⚡️РАСМАН: ДТМ магистратура учун чет тилидан тест синовига БАРЧА даъвогарларнинг келишини сўрамоқда

ДТМ магистратуранинг мутахассислик фанидан 56%дан кам балл тўплаганларга ҳам рухсатнома чиқарилгани бўйича расмий муносабат билдирди.

Унда айтилишича, рухсатномалар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан ДТМга тақдим этилган маълумотлар асосида шакллантирилган бўлиб, ОТМлар томонидан мутахассислик фани бўйича ўтказилган имтиҳонда неча балл олганидан қатъи назар рухсатнома чиққан барча талабгорлар тест синовларида иштирок эта олади.

Шунга кўра, ҳаммага кўнгилни тўқ қилиб, тест синовларида қатнашишларини тавсия этамиз.

❗️P.S.: 56%дан кам тўплаганлар томонидан "қатнашсак, кейин нима бўлади, натижага қандай ҳисобланади, унақами, мунақами?" деган саволлар, шубҳа-гумонлар кўп билдирилмоқда. Ўртоқлар, охирини ўйлаган қаҳрамон бўла олмайди. Сизга яна бир марта истисно тарзда имконият бериляптими, демак, бундан максимал фойдаланиш керак. Қолгани Аллоҳдан. Бир гап бўлади. Ҳозир бошингизни қотирганингиз билан ҳеч нарса ўзгармайди. Тестга киринг, илмингиз етганича ишланг, уёғи тақдирдан.


👉 @xushnudbek 👈

530 comments

Show 100 more comments
Madina Mustafoyeva
... .....
3-4 chilar keremassilar magistraturaga nimaga ulani imtihonga qo‘ydi qanday qilib keyinchalik dars beradi bular
Balkim 56dan yuqori olganlar ichida ham siz aytgandek 3chilar bordir - OTMni test bazasini sotib olib yuqori ball ovolishgandir
Assalomu aleykum xushnudbek aka sizga savolim bor sz bn qanday boģlansa bòladi
... .....
Hey 3-4 olgan magistrla o‘zilani biza bilan tenglamela biza ayrimlarimiz 5 chilarmiz nimaga silani imtihonga qo‘ydi hayronman. Mutahasislikdan 60 ball olgan talaba kimga kere. Yo‘qolsin kallasi bo‘m bo‘shla
Magistratura ta'limning muhim bo'g'ini uni bitirganlar OTMlarda dars berish huquqi bor bo'ladi, mutaxasislik fanidan 3 baho olaolmaganlarga magistraturaga ruxsat berilishi ta'lim tizimimizni ortga qadam tashlashiga sabab bo'ladi deb o'ylayman, o'ylaymanki, bunday bo'lmaydi
Agar mutaxassislikdan DTM qaytadan test olganda qaysi OTM da korrupsiya bo'lgani chiqib kelardi. Bu yil oxirgi yilimiz deb rosa o'yin ham bo'ldi. Bilimi borlar o'tib, pul bn o'tganlar tushib qolardi. Shunda ancha tozalanib qoladi. Baribir bilimi borlar qo'rqmasa ham bo'ladi.
Hamma negadir xavotirda. Peshonada bori buladi. Nega hamma kimnidir ayblaydi. Nima qilsa ham utsak ham utmasak ham ayb oʻzimizda buladi. Mard bulib yashaylik. Pastlashib ketyapmiz.
Jahongir
Agar shunday qilganda Oliy Ta'lim ham ancha tozalanardi. O'z ko'zimiz bn ko'rdik testni qanday bo'lganini. Ta'lim oqsoyatganining asl mohiyati korrupsiya. Agar yangi Vazirimiz shuni bir ko'rib chiqqanda. Zo'r imkoniyat ta'limni tozalashga. Qayta test olib solishtirilsa, ayon bo'lib qolardi. Kim o'z kuchi bn kim pul bn o'tganligi.
Naturalness is beauty
Haa man ham guvohi bo'ldim testlarda ish bo'lganini. Mayli yana bir bor imkoniyat berilganiga Ollohga ming shukur
Shu ish bulibdi. Nega uwa yerda yurak yutib janjal kutarmadiz. Eʼtiroz bildirmadiz. Chatda utirib yozish undan kurs osonroqda toʻgʻrimi.
Yiqilganiga ham optganiga ham imkon berilsa imtihon o‘tkazib ma‘no bomi. Qonun qog‘ozda qog‘oz hojattami deyman
Hamma bir narsaga tushunsin. Bu yil kupchilik 56dan past oldi. 10.20 odam oladigan yunalishlarda 3 5 odam 56dan yuqori ololdi. 20 talik kvotaga 5 kishi oʻqimasin degan maqsadda shu yul tutilayapti. Mutahasislikdan kim yuqori olib utgan bulsa 56dan pastlar ulardan keyin uqidi. Yani odam yuqligi uchun. Shunday imkon berilyapdi
... .....
Hey 3-4 olgan magistrla o‘zilani biza bilan tenglamela biza ayrimlarimiz 5 chilarmiz nimaga silani imtihonga qo‘ydi hayronman. Mutahasislikdan 60 ball olgan talaba kimga kere. Yo‘qolsin kallasi bo‘m bo‘shla
Ман кизилга битирганман отмни, Ким Санга хукук берди бунака гапиришинга... Курсдошим 20 дакикакада чикиб кетиб 68 бал овотти. Шу акли коплигиданми шунда? Йо' отмда порахорла коп боганигами. Магистратура хеч качон хакконий бумаган
Nega OTV rasmiy izoh bermayapti. Nega jim??? Izoh yoq???
Hushnud aka imtixon javoblari qachon choqarkan
Assalomu aleykum hammaya institut topwirib ham texnikum topwirsa yònaliw bir xilda bosa kyn institutda olgan bali bn texnikumga ham òtsa bòladimi yoki imtihon alohidami
Show next 51 comments