⚡️ Жорий йилда тест синовлари 2 та фандан бўлади

Бу ҳақда Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаев бошчилигида ўтган брифингда маълум қилинди.

Унга кўра, жорий йилда истисно равишда 3та мажбурий фанлардан (она тили, Ўзбекистон тарихи ва математика) тест бўлмайди.

Фақат 2та мутахассислик фанидан тест олинади.

Шунда баллар қуйидагича белгиланади:

1-блок - 30 та савол, ҳар бир тўғри жавобга 3.2 балл берилади, жами 96 балл тўплаш мумкин.

2-блок - 30 та савол, ҳар бир тўғри жавобга 3.1 балл берилади, жами 93 балл берилади.

Жорий йил тест синовларида худди ўтган йилгидек максимал 189 балл тўплаш мумкин.

Тест саволларини ишлаш ва жавобларни белгилаш учун жами 3 соат вақт берилади.


👉 @xushnudbek 👈

1402 comments

Show 100 more comments
Assalom aleykum. Yaxshimisiz @xushnudbek aka. Hamma joyda bu yilgi test sinovlari nega endi sport yo'nalishi chetda qolyapti. Undagi imtihonlar va hujjat topshirishlar qanday bo'ladi. O'tgan yili Navoiy viloyatidan Chirchiq shahriga borib hujjat topshirib keyin 3 kun davomida imtihonlarni topshirgan edim. Shu yil qanaqa bo'ladi. Toshkent qizil zona viloyatdagilar bora oladimi. Doim fan sohasi ko'riladi. O'tgan yili ham hech kim sport sohasidagi yangiliklarni aytmagan edi.
😋😋😋
Bu yil ham tõlov bõlarmikan
Bu yil nechta OTMga hujjat topshirsa bo'ladi?
Xushnudbek aka kvotalar qachon chiqishi haqida gapirilmadimi, shu haqida malumot bervoring iltimos.
Rahmat
Assalomu alaykum Xushnudbek aka yaxshimisiz? Bu yil nechta OTM ga hujjat topshirish mumkin?
hudud tanlash masalasichi utgan yili shunaqa bulgandi hamma imtihon bulish joyini tanlagandiku
❤NoRa❤ Donyorovna
Amaliy buladigan fakultetlada qanaqa buladi
Sherkulova Gulnora
Assalomu alaykum Universitetlarda filologiya fakulteti uchun ikkinchi blok ingliz tili bo'lgandi ,institutlarda esa ikkinchi blok tarix holicha qoldi deb eshitgandim shunga ozgartirish kiritimadimi
Assalomu aleykum, IELTS sertifikati borlarga bu yil ham ingliz tilidan maksimal ball berilarmikan? Oldindan rahmat
Нозимжон
Жорий йилда махсус сиртки очилармикан бу хакида бирор малумот борми
👊🇸🇱🇸🇱👊
Asalomu aleykum kvotalar soni chiqdimi men bowlangʻich talimga topshirmoqchiman meni blogimga yana qaysi yoʻnalishlar toʻgʻri keladi
Ozi qanaqa hujjatlar yigʻish kerak😕 man bilmiman
Nechta OTM ga hujjat topshirish mumkinligi haqida malumot yo’qmi?
Madina O
Assalomu alekum,ielts sertifikati o'tishligi bu yil ham amal qiladimi
Assalomu alaykum. Sirtki öqiw ga hujjatlar topshirish qachondan boshlanadi
Биринчи блоки математика, иккинчиси инглиз тили, учинчиси она тили боганла Нима болади? Математика ва она тили болмаса факат инглиз тилими? Инглиз тилидан льгота бор, кемасегам боладими?😂, Тушинтириш киритила илтимос)
Show next 100 comments