Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
MohinuR
Кизим Абутуриент лекин мен мужиза тарафдориман имтихонсиз талаба бб колсин чунки улар сунгги кунгирок нималигини билмади болаларча шодлик нима ? Улар учун сезишмайди хам хаяжон нима билмаяпти хам
ИншаАллох квотала Очилиб Карантин сабаб Коп коп Абитуриентлани окишга кабул килишсин ИншаАллох. Аллох хаммани йолини очиб берсин. Карантинам майли бир сабаб Бабирам Аллох хохлаганикан
ААААААААААА
Eeex biz topshirgan paytlarda oylanib otrardik ishqlib shpargarkalar chqib ketmasin deb shaxsan ozim 4 yil deganida kirganmn oqiahka xaryili 180dan oshiq bal bilan kantrakt bolardim ili kiromasdim
Abdulbosit
2018 - yil 1 - Avgust, ya'ni bundan ikki yil oldin ko‘pchilik abiturentlarning hayotlarida haqiqiy burilish yasagan kun! Bu kunni kim qanday qarshi oladi - yu bilmadim, lekin men bu kunni qandaydir ma'noda G‘ALABA kuni sifatida qarshi olaman va barchangizni ushbu kun bilan qutlab qolaman. Bayramingiz muborak aziz kursdoshlar !
P/S : Avvalo oila a‘zolarizga hamda repititor ustozlarizga yana bir bora rahmat aytib qo‘ying.
Ma'ruf Mansurov
Esimda testga juda katta qiyinchiliklar bilan telefon olib kirgandim afsus telefon ishlamay qolgandi 🤦‍♂️ jaxlim chiqib telefonni o'rib ham olgandim shunda nariroqda o'tirgan boshqa abiturent qiz ishlatmasangiz bering deb so'ragandi. Baribir ishlamayabdiku deb bervoruvdin ne ko'z bilan qarasam meni qo'limda ishlamagan telefon uni qo'lida ishlab ketgandi 😄😄 men esa belgilab bo'lgandim.
Muzaffar Najimovich Mnr
Birinchi avgust kuni xalq maqollarining isbotini kurgan kunim. Yiqilgan kurashdan tuymaydi.... Vahakozo. 7 yil urinib oxiri dop.kontrakka uqishga kirib magistraturani grantga tugatdim . Xudoga ming qatla shukurki xoxir oliygohga ishlayman.
Mansur Boribekov
Assalom alleykum shu haligi 2011-yil Oliy o'quv yurtiga kirish 2- avgustda o'tgan o'zim shu yil topshirib kirganman. 2-avgustda o'tishiga sababi ma'lum qilinmagan
Dtm imtihonlari o'tkazish tartibiga so'ngi 2 yilda kiritilgan o'zgarishlar yangilanayotgan O'zbekistonning rivoji uchun qilingan eng yaxshilaridan biri bo'ldi. Sababi har qanday davlat rivoji uchun albatta yetuk mutaxassislar zarur. Mana shunday yuqori saviyali mutaxassislarni birinchi bosqichda tanlab olishda adolat mezonlari albatta muhim o'rin tutadi. Endigi qilinishi kerak bo'lgan ishlar menimcha OTM lar salohiyatini oshirish va ta'lim sifatini yaxshilashdir. Bundan tashqari kadrlarni ish bilan taminlanishidagi nohaqliklarni ham yuqotsak albatta yuqori marralarni zabt etardik. Hudo hohlasa bu kunlarga yetamiz!!!
YURISTKA
2012 yil 1 avgust kuni inyazga topshirgandim pedinstga. Imtihon rus maktabdi bitta sunfida oʻtkazilgandi. Kashlogimi ochgan eshik oldidagi melisa telefonimi koʻrib qolubdi. Iltimos aka siz ham abuturent boʻgansizu degandim oʻtkazvoruvdi. Imtihonga telefonimi obkirdim. Qarasam hisobim nol. Akamga aytib paynet qildirdil 10 ming. Keyin tarix oʻqituvchim 24 ta,ona tili oʻqituvchim 22 savolga javob aytuvdi telefonda. Ingliz tili oʻqituvchim boshqa sim karta olgan ejan oʻsha kuni u bilan bogʻlanolmaganman va kontraktga oʻqishga kirganman. Tarix va ona tili oʻqituvchilarim makyabni oddiy oʻqituvchilari,hamkasblarim edi. Bir kun ham repititorga bormaganman. Omadim kelgan
Xushnud aka siz bilan qanday boglansam boladi. Siz bilan hich qanqasiga boglanib bolmaydi. Savollarga esa hich qachon javobbermyapsiz.
Xurshida Rahimovna
1- августни деб айрим оилаларга анча мунча даромад кирарди,айниқса таксист хайдовчиларни. Пандемия даромад учун катта йўқотиш бўляпти
Шохида
Эьзоза Шаропова.
1-август ман бугун илк бор хис килишим кере буган кун Эди Ну егзамен бумади 😊
Хатолариз устида ишлаш учун имкон берилди хурсанд булинг, экзамен худо хохласа булади сабр тилайман
❤UMIDA RustamJonovna❤
Assalomu alaykum.
Abituriyentman..
Test bo'lishini intizorlik bn kutayapman...
Tayyorgarlik odamni yuragini qisib yubordi...
Uyimdan ancha vaqtdan beri olisman..oilamni ko'rmaganimga juda ko'p vaqt bo'ldi...Ularni juda sog'indim...
Keta olmayman...
Uyimga oilam yoniga yorug' yuz bn borishim kerak...Shaharda abituriyentdosh dugonalarim bn tayyorlanayapmiz...
Imtixonni o'tkazib ketishga kelishganmiz..
-"Dadajon Ayajon men o'qishga budjet kirdim "
Deb borishimiz kerak...
Biz imtixonga tayyormiz... ILTIMOS 🙏 🙏🙏 🙏 imtixon tezroq BO'LSIN.
Sentabrda bo'lsin deganlar esa men u-n o'ziga ishonmaydigan abituriyentlar..
Истат Камолова
Ассалому алайкум, Хушнудбек,! Мен утган йил 1 августда сизнинг каналингизга аъзо булганман ва бундан жуда хам хурсандман, чунки сизнинг сиёсий билимларингиздан куп нарсаларни ургандим. Бунинг учун сизга ташаккур. Мен хокимият тизимида ишлайман. Сизнинг дунёкарашингиз, фикрлашингиз менга ёкди. Илохим менинг фарзандларим хам сизга ухшасин
14avgustda imtihonim bugandi juda hayajon bugan lekin test boshlagandan qatiy ishonch bn ishlaganman 181,3bal olsamam kontrakt Deb óylab 24chi avgustgacha yiglab xafa bub yurgandim xudoga shukr 1yilda budjetda talaba buldim
Nazokat
O'tkan yilgi avgustni eslasam yuragim orqaga tortadi imtihondan qolib ketgandm 1hafta yig'laganman huddi hamma orzularim tugagandek tuyulgandi🙈bu yil albatta kiraman Inshaolloh.🤗
Eslasam roppa-rosa 25 yil ilgari testga kirgan ekanman. Yo'lda trolleybus buzilib zo'rg'a yetib borganman, shaharni bilmayman, so'rab-surishtirib ulgurib boruvdim. O'sha paytdan faqat o'zimga, o'z bilim va kuchimga ishonib kelaman, albatta Allohga tavakkul qilgan holda.
Show next 100 comments