Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Buyil birinchi marta oʻqishga topshirishimizdan oʻqwga kirib ketaylikda hoh 1avgust hoh boshqa kun boʻlsa ham
Barcha abuturiyentlarimizga faqatgina sabr tilab qolamiz
Hammamiz talaba bo‘laylik ilohim
Ilohim xamma abuturentlarga omad sixat salomatlik iymoning pokligi va bitmas tugalmas aqil idrok tilayman
1avgustni Judaxamma kutyotgandik
😮
2011 yilda xam 1 avgust kuni test bolmagan. ( xayit kuni edi o'shanda xam)
Oxirgi 15 yillikda( eng oxirgi ikki yillikdan tashqari) o'qishga kirgan (aniqrog'i kirib qolgan) kadrlar hali oldimizdan chiqishini uylasam kayfiyat tushadi.
inshoolloh aytganiz kelsin
Д.Давлатов
2 йил киролмай. 3-йили ўқишга кирганман. Лекин нимагадр 2-марта йиқилган йилимдаги 1-августни кўп еслайман. Самарқанд тиббиёт институтига топширганман. Ўшанда кўргандим имтихондаги хамма ўйинларни🤦‍♂️.
Haqiqiy abuturient uchun 1 avgustni har qanday bayramdan kam joyi yo'q😎
Ubaydullo Husenov
2015 yil 1-avgustda test topshirib javoblari chiqishini rosa (19-20 kun) kutganlar bormiiii!!!!
1-avgust sanasiga abiturient sifatida 4 marta duch kelganman! 2017-yil budjet asosida o'qishga kirdim ming shukur. Bu sanani hech qanaqasiga unutib bo'lmaydi testdan chiqib oyijon 1-blokdan 32 ta ishladim deganimda onam meni quchib yig'lab yuborganlar. Mandat kuni ham unutilmas bo'lgan edi. Olloh talaba bo'lish istagidagi chin dildan o'qib mehnat qilayotgan barchani shunday baxt bilan siylasin
Alhamdulillah🤍
2019 yildan avvalgi 1-avgustni barcha abituriyentlar intiqlik bilan kutishardi.Barcha abitiriyentlar sabri sinalgan kun edi...
Assalomu alaykum! Meni imtihonim 30-iyulda bo'lgan. Biz uch kishi xonadan birga chiqib ketganmiz imtihon toshirgani. Ularga qattiq tayinlaganman oxirigacha misollarni ishlab keyin chiqinglar deb. Lekin o'zim 35 minut oldin chiqib kelganman imtihondan. Xonaga kelsam hech kim yo'q. Ularni kutib o'tirdim. Keyin ertasiga imtihon natijalari chiqdi. Anchadan keyin o'qishga kirgan yoki kirmaganligimiz ma'lum bo'ldi. Men o'qishga kirib ukar kira olmaganiga biroz hijolat bo'ldim. Haligi bir gap boru "3 savdoyi" nomli hind filmida: "do'sting imtihondan yiqilsa ko'ngling g'ash bo'larkan, agar do'sting birinchi bo'lsa undanam g'ash bo'larkan" 😁. Ularni kirolmaganiga meni ko'nglim g'ash edi. Meni birinchi o'rinda kirganimdan ularni ko'ngli g'ash edi 😊😁😁(albatta hazil). Xullas menda hammasi ko'ngildagidek kechgan. Bu yilgi abituriyentlarga omad tilayman!
Assalomu alaykum.barchaga.Inshalloh bu pandemiya tezroq tugasinda,shi 1 avgust yaralari bitib ketsinu bizlar òqishga kirib ketaylik
O'tgan yili men mandat kutib jinni bogandim hudoga shukur talaba boldm
Show next 100 comments