Audio
Ҳурматли ота-оналар!

Фарзандингиз борадиган мактаб ҳожатхонасини ҳеч кўрганмисиз? Тошкентда ёки бошқа катта шаҳарлардаги мактабларда аҳвол бирмунча яхшироқдиру (унда ҳам барчасида эмас), аммо бошқа жойларда ҳолат ачинарли. Ҳожатхона мавзуси биз учун негадир уятли ёки аҳамиятсиздек туюлади. Аслида унақа эмас. Бу масала ёш фарзандларимизнинг саломатлиги ва руҳияти учун жуда муҳим.

Энди муддаога ўтсам. Фарзандингиз мактабидаги ҳожатхонани яхшилаш учун нима қилиш мумкин? Қачон мактаб таъмирга тушаркин деб кутсангиз, кўп вақт керак. Ўзимиз пул йиғайлик, десангиз, ҳар ҳолда кичкина сумма эмас.

❓Хўш, нима қилиш мумкин?

Бунинг қонуний ва осон йўли бор.

📲 openbudget.uz сайтига кириб, ташаббус қолдиринг. Кейин бошқа ота-оналарни даъват қилиб, овоз йиғинг. Қарабсизки, бюджетдан керакли маблағ санитар тоза ва озода ҳожатхона учун йўналтирилади. Сиздан фақат ташаббус керак холос. Батафсил

❗️Лойиҳада фақат ҳожатхона эмас, бошқа муаммоларга ҳам (кутубхона, ошхона, спорт зал) ташаббус қолдириш мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

182 comments

Show 52 more comments
Ergashova B.A.
Ассалому алейкум. Руйхатдан утиб булмаяптику
Kòpchilik Maktab boģchalardagi hojatxonalar judayam yomon ahvolda buni kòp kòrganman. Ba'zi boģchalarda òģil bolalar ham qiz bolalar ham bitta xonadan foydalanadi bu achinarli holat . Barcha tashabbus kòrsatib bu loyiha amalga oshishi uchun òz hissasini qòshishini sòrayman..
Mohira Xudoyberdiyeva
Assalomu alaykum,Xushnudbek Ukajonim.
Eson omon yuribsizmi?
Ishlar bilan charchamay yuribsizmi.
Bu masala judayam yaxshi koʻrarilibdi.
Bizning maktabimiz hojatxonasi Prezident saylovi munosabati bilan 💯 foiz ta' mirlandi,buning uchun mas' ullarga katta rahmat.
Ammo bizning maktabga faollar zali boʻlsa judayam xursand boʻlardik.
Chunki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus boʻyicha tadbirlar oʻtkazishda oʻquvchilarimiz juda katta tayyorgarlik koʻrib, tantanali tadbirlarni birgalikda oʻtkazamiz.
Oʻsha paytda biz oʻquvchilarimiz bilan kunning sovuq yoki issiq paytlarida juda qiynalamiz.
Biz ustozlar va oʻquvchilarim judayam istardimki bizning maktabimizga faollar zali qurilsa,biz ham, oʻquvchilarimiz ham,tanamiz yayrab, chin yurakdan,mazza qilib raqsga tushib, Prezidentim tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus boʻyicha tadbirlarni oʻtkazib,Vatanimizni madh etsak bizdanda baxtiyor insonlar boʻlmas edi.
Xushnudbek Ukajonim,orzuyimizning ushalishida yordam bering, iltimos.
Xushnudbek Ukajonim,sal avval sizga oʻzimning orzuyim haqida yozgan edim,sizdan iltimos,mening orzuyim -men bir soatlik darsimga Prezidentimni taklif qila olsam oʻzimni eng baxtli oʻqituvchi deb hisoblardim!
Men oʻqituvchiman!!Oʻqituvchilik kasbini tanlaganimdan, Vatanimga sadoqatli farzandlar uchun ta'lim berayotganimdan juda-juda baxtiyorman!!
Deb opangiz Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi Talloshqon mahallasida 30- maktab direktorining oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosari Xudoyberdiyeva Mohira Muhammadiyevna.
Yaratgan sizni oʻz panohida asrasin.
Xushnudbek,hech qachon charchamang.
Haydarov L
Assalomu aleykum. Azolariz soni hammasi 4
Xushnudbek onlayn ovoz berishga uncha tushunmayabmanda.Umuman ko‘pchilik tushunmayabdi.Bitta video yo‘riqnoma qilib yuboring.
Nima deysiz shunga
Sms ovoz ason amallasa bo‘ladi
Ойбек
Сайт ишламаяптику муаммолар жудддда куп
Ман муаммо деб билганимни ездим углим укийдиган синфда 40 тадан ошик укувчи укийди синфни булиш керак лекин синф хона етишмайди мактабда 1 минутдан битта болага вакт ажратолмайди устозлар бир келиб куришса буларди рахбарият парталарам зиииич жойлашган
Menimcha bu befoyda boʻlsa kerak ovozni yigʻarsizu ammo ijrosini kim qilishini bilmay sarson boʻlasiz yoki tashabuss koʻrsatmasa ham hamma oʻz ishini qilsa hojat yoʻq tashabbusga masullar ishini bajarmaydida...
Talabalar,abituriyentlar kabi barcha ilm olishga intilayotgan yoshlar uchun qulay,tinch manzilgohlar ko'proq tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.Masalan,kutubxona,"book cafe"lar sonini ko'paytirib,dars tayyorlash uchun sharoit yaratilgan ochiq havodagi burchaklar tashkil etish.
Ilm olishga intilayotgan yoshlar ko'p.Biroq, hattoki,"Alisher Navoiy" kutubxonasida ham yoshlar uchun bo'sh o'rinlar yetishmayapti.
Odiljon Mirzayev
Ассалому алайкум мен Одилжон Андижон вилояти Андижон тумани Найман обод МФЙда яшайман, мен у́рта мактабни ку́шни кишлокдаги 37сонли мактабда у́киганман, минг афсуски менинг фарзадларим хам ку́шни кишлокдаги мактабда у́кишга мажбур чунки мен яшайдиган Найман обод махалласида 3000 га якин фукаролар яшайди, на мактаб бор на болалар бог'часи бор, майли эди хожат жонаси ёмон бу́лса хам менинг махалламда мактаб ва болалар бог'часи бу́лса.
Мавзудан узоклашиб кетганим учун минг бор узур, яхши хам Хушнудбек бор хар холда фикримиз билан кизикиб турадиган.
SEVARA
Hfkf
Amalga oshmaydi
300 mln ajratamiz deb
30 mln bilan qutildi
Ovoz zòr yiģilgan edi🤕
Tizimda xatoliklar mavjud. Openbudget.uz . Tashabbusimiz qiymatini 1.mlrd chiqadimi yoki undan ko'pmi buni qayerdan bilamiz. (xisoblab ko'rmagan bo'lsak,) narx navodan xabari yo'q oddiy axoli tashabbus qoldirmoqchi bolsayu 1.mlrd chiqadimi yo'qmi qanday xisoblasin. (bunday ishni vadalarni "pachka" lab beradigan ba'zi amaldorlar qoyillatishadi) Tag'in bilmadim 😏🤐 so'nggi vaqtlarda murojaat qiling bu vatanparvarlik deydiyu ammo ich ichidan seni "козёл" xisoblab ko'cha ko'yda ko'rsa itiga talatadigan darajada yomon ko'radigan amaldorlar(ba'zilar) yo'q emas. Afsus 😔. Bunday loyihalarning tashkil etilishi yaxshi albatta ammo ba'zi yuqorida aytib o'tilgan holatlarni xisobga olishsa yomon bo'lmas edi.

Xa yana bir gap "ba'zi" amaldorlar haqida : qachonki qonunni ro'kaj qilib yoki uni yaratib ammo o'zi amal qilmaydigan "SSSR" ta'limini olganlar vafot (qo'pol bo'lsa ham) etishsagina odamlar chin ma'noda "kattalar" dan rozi bo'lishadi
#shaxsiy fikr
@Xushnudbek.uz
Малохатхон
,
SHERZOD
Ассалому алейкум
Show next 100 comments