Ҳурматли ота-оналар!
Фарзандингиз борадиган мактаб ҳожатхонасини ҳеч кўрганмисиз? Тошкентда ёки бошқа катта шаҳарлардаги мактабларда аҳвол бирмунча яхшироқдиру
(унда ҳам барчасида эмас), аммо бошқа жойларда ҳолат ачинарли. Ҳожатхона мавзуси биз учун негадир уятли ёки аҳамиятсиздек туюлади. Аслида унақа эмас. Бу масала ёш фарзандларимизнинг саломатлиги ва руҳияти учун жуда муҳим.
Энди муддаога ўтсам. Фарзандингиз мактабидаги ҳожатхонани яхшилаш учун нима қилиш мумкин? Қачон мактаб таъмирга тушаркин деб кутсангиз, кўп вақт керак. Ўзимиз пул йиғайлик, десангиз, ҳар ҳолда кичкина сумма эмас.
❓Хўш, нима қилиш мумкин?
Бунинг қонуний ва осон йўли бор.
📲 openbudget.uz сайтига кириб, ташаббус қолдиринг. Кейин бошқа ота-оналарни даъват қилиб, овоз йиғинг. Қарабсизки, бюджетдан керакли маблағ санитар тоза ва озода ҳожатхона учун йўналтирилади. Сиздан фақат ташаббус керак холос.
Батафсил❗️Лойиҳада фақат ҳожатхона эмас, бошқа муаммоларга ҳам
(кутубхона, ошхона, спорт зал) ташаббус қолдириш мумкин.
👉 @xushnudbek 👈
Ha haqiqatda qilinishi kerak, zarur ish ekan, pulni shunchaki yo'naltirishsa bo'lmaydimi? Mantiq qayerda qoladi bunda? Bu ish uchun saytga kirib tashabbus kiritish shartmi? Ko'rinib turibdiku qilinishi kerak bo'lgan ishligi?
Eson omon yuribsizmi?
Ishlar bilan charchamay yuribsizmi.
Bu masala judayam yaxshi koʻrarilibdi.
Bizning maktabimiz hojatxonasi Prezident saylovi munosabati bilan 💯 foiz ta' mirlandi,buning uchun mas' ullarga katta rahmat.
Ammo bizning maktabga faollar zali boʻlsa judayam xursand boʻlardik.
Chunki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus boʻyicha tadbirlar oʻtkazishda oʻquvchilarimiz juda katta tayyorgarlik koʻrib, tantanali tadbirlarni birgalikda oʻtkazamiz.
Oʻsha paytda biz oʻquvchilarimiz bilan kunning sovuq yoki issiq paytlarida juda qiynalamiz.
Biz ustozlar va oʻquvchilarim judayam istardimki bizning maktabimizga faollar zali qurilsa,biz ham, oʻquvchilarimiz ham,tanamiz yayrab, chin yurakdan,mazza qilib raqsga tushib, Prezidentim tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus boʻyicha tadbirlarni oʻtkazib,Vatanimizni madh etsak bizdanda baxtiyor insonlar boʻlmas edi.
Xushnudbek Ukajonim,orzuyimizning ushalishida yordam bering, iltimos.
Xushnudbek Ukajonim,sal avval sizga oʻzimning orzuyim haqida yozgan edim,sizdan iltimos,mening orzuyim -men bir soatlik darsimga Prezidentimni taklif qila olsam oʻzimni eng baxtli oʻqituvchi deb hisoblardim!
Men oʻqituvchiman!!Oʻqituvchilik kasbini tanlaganimdan, Vatanimga sadoqatli farzandlar uchun ta'lim berayotganimdan juda-juda baxtiyorman!!
Deb opangiz Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi Talloshqon mahallasida 30- maktab direktorining oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosari Xudoyberdiyeva Mohira Muhammadiyevna.
Yaratgan sizni oʻz panohida asrasin.
Xushnudbek,hech qachon charchamang.