Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Oliy talimni orzu qilgan har bir yowlar uchun Juda ahamiyatli darajasini har bitta yowni ozi oz qarawlari bn ifodalaydigan kun edi. Orzu qilsamda imkoniyat darajalarimdan hisobga olib men uchun faqat orzu edi. Allohga behisob shukur yetqazganiga prezidentimizi 2018-yildagi imkoniyati cheklangan yowlarni oliy ta'limga qamrab oliw togrisidagi qarorlari bilan, imtiyoz asosida shu yili TATU talabasiga aylandim buning uchun avalo Allohga behisob shukur hamda sababchi insonlarni hammasiga Raxmat aytaman talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'lganimdan Juda Juda baxtliman. Avgust oyini birinchi kunidan 17-avgustgacha bo'lgan hayajonlarim taasurotlarim Juda cheksz edi hayajonlar☺️ barcha abiyturiyentlarga omad tilayman. Bu balolar tezroq yo'q bo'lib ketsin.
Balki bu yil uyda bulishimizda bir hikmat bordir sinovlar ortida g'alaba g'alaba ortida albatta talaba bulamiz inshaolloh abituriyentlarga sabr tilayman
Men òqishga birinchi topshirishdayoq kirganman. Kontrakka. 2015-yili kirganman. Òsha yili tanish bilishchlik telefon,shpargalkalarga chek qòyilayotgandi. Balki òzim olib kirmaganim uchunmi hechkim foydalanmadi deb òylaganman(rostdan ham shundaydir ehtimol) lekin Ollohga tavakkal va bilimimga ishonib imtihonga kirganman. Natijasi yaxshi bòlgan. 😊
Муяссар Абдуллаева
Бизда бундай холат булиши мумкинмас. Тест булмаса, онлайн имтихон булиши керей. Лекин давлат бунга тайëрмас
Online test boʻlmaydi va boʻlolmaydi ham boʻlmagani ham yaxshi menimcha Oʻzbekiston endi-endi erishayotgan korrupsiyasiz muhitni bu butkul yoʻqotib tashlaydi buncha harakatni bitta online testga almashmasa kerak davlat ham
Саодат Бекбосынова
1августа 1994года.Сколько лет прошло, а я этот день помню как вчерашний день.Этот день я всегда вспоминаю с трепетом, с волнением. Я до сих пор помню школу,где мы сдавали тесты, ряд и иесто, где я сидела.
Это незабывая память! Этот день,я считаю, источником сегодняшнего моего дня!!!
Menimcha 2-marta bu, chunki qaysidir yili ham hayit bayrami bo'lganligi sababli, 2-avgust kuni o'tirilgandi.
2009-yil 1-avgust kuni imtihonga kirganman. Eng qizig'i qo'limda telefon bilan kirganman, teelfonimni qoldirsam yo'qolib qolishidan qo'rqib. Ichkarida lekin umuman ishlatmaganman xudo haqqi!!!!
Zubaydullo Sherriyev
4 yil 1 avgustda imtihon topshirdim.Xudoga shukur 2007 yil Nizomiy nomidagi TDPU ga grant asosida o‘qishga qabul qilindim.Hech kim bo‘sh kelmasligi kerak.Ollohimdan astoydil niyat qilib so‘ralsa beradi
1avgust 2009yil edi adashmasam oquvchi tayyorlab uni imtihondan kelishini kutganmiz o,sha kuni quyosh tutilgan edi rosa esimda qolgan .oquvchimiz kontraktga kirgan .hozirda Ozbekkinoda ishlaydi .Eng birinchi yutugimiz edi bu sherigim bilan
Ilxom Raxmonov
2011-yilda 2-avgustda bo'lgan edi
Men ilk bor uqishga kirishga harakat qilganimda 2 avgust kuni imtihon bulgan. 2013 yilda 1 avgustda topshirganmiz. Kirishda telefonimni oldirib quyganman. Uzimni kuchimga tayanib test yechganman. TDYUga uqish nasib qilgan shunda
🤣🤣🤣🤣🤣🤣
Barchinoy
Imtihonda mendan nazoratchi kelib rektoriskiymisan deb so'ragan, men yo'q deganman
1- avgustda emasku 3- avgustda imtihonga kirganman. Allohga shukur birinchi urinishda birinchi ōrinda grandga kirganman. Barcha abituriyentlarga omad tilayman.
Bu yil xam esda qolarli kun bòldi xammaga😥
Alhamdulillah talabaman,lekin abituriyent tengdowlarim opa ukarimza un azgina bu baxtga eriwiw chozilvotti ilohim bu pandemiya tezzzzroq yurtimizadan ketsin uzoooo uzolaga qaytib kemidgan bolib tinch osuda hayotga tezro qaytilu talabalikning wirin gawtini surilu😊
Bu yil TDTU tamomladim !
2013 yil Toshkent davlat Yuridik universiteti ga topshirganman odatdagiday imtixonga kirdim derazani yoniga utirib qoldim va utrgan joyimni 100000 ga sotganman birinchi qatorda utrgan uzmga uxshagan abituriyentga
Show next 100 comments