budjet" ga o'z tashabbusimni kiritganman(juda muhim). TALABA sifatida ushbu tashabbusim qabul qilinadimi. Mana shu masalada juda aniq malumot kerak, iltimos.
Hurmatli admin sizga savolim!!!
Posyolkamiz gazlashmagan gaz òtkazish un tashabbus qoldirsam boladimi???
Yaxshi portal bupti. Bank xizmatlarini solishtirib kurish imkoniyati qulay ekan.
Bizning maktabda Sport zal yo‘q.
Qancha ovoz to‘plasa Sport zal qurish mumkin.
Maktabimizda 150 o‘quvchi o‘qiydi.
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tuman Oqqishloq MFY Qorabotir qishlog‘i.
Yo‘ldashov Maxmatqul Daminovich
Yaxshi masalani olib chiqdingizlar, rostan ham e'tibor berish kerak, qishloq maktablarida Juda Juda Judayam yomon holat afsus, kutubxonada ishlovchi kutubxonachilar ham ma'suliyatsiz
Turdiboyeva Go'zal
Zo'r mavzu ochilibdi raxbarlar xech qachon bunday joylarga e'tibor bermasa kerak.👍👍👍
Bahodir Eshnazarov 22-maktab
Таклифнику бердик,саралаш жараёнида ўтказишармикан овоз бериш учун
Хушнудбек Тошкентда яшаб худди узга сайерада яшагандек фикрлайди. Вилоятларда мактаб хожатхонасига 1 миллиард тугул 200 миллион етади. Колганини катталар еб кетсинми. Аксарият сув келмайдиган, канализация йук хожатхона барибир 1-2 йилдан сунг яна расво булади. Кейин яна Қуришсинми
Haqiqatdan ham hojatxonalar ayanchli ahvolda juda yomon🤮🤮🤮
gap faqat tepadegiladamas. bzani maktabbi xojatxonasini zamonaviy qb berishgandi lekin usha remont 2 oygayam borgani yoq. bollani ozini kopini madaniyati yoq. bollani ozi rakvinalani sindrb tashadi.yana undan battar yomon ishla qilishadi.
Жуда долзарб муаммо. Нафакат мактаблар коллеж, олийгохлардагилар хам яхшимас.
XOJATXONANI TA'MIRLATGANDAN SO'NG,UNI TOZA TUTISHNI O'QUVCHILARDAN TALAB QILISH KERAK
Misol uchun yetarli ovoz toplay olmasa ham. Muommoni darajasiga qarab ham mablag ajratishi mumkinmi?
A.I.R
Nimaga aynan aytish kerak, axvol shunday ham maʼlumku (davlatni) qilichi oʻtkirku har jabhada
Bu judda katta muamo deb o'ylamayman xojatxonaga pul ajratadigan sharoitdamasmiz deb o'ylayman undan avzali gaz ko'p joylarga gaz yetub borishi muamo shu bo'yicha sarflashsa yaxshi bo'lardi oilaviy bitta xonada yashashni his qilganlar tushinsa kerak keyinchalik yo'l svet muamosi ancha yaxshilandi shu sababli Toshkentni qo'yib boshqa hududga ham e'tiborni qarating Xushnudbek aka yoki kelib yashang 3 maxal issiq ovqat bor lekin sovuq xonada 😶
www.bankxizmatlari.uz портали банкларнинг махсулот ва хизматлари тугрисида маълумот олиш учун жуда фойдали экан. Тавсия киламан
Sherbek Rajabov
Ba'zi maktablardagi xojatxonalarni sanitariya gegiyena buyumlari bilan ta'minlash ham yo'lga qo'yilsa yaxshi bo'lardi, zero bazi bir xojatxonalarda bunday narsalarni topish anchayin qiyindir.
Муҳим масала.
Ахмадова
Салом курганман жудаям ёмон холат
Show next 100 comments