Шавкат Мирзиёев жаҳон чемпиони Нодирбек Абдусатторовга табрик йўллади!

Президент матбуот котиби Шерзод Асадовнинг маълум қилишича, давлатимиз раҳбари Санкт-Петербургдаги саммитдан Тошкентга қайтаётган самолётда тезкор шахмат бўйича жаҳон чемпионатини катта қизиқиш билан онлайн кузатиб борган.

Шавкат Мирзиёев шахматнинг рапид йўналиши бўйича янги ва энг ёш жаҳон чемпионига айланган Нодирбек Абдусатторовга ўзининг энг самимий табрикларини йўллаган ҳамда унинг ота-онаси ва мураббийларига миннатдорлик билдирган.


👉 @xushnudbek 👈

296 comments

Show 100 more comments
Шу чемпион фарзандимизга ва устози ота онасига коттарок мукофот берилишини ташкиллаштиринг.
Келажак факат бокс тушвурмасин...
Javlon Asanboev
Энг коооотттта мукофот фахрий ерлиқни ОЛИБ келинг маладес кейинги мукофот мақтов ерлиқи булади
Ibragimov Mardonbek
Omad Ko'zimdan yosh chiqdi
Barakalla Nodirbek. Xuddi uzimni uglim yutgandek sevindim. Kuzlarimga yosh keldi. Sizdek yooshlar bizni dunyoga kimligimizni kursatuvchi mash'al.
Bu yutuq ota onangiz va ustozlaringizniki tabriklaymiz
Barakalla Nodirbek 👍 Tabriklayman

Alloh yuqtirgan isteʼdodingiz bundanda yuksaklarga parvoz etsin amin )
Ofarin!
Faxriy yorliq berilsin!
QOYIL QOLISH KERAK OMAD
Zoʻr, ofarin, keyingi ishlarizga ham oʻqishlarizga ham omad, harakatdan toʻxtamang
Жамшид Нормуродов
Munosib taqdirlashsinda ishqilib
Yoshlarimiz shunday yirik musobaqalarda faxrli o'rinlarni egallashi insonlar qalbida faxr va g'urur tuyg'ularini uyg'otsa, ularning davlat tomonidan munosib taqdirlanishi yoshlarni harakatga undovchi kuch ya'ni ularning ichki motivatsiyasiga aylanadi... Shu sabab olib borilayotgan izchil islohotlarning samarasi o'laroq chempionga taqdim etiladigan "TEFAL" sovrinining tagini ham qo'shib berishsa maqsadga mubofiq bulardi😁
Jiyan bulsa shunday bulsinda qoyil bardavom bulsin.
Ақниет
2 malibu 4 ta trakker 6 trayblazer ketti uje
Barnoyeva Mamlakat
OFARIN,BARAKALLA,HAMISHA OMAD YOR BO'LSIN.
Tabriklayman g‘alabalaringiz davomli bo‘lsin
Табриклайман, мартабаси бунданда улуғ бўлсин ! Улкан зафарлар.
Maladesss gap yo'q g'alabalari bardavom bo'lsin olloh ilmlarini ziyoda qilsin
Magnus Karson ham
Ivan Nepomniatxhiyam faqay Nodirga yutqazdi
Chin ma'noda maqtov va tahsinga sazovor g'alaba. Taqdirlangan ko'p sonli sportchilar qatori Nodirbek kabi iqtidorli va umidli yoshlar munosib e'tirof etilsa, ilm-fan va tafakkurni charxlaydigan sohalarga qiziquvchi izdoshlari ko'payaveradi. Bu, o'z navbatida davlatimiz rivojiga ulkan hissadir.
Yusuf
Yarim kechasi tentakka o‘xshab ko‘chaga chiqib baqirtirishga majbur qilding Nodirjon ukam.2004-yil Rustam Qosimjonov chempion bo‘lganda ham ko‘chaga yugurib chiqib odamlarga o‘zbekistonlik shaxmatchi jahon chempioni bo‘lganini aytgandim.O‘shanda odamlar o‘ylashimcha beparvo bo‘lib eshitishgandi.Hozir esa saviyamiz ancha oshdi.Hursandchiligimga sherik bo‘lganlar ancha ko‘paydi bugun
Azizbek KOREA
Rapid yunalishi nima dgani uzi
Show next 8 comments