Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Xushnud aka xorijda imtixonsiz oqish reklama juda kop shu haqda ozgina malumot bering iltimos
Noila Borataliyeva
Bu yil men birinchi yili imtihonda qatnashar edim lekin hali nasib qilmadi. Hamma narsani ham bir yaxshi bir yomon tomoni bor. Balki bu ham yaxshilikkadir. Umid qilamiz tez kunlarda hammasi yaxshi bo'lib ketishiga
Imtixon shuncha kechikvotti unda javobi qanchadan chqarkan😅. Õtgan yili ham kechikib 24 chida chiqqan edi biz imtixondan keyin 24 chigacha nima bõlsak bõlgandek😂. Bu yilgi abituryentlarga omad. Va keyingi kurslarni online boshlayotganlarga esa kattakon sabr
2011 yilda 2 avgustda bo'lgan
Ixtiyor
Kecha internet da kordim bir bola Rossiya da chegarada otolmay qolib ketipti bu yil borsam oqishga topshirmiqchiydim dedi yiglab
Adashmasam qaysidir yili 2-avgustda bo'lgan edi.
2 йил ўқишга киролмай,3 йилга омад кулган.Ҳар 1 август келганда ўша кунларни эслайман.Ўша йиллар мен имтихонга кирсамда, лекин онамни мендан кўра ҳаяжон босарди.Ўтган йили укам ўқишга кирди. Бу йил навбат синглимга эди. Аммо бу бало бунга йўл бермаяпти.Имтихонлар бошланишини сабрсизлик билан кутаётган сингилжонлар ва укажонлар омад ёр бўлсин.
Assalom aleykum aka Xurshid nega kontrak miqdori hozirgi online talimga teskari praporsianal ekanligiga reaksiya bildirmayapsiz. Sizga ko‘pchilik ishonadi. Talabalarni dardi haqida yozing iltimos. Kontrak miqdori haqida sizdan ko‘pchilik Super-muper maqola kutyapti kanalda!
Imtihondan faqat adolat va shaffoflik kutmoqdamiz inshaalloh...
1-август ман бугун илк бор хис килишим кере буган кун Эди
Ну егзамен бумади 😊
1avgustni axamiyatini 2019yilgacha talaba bulgan abuturentdek xechkim xis etmasa kerak.
imtihon tezroq bolsin qutulib olaylik bu balo virusdan ham
Boymurod Botirov 219- maktab
Men 9 yil deganda o'qishha kirganman. Ishonasizmi, kirolmagan oxirgi yillarimda telefonimni o'chirib, kechqurun ko'chaga chiqradim uyalganimdan. Xudoga beadab shukurki shu yil bitirib,magistraturaga ham topshirdim.
Ayniqsa javobning avgustning 10, 15, 20- sanalarida chiqishini eslasam 😥😥😥😉.
Энг кизиги бир партада утирган ака билан бирга ечганмиз тестларни😄
2 сентябрда контрактга тушиб укишга борсам, уша акаям контрактга тушганакан мен билан ёнма ён😄Мен 23 уринда контракт, у 24 уринда. Энг кизигм утирган партамиздаги жой хам 23 ва 24 эди😄😄
Bu kunni men hayajon bilan kutardim lekin 2 yil omadim kelmagan 😭😭😭
Muhammadjon
Hech qachon hayajon bo'lmagan imtihon vaqti ham hattoki. Lekin javobini kutayotganimda onammi ko'zlariga qarab qaltirab ketganman yiqilsam nima bo'ladi deb. Ammo Xudo nasib qilgan ekan yiqilmasdam tugatb ham olish nasib etgan ekan🙂
1 avgust sinonimi kirish testlari edi. Ikki yil kirolmay, uchinchi yili o'qishga kirgandim Ollohga shukur. Samarqanda taksilar 10, 20 bazida 30 larga chiqardi . Qog'ozdan va texnikadan yasalgan "qurol-yarog'lar" eh bu damlar.
Menda hammasi boshqacha bòlgan 9avgustda bòlgandi imtihonim òzim unchalik hayajonlanmaganman chunki ishonchim kuchli edi .Onamlar juda qòrqqanlar kimdirga gapirib qoyib imtihondan chiqib ketadi deb 😁😁😉menimcha òzimga pishiqligimdan xabarlari yoq bòlgan.Imtihondan chiqib 3yildan beri yelkamda turgan toģ aģdarilgandi yengil nafas olgandim .
Show next 100 comments