Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
404 error
Bakalavriatni bilmadimu, magistraturadagi teatrlashtirilgan sahnalar doimo bardavom, doimo abadiy bizda
H.Abdurahmonova
Iloyim Dunyo tinch bo‘lsin duoda bo‘laylik. Olloh hohlasa bo‘ladi. Pandemiya tezroq tugasin iloyim. Men ham topshirgandim magstraturaga. Hammamizni omadimzni bersin.
Islom unversitetida oqiydonlar bormi
Assalomu alaykum. Magistratura imtihonlari ham kechiktiriladimi? Bilmisizlarmi mabodo?
Шохрух
1-avgus televezor karopkalarida telefonlar to'lib ketadigan sana edi😁😁😁
Toshkent davlat yuridik universitetiga o'qishga topshirganman, lekin 《yiqildim》. Testlar 30talik bo'lgan vaqtda kirdim imtihonga. Qoyil, odamlar test 36talik bo'lgan (bunkerdagi o'qituvchilarga qarshi tuzilgan)vaqtlarda qanday qilib kirgan ekan-a o'qishga?! 36 talik test bo'lgan vaqtlar OTM ga kirganlar haqiqiy BILIMDONLAR bo'lgan...
Yo‘qotgani manimcha zo‘r ish bo‘ldi
💫Блистать...💫
Assalomu aleykum .Men bu kunni necha yillab kutgandim .O‘qishga kirganlarga juda ham xavas qilgandim .Ilohim hammamizga sabr bersin .Talabalik bo‘lish hammamizga nasib qilsin Inshaalloh
Barchinoy
O'sha muhtasham 1-avgustdagi ishlar tufayli 2yil yuqori ballar bn yiqilib, 3-yil nufuzli institutga grand asosida o'z kuchim qabul qilinganman. Ehhe qancha mehnat va uyqusiz tunlar! Mana bugun diplomni ham qo'lga kiritdim, Allohga shukr!
Lekin hozir shuncha to'siqlarni yengib o'tganimga o'zimdan faxrlanib, hayratlanib ham qolaman.
Hozir abitruyentlar un sharoitlar ancha yaxshi, faqat bilim tarozida. Ularga o'qishda aslo g'ayratni so'ndirmaslikni va omad tilayman.
Allanazarov Qodirnazar
Ushbu kunni eslash yaxshi ammo man va ayrim o'qishga kira olmaganlar eslagisi kelmaydi. Nimaga desangiz ushbu kunda ayrim bilimi va saviyasi past insonlarni omadi kelgan kun. Ayrim puli bor boyvachchalar o'qishga kirgan va "TALABA" bo'lgan.Ayrim bilimi borlar kira olmagan. Jamiyatdagi ayrim poraxo'rlik va korrupsiyalarni boshlanishi shu kun bo'lishi ham mumkin chunki berilgan pullarni joyiga qo'yish kerakda. Hozir esa barchasi boshqacha...
5 yil kirolmadm 1- avgust men un qiyin kelar edi 6 yil yana yiqildim kn cidolmadim super kontrakt Elon qilindi wu Xushnudbekni kanalida sentyabr oyida 15 Barobarini tulab xozi TDIU talabasiman Olloh ga wukur 1 -yilni utkazvoldik
Show next 100 comments