Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 38 more comments
샤흐저드
Eslashniyam holamidi odam...
Ertaga 1-AVGUST biz uchun ya'ni kirish imtihonlari faqat shu kunda bo'ladigan davrgacha bo'lgan abituriyentlarga bu kunning qadri bo'lakcha edi, desam xato bo'lmas. Bu kun men uchun ham qayg'uli deb bo'lmasa ham biroz kayfiyatni tushuruvchi onlar bilan birga hayotimda yangi sahifa eshiklarini ochadigan kun sifatida ham qolgan.Men bu kunni qadrini ikki yil universiteti ostonasidan boshib ham bo'lib ketgandagina angladim. Hozir u damlarni sog'inaman : shu kungacha maqsad sari intilish, kechalari bedor dars, yana shu kabi hodisalarga to'la yillarni lekin, Vaqt kutmaydi, vaqt ayamaydi.Daqiqa, soat, kun, oy, yillar o'taveradi, o'taveradi.Abituriyentlik ("Kumush davr") davri ham o'ziga yarasha gashti bor. Inson esa eng yaxshi davrlarini xotirasiga muxrlab, yangi marralar sari dadil intilishi kerak ekan.Mana bu yil oxirgi bosqich talabasi bo'libman yetkazganiga shukurlar bo'lsin! Men ham bundan roppa-rossa uch yil shu kunda hayotimda "Oltin davr" boshlanishi orzu qilib 1-avgustni kutib olganman.
To'g'ri sizlarga ertaga emas imtihon, ammo yaqin qoldi.Shuni bilingki,Sizlar ham o'z "Oltin davr"ingizni yaratishga qodirsiz va bu o'z qo'lingizda.
Men sizlarni talaba bo'lishinglarni chin dildan xohlayaman barchangizga omad!

Samandarov.O (Xotiralar...)
31.07.2020-yil
2011-yil ham testsiz o'tgan o'sha yili testlar 2-avgustda bo'lgan
Bu ham bir Allohdan Hikmat bor azizlar Barchaga omad
Daxshat bo'lardi lekin mana shu kun eslasam o'zim haligacha boshqacha bo'lib ketaman 3 yil oldin aynan mana shu kunda abuturiyentlikni tugatib xotiralarni mixga ilganamn
Кетма-кет 3 йилим ҳаяжонда ўтган кун! Бу кун мен учун жуда қадрли, ширин хотира! 3-йили ниҳоят талаба бўлиш бахтига эришганман!
Qiziq paytlar edi. O'ziga hos gashti bor edi.
Ota onalarning farzandiga qowilgan hayajoni
Nagima Saipova
☹️
imtihonlar bolmasa nima bo'larkan 🤔(karantin cho'zilib)
Sayyod xon
1-avgust sabab katta mansabdorlar ham talkashlar bilan bir dasturxonda o'tirishgan
Bundan roppa-rosa 3 yil oldingi hayajonga to'la kunim!
Salom hammaga 4 yildan beri o‘qishdan yiqilaman. Balki shu yil o‘qishga kirib qolarman deb umid qilyotgandim aksiga olib bu ham kechikdi🤒
Iroda Sadiqova
Biz ochiq bemalol shpora ishlathanmiz
Ман олиб кириб ишлатмаганман уялганман олишга
Xa bu kunni xech kim beetibor qoldirmaydi.
5-10 tali kupyura dollarlani topib bo'lmasdi
Ассалом алекум варахматуллоху вабаркатху хаммага соглик омонлик тилиман
Bunyodbek Odilov
Adashmasam 2010 yoki 2011 yili test 2 avgustda bo'lgan edi.
Saida Raximova
1 avgust xotiralarga boy kun bulgan. Hayajonli!
Dtmdagilarni qiynaldida ancha pulsiz qolib
Show next 100 comments