⚡️РАСМАН: ДТМ магистратура учун чет тилидан тест синовига БАРЧА даъвогарларнинг келишини сўрамоқда

ДТМ магистратуранинг мутахассислик фанидан 56%дан кам балл тўплаганларга ҳам рухсатнома чиқарилгани бўйича расмий муносабат билдирди.

Унда айтилишича, рухсатномалар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан ДТМга тақдим этилган маълумотлар асосида шакллантирилган бўлиб, ОТМлар томонидан мутахассислик фани бўйича ўтказилган имтиҳонда неча балл олганидан қатъи назар рухсатнома чиққан барча талабгорлар тест синовларида иштирок эта олади.

Шунга кўра, ҳаммага кўнгилни тўқ қилиб, тест синовларида қатнашишларини тавсия этамиз.

❗️P.S.: 56%дан кам тўплаганлар томонидан "қатнашсак, кейин нима бўлади, натижага қандай ҳисобланади, унақами, мунақами?" деган саволлар, шубҳа-гумонлар кўп билдирилмоқда. Ўртоқлар, охирини ўйлаган қаҳрамон бўла олмайди. Сизга яна бир марта истисно тарзда имконият бериляптими, демак, бундан максимал фойдаланиш керак. Қолгани Аллоҳдан. Бир гап бўлади. Ҳозир бошингизни қотирганингиз билан ҳеч нарса ўзгармайди. Тестга киринг, илмингиз етганича ишланг, уёғи тақдирдан.


👉 @xushnudbek 👈

530 comments

Show 100 more comments
Axmoqgarchilik. Nizomda aniq yozilgandiku
Nima maynavozchilik.Qonunni òyin qilib xalqni ustidan kulishmi?Òzlariga yoqqan tarafga oģdiradimi qonunni
Nazokat
Muzaffar Raxmataliyev
Yaxshi buldi. Men kup instiutut natijalarini kuzatdim. Masalan qabul buyicha 4 talaba oladigan bulsa 4 ta sini 56 balldan yuqori utkazib qolganini 56 balldan past qilib korupsiya nohaqlik qilgan edi. Nohaqlikka nohaklik bulibdida
Men topshirgan yo'nalishimda, 4ta grand olardi, spesdan 3ta o'tganmiz, lekin qolgan 2tasi ham bilimli kursdoshlarim. Test esa kompyuterda bo'ldi. Hamma yerda ham adolatsizlik bo'lgani yo'q.
Bizni ta'lim tizimimiz allaqachon izdan chiqqan, qanaqa qaror chiqarilsa ham o‘xshamayapti. Magistraturaga ingliz tili aralashishi kerakmi yo‘qmi, lekin o‘zini sohasini bilmaydigan magistr bir kun talabalarga ingliz tildan dars bermaydi
Ula ham nimadur óylagandurde
Bobosharipov
O'tkanlarni imkonyatini kamaytirish bu
Супер Конрактлар купайтириш усули!!!!
Dilnoza Muratovna⚜
Siladigi bor aql ularda ham bo'lsa kerak nima ish qilishvotganini siz bn bizadan yaxshi bilishadi dib o'yliyman bu ham yoshlarga berilayotgan imkoniyat o'qisin bilim olsin qancha yengillik qilgani sari davlatimiz yomon bo'vurmiydiku
HUSNIDDIN
Нафосат
Nimaga endi bunaqa bòldi 56 baldan past olgan talaba bu 4 yil òqimagan talaba bu magistratura ga topshirishi kerak emas boshqa ish qilishi kk aslini olganda
Hurmatli Nafosat! Men Milliy univerisitetga Magistraturaga topshirganman. Testlar qanaqa bòlganligini ham kòrdik (savollar òta qiyin tuzilgan standartga ham javob bermaydi hammasi deyarli bir mavzu atrofida tuzilgan.Bu haqda qancha noroziliklar bòlganligini ham kòrgandirsiz)
Men òrta maktabda Oliy toifali òqituvchiman, 10 yildan buyon òqituvchilik va 7 yildan buyon Repetitorlik qilaman minglab abituriyentlarim òqishga kirishgan. Testda 52 ball oldim. Siz gapingizni òylab gapiring. Institutni bitirib 4-5 yil ishlab institut doirasidan chiqing keyin kòramiz institut materiallari yuzasidan testda necha ball olarkansiz. Chet tilingiz yaxshi bòlmasa ayb bizda emas har qalay.
Ozi qaysi qonun oz joyida togri iwlagan wu paytgacha. Hammasi vaziyatga qarab odamiga qarab ozgarib ketaveradi
Naturalness is beauty
Hop bu imkoniyatdur nega bunchalik pissimisitsizlar a
Charos
Шетга ёзсезчи
Бу ерга сылкани канде ташеман🤦🏻‍♂️
Haqiqatdan o'z sohasidan 56 ballni to'playolmagan ustoz qanday qilib yuksaladi, u ham korrupsiya bo'ladimi? Qonun doirasida ish ko'rilsa yaxshi bo'lar edi.
Xushnudbek aka sizni juda hurmat qilardim juda ajoyib aka deb chunki nohaqni haq demasdingiz xalq to'fondir xalq kuchdi ishlaringni bilib qililar ertaga sog' boshingizga bir nimalar yopishtirib olmanglar.
Korrupsiyani hidi kelyaptiku!
Show next 100 comments