⚡️РАСМАН: ДТМ магистратура учун чет тилидан тест синовига БАРЧА даъвогарларнинг келишини сўрамоқда

ДТМ магистратуранинг мутахассислик фанидан 56%дан кам балл тўплаганларга ҳам рухсатнома чиқарилгани бўйича расмий муносабат билдирди.

Унда айтилишича, рухсатномалар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан ДТМга тақдим этилган маълумотлар асосида шакллантирилган бўлиб, ОТМлар томонидан мутахассислик фани бўйича ўтказилган имтиҳонда неча балл олганидан қатъи назар рухсатнома чиққан барча талабгорлар тест синовларида иштирок эта олади.

Шунга кўра, ҳаммага кўнгилни тўқ қилиб, тест синовларида қатнашишларини тавсия этамиз.

❗️P.S.: 56%дан кам тўплаганлар томонидан "қатнашсак, кейин нима бўлади, натижага қандай ҳисобланади, унақами, мунақами?" деган саволлар, шубҳа-гумонлар кўп билдирилмоқда. Ўртоқлар, охирини ўйлаган қаҳрамон бўла олмайди. Сизга яна бир марта истисно тарзда имконият бериляптими, демак, бундан максимал фойдаланиш керак. Қолгани Аллоҳдан. Бир гап бўлади. Ҳозир бошингизни қотирганингиз билан ҳеч нарса ўзгармайди. Тестга киринг, илмингиз етганича ишланг, уёғи тақдирдан.


👉 @xushnudbek 👈

530 comments

Show 100 more comments
Birodarlar biza bu erda tortishganimiz bilan foydasi yo'q.
Bu millatni so'zi biror narsani hal qilganmidi bundan keyin hal qilsa.
Faqat shu bir biri bilan tortishib o'zaro dushman bo'lgani qoladi.Yuqoridagi mansabdor shaxslar tinchgina o'zi bilganiday qilaveradi.Alloh hammamizga insof bersin.Hammaga talaba bo'lish nasib qilsin
Zuxra Eshmirzaeva
Davlatimizga raxmat yana bir bor imkonyat berganliklaringiz uchun raxmat kattakon
bu yerda ielts olib qoyib diplom balli 90 lar bor xo'sh ular mutaxasislikdan 54 olsa o'qishga kirdimi endi.
Dilfuza
Men ham 55 balldan o'tdimda bu yili, bugunga qadar xursand bo'lib yurgandim ozchilik o'tdi, balki dp bo'lib kirarman deb. 1 kunni ichida dabdala qilishdi, ertaroq shunday bo'lishini bilganimda umuman topshirmas edi.
Nasib qilsa kirib qolarsiz.Lekin bu degani yana ko'p ewiklar ochiladi.O'tgan yili kirmaganimdan juda xursand bo'ldim chinki menda o'rganish uchun ko'p vaqt paydo bo'ldi va ko'p narsani o'rgandim
Zuxra Eshmirzaeva
55dan yuqorilar buncha yig'laysilar bilimingizga ishonmayapsizlarmi
Surayyo Rashidovna
Testga hamma kiraversin bilimi borlar nimadan qurqadi bali yetgan kiradi bali yetmagan qoladi
Bakalavr imtihonidan har yili nechta bilimlilar yiqilgan, nechtasi "bilimli budjetlar" hisobiga 4 yil kontrakt to'lab o'qigan. Bu narsani hamma biladiku. Barcha mutaxaislik fanida o'tganlar ana shu o'yindan qo'rqadi. Yana o'sha holat qaytarilishida qo'rqadi. Axir bizda "kimningdir ukasi, kimningdir erkasi" bo'lganlar kammi? O'zi shundoq ham ba'zi erkatlar mutaxasislikdan 98, 90 ballni yig'ib qo'ydi. Bechora 4 yil doim a'lo bahoga o'qib, universitetni qizil diplom bilan bitirganlar 76, 72 ball to'plab o'tiribdi.
Sherzod Samatov
Maydalashgan man emas, sanku
Birovni ishga nega buruningni suqasan mani yozishim bilan nima ishing bor
Zuxra Eshmirzaeva
55dan yuqorilar buncha yig'laysilar bilimingizga ishonmayapsizlarmi
menda ielts bor imtihonga kirmayman ham lekin bu qonun buzilishi buni ertaga bmt saytida birinchi betida chiqishiga sababchi bo'lishi mumkin davlat qonuni ishlamasa nima kerak.
Zuxra Eshmirzaeva
Ma'ruf Mamanazarov
bu yerda ielts olib qoyib diplom balli 90 lar bor xo'sh ular mutaxasislikdan 54 olsa o'qishga kirdimi endi.
Bunaqalar 55dan ziyod oladi. Bilimi bor uziga ishongan odam qurqmaydi hech narsadan
Istam Po'latov
Zuxra Eshmirzaeva
55dan yuqorilar buncha yig'laysilar bilimingizga ishonmayapsizlarmi
Gap yuq shunchalik ham hamma bir biriga dushman 56 dan kam tuplaganlarga omad barchangiz magistrlik darajasiga erishing 56 dan kup tuplaganlarga ham omad
Show next 100 comments