Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
O'tgan yili men mandat kutib jinni bogandim hudoga shukur talaba boldm
Oʻrtola nima deb oʻylesla imtihonla qachon boshlanarkin, ishqilib 2021 yil yanvarga qob ketmasmikin🙊
Omad va sabr tilaganlarga rahmat, silargayam tilayman
X (iks) variant chiqdimi))
TAVBA, KULGIM KELYAPTI, BIR YG'LAGIM KELYAPTI...

NEGA?!

BU YERDA YOZYOTGANLARNI DEYARLI HAMMASI, AYRIMLARI DEYLIK SHAFFOF, "bunkersiz" , "telefonsiz", "shpargalkasiz" UMUMAN "HAQQONIY" KIRGANINI YOZISHYAPTI...

"TARIXNI G'OLIBLAR YOZADI" DEGAN GAP BORLIGIGA ISHONAMAN.
Dilafruz Axmadjonova
Assalomu alaykum. Man 2016-yil 1-avgust imtihonida oxirgi marotaba qatnashayotganimni bilmagandim. Chunki o'sha yili talabalik baxtiga erishgandim. Imtihonda test varaqalarini ochish uchun mani chaqirishgandi. Shunda o'sha guruhdagilar agar hammamiz oqishga kirib ketsek sizzi starsta qilamiz deyiwgandi😂😂😂 lekin u gruppadan faqat man oqishga kirdim.... Talabalik haqiqatdan oltin davr ekanligiga amin boldim. Juda sogindim guruhdoshlarimni... Judayam😥😥😥
Очиғини айтганда 1-августдаги имтихон менга ҳаётда сабоқ берган.
Assalomu alaykum.Hammani hayit bayrami bilan tabriklayman.1 topshirishda o'qishga kirganlar bormi
404 error
Bakalavriatni bilmadimu, magistraturadagi teatrlashtirilgan sahnalar doimo bardavom, doimo abadiy bizda
H.Abdurahmonova
Iloyim Dunyo tinch bo‘lsin duoda bo‘laylik. Olloh hohlasa bo‘ladi. Pandemiya tezroq tugasin iloyim. Men ham topshirgandim magstraturaga. Hammamizni omadimzni bersin.
Islom unversitetida oqiydonlar bormi
Assalomu alaykum. Magistratura imtihonlari ham kechiktiriladimi? Bilmisizlarmi mabodo?
Show next 100 comments