⚡️РАСМАН: ДТМ магистратура учун чет тилидан тест синовига БАРЧА даъвогарларнинг келишини сўрамоқда

ДТМ магистратуранинг мутахассислик фанидан 56%дан кам балл тўплаганларга ҳам рухсатнома чиқарилгани бўйича расмий муносабат билдирди.

Унда айтилишича, рухсатномалар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан ДТМга тақдим этилган маълумотлар асосида шакллантирилган бўлиб, ОТМлар томонидан мутахассислик фани бўйича ўтказилган имтиҳонда неча балл олганидан қатъи назар рухсатнома чиққан барча талабгорлар тест синовларида иштирок эта олади.

Шунга кўра, ҳаммага кўнгилни тўқ қилиб, тест синовларида қатнашишларини тавсия этамиз.

❗️P.S.: 56%дан кам тўплаганлар томонидан "қатнашсак, кейин нима бўлади, натижага қандай ҳисобланади, унақами, мунақами?" деган саволлар, шубҳа-гумонлар кўп билдирилмоқда. Ўртоқлар, охирини ўйлаган қаҳрамон бўла олмайди. Сизга яна бир марта истисно тарзда имконият бериляптими, демак, бундан максимал фойдаланиш керак. Қолгани Аллоҳдан. Бир гап бўлади. Ҳозир бошингизни қотирганингиз билан ҳеч нарса ўзгармайди. Тестга киринг, илмингиз етганича ишланг, уёғи тақдирдан.


👉 @xushnudbek 👈

530 comments

Show 100 more comments
Bizada masalan 6 ta byudjet o'rin.
8 odam topshirgan.
Eng oxirgisi 37 ball. Man 47 ball. Mandan oldingi 54 ball.
Qolgan beshtaniki 56 dan yuqori. Judayam nohaqlik. Chunki yozma ish bo'ldi. 2 ta betini to'ldirib va yana bet so'rab yozdim bir betini to'ldirib. 5 ta savolga ham javob berdim. Kamida 60-70 ball olaman digan umidda edim. Javoblar chiqdi. Ko'rib hayratda qoldim. Judayam alamim keldi. Apelyatsiyaga beray desam Nukusdan yanaToshkentga bora olmadim. Mana shu holda hoz ingliz tilidan testga kiritilishi judayam yaxshi bo'ldi. Man judayam umidlangandim. Dtm chestno oladi test. Manimcha endi adolat qaror topadi!
Gap bu yerda kim aqlli kim axmoqligidamas tushuningla bulani hohlagan vaqtida qonunga tupurishida...
Naturalness is beauty
Undan shunchalik imkoniyat berilibdi qoyil hammani omadini bersin denglar. Bu testga kirdi digani 56 olganlardan yuqori olishi mumkin testda ammo ularni o'rnini egallolmaydi. Avval 56 lar oʻqishni hohlasa kantraktda oladi hohlamasa uni o'rniga chaqirtiradi.
Hamma kirsa kirsin lekin qabul qilayotganda avval 56 dan yuqorilar kirsin!biz kechayu kunduz uhlamay tayyorlanib utdik men topshirgan otm da mutaxassislikdan hamma bilimlilar utdi nega endi umumiy hisoblanib 5-6 yil oldin olgan diplom balini hisobiga yoki sertifikatiga kura utib ketishi kk?
Surayyo Rashidovna
Kirdim magistr.dtm.uzga. malumot topilmadi diyapti
@dtmuzb ga kiring shu yerda magistratura imtihonlari bo'yicha ma'lumot berilgan. magistr.dtm.uz ustiga bossangiz pasport ma'lumotlarini so'raydi, keyin olasiz. Agar brauzer orqali kirsanggiz olib bilmaysiz
Саодат Мирзакаримова
Ассалому алайкум Хушнудбек эсингизда булса тест топширадиган худуд 500 га якин Тошкентликларда Термиз булиб колган эди шу масала кутарилган эди ДТМ директор уринбосари билан ЧАТ да гаплашгандик. Аризаларимиз олинган эди, лекин бизларга СМС хабар келади деб ишонтиришган эди, буни каранки СМС келгани йук лекин почта оркали 25 чи август куни ДТМ дан хат келди аризамизни каноатлантириш максадида 16 чи август куни ботаника богига тестда катнашишга рухсат берилибди. Хат ДТМ дан 20 чи сана билан чикаябди. Ута кулгили холат тугрими? Майнавозчилик хам эви биланда дегин келади.
Qachon bizadayam imtihonlar sof o‘tarkinaaaa
Afsus XUSHNUDBEK, Sizni bunchalik deb oʻylamagan edik, inson tirishib yuqori ball oladiyu, oʻz sohasini "ikki"ga ham bilmagan ingliz tili mutaxassislari qanday qilib oʻzga sohani rivojlantiradi???? Esssiz Esssiz esssiz!!!
Dilnoza Boboqulovna
Dtm dan ruxsatnoma ololmayapman yordam kerak
Bu deyman dtm dagilia ko'ngilni ciqib qoldida 55 dan past tuplaganla ga bir imkon berelik. Kiriwsn shular deyapti wekilli
Bizani qonun chiqaruvchi organlar ham aytadi ham qaytadi, nima keragi bor edi muncha ovoragarchilikni, 56 dan pastlar ham imtihonga kirsa nima qiladi 3 hafta sudrab, mutaxassislik fani va chet tilini bir kunda dtm olib umumiy hisoblab taqsimlasin , mutaxassislik fanidan san yiqilding keyingi imtihonga kirmaysan deb 2 haftadan keyin imtihonga chaqirishadi, bular bir ogʻiz gap bilan hamma narsani hal qilyapti
Yaramaslar kirit hammani bilimlilar qolib ketaversin!!!!
Sanjar Zokirov
Qani qonun huquqshunosmish yana @xushnudbek
Xushnudbek prevodchilar ozgina bal bilan bir yil xorijda o‘qib talaba bo‘lsa yuqori bal bilan kirganga alam qiladi degan edi(adashmasam).Xozir me yoriy-huquqiy hujjat ijrosi buzilyapti.Taniqli yurist qo‘llab-quvatlayapti.Qoyil!...
Qonunda yozib quyilgandiyu 55 ball dan pasi oʻtmaydi deb, yoki qaysidur kottakonni oʻgʻli 55 balldan past oldimi??? Bizda qonun ishlaydi deb oʻylagandim!!!
nohaqlikni oldini olish kk
Oʻtgan yilgi tizim oʻzini yuz foiz oqlagandi, oʻtgan yilgidek test boʻlish kk edi mutaxassislikdan ham ingliz tilidan ham bir kunda. Birdan javobi chiqardi. Asosiysi inson omili maksimal kam aralashardi.
Xushnudbek dan reaksiya qani?????
Bitta savolim bor edi faqat mani talab tashamela aloqasi yóq mavzuga deb bizani maktab remontdan chiqaan 1 oydan beri uborka qildirishadi bizaga hammaga 10-15 soatdan dars berishgan endi sentabrdagi tatil kunlari ham kelib ishlisla tozalash kere deyabdi kimga murojat qililik Xushnut aka bundo bizaga ham yordam bering jonga tegdiyu korrupsiya
Show next 100 comments