Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Men 1-avgust testga kirganimda xona ishida deraza oldiga 10 litrlik baklashka yoniga krujkasi bilan suv qoygan. Rosa isib ketgan bolsada boriga shukur qilib ishgandik,🙃🙂
medic
O'tkan yili men 6avgust kuni imtxonga kirganman birinchi marta topwrm edi juda xayajon bolgan o'wanda inwolloh keyingi oylarga imtxon bolib qolar
Haqiqatan 1-avgust kuni boshqacha bo'lar edi
Muhammadziyo Muhammadkarim😍😍😍
Abituriyentlarga omad imtixon qay vaqt utmasin eng asosiysi haqqoniy bulsa buldi bu ham bir sinov 2013-yilda uqishga utganman menimcha 2015-yildan boshlab test sinovlari reallikka asoslana boshlagan
Bahronov Abbos Komilovich
Xushnud aka sal adashdiz 2021 yilda test 2 avgust o'tkazilgandi
Shoira Norboyeva
Oglim Xushnudbeken bundan 34 yil oldin abiturient bolganman. Kumush medalli edim, shuning uchun bitta ruchka bilan kirib inshodan ,,,5'' baho olib student bolganman. Testga tayyorlanmas edik , faqat badiiy kitoblar, adabiyotlar oqir edik. Test yuki yoq edi, tabiiy oqir edik .
Eslatkaningiz ucun rahmat!!!!
Tòxtagul Xoji Ona
Барча абитуриентларга омад тилайман 🌺 илохим неки орзуингиз булса Бари барига оллохимнинг УЗИ йетказсин.карантин хам тезрок тугаб биринчи гранд бн кириш хаммамизга насиб килсин😊
H.Abdurahmonova
Ha men 19da bilganman
Ha 20 da osishganda mandatni.men 19 da bilolmaganman. Javobini bilib beradigan odam tel qilmagan.20 kunj azonda nahotki kirolmadim. Kirolmapsiz deb aytgani hijolat bòlib tel qilmishmadi deb aza tutvoganman oshanda 15-20 minutcha yiqilish azobini tatib kòrgandim. Lekin òsha telefondan ķòrib bermiqchi bòlgan odam uhlab qolgan ekan😰
Bahronov Abbos Komilovich
2011 yil uzr
невидимый герой
2015 yil 1 avgustda soat 10:00da imtihon boshlangan edi. O'sha imtihon payti men eshikni oldidagi partaga utirganman. Na teldan foydalaniw mumkin yo kalkulyatordan. Xozir shu telefon yoki kalkulyator ishlatmaganimga xam shukur qilaman. Agar iwlatganimda hayolim chalg'ib balki o'qishga grand asosida kira olmas edim. Xudoga wukurki gand asosida kirganim. 2 yillik say harakatdan kn talaba bo'lganim. Eng qizig'i usha payti bizga nazoratchi bo'lgan o'qituvchimiz aynan meni dtm kodimni uzini shaxsiy daftariga yozib qo'ygani. Imtihon javobi chiqqandan kn meni ko'rib qolib tabriklagan edi. Ex uwa paytlarni eslasam ko'zimga yow keladi . Albatta bu quvonch ko'z yowlari edi. 😊
Муяссар Абдуллаева
Error 404
Online test boʻlmaydi va boʻlolmaydi ham boʻlmagani ham yaxshi menimcha Oʻzbekiston endi-endi erishayotgan korrupsiyasiz muhitni bu butkul yoʻqotib tashlaydi buncha harakatni bitta online testga almashmasa kerak davlat ham
Этвомманку, давлат тайëрмас дб. Нафакат моддий-техник база, интернет борасида, балки одамларнинг, мансабдорларнинг маънавий устойчивыйлиги борасида хам ТАЙËРМАС.
Qaysidir manoda 1 avgustni ixtirolar kuni desa boladi. Chunki osha kuni xammaning ham kallasiga kelmaydigan ishlar oylab topilardi. Oqishga kirish uchun albatta
Nafisa G'aniyeva
Oxrgi marta 2017-yilda faqat 1kun 1-avgust kuni tets o'tkaziladigan anana bo'lgan edi ..Men esa o'shanda shu kunning Eng eng baxtsizi bo'lganman deb o'ylayman Sababi 161.3ball bilan BuxDuning Tarix fakultetidan yiqildim.Aslida hamma hatto ozim ham Granga kiraman deb o'ylar edim Grand uchun kurashgan edim.O'sha vaqtlar Ligota ham borligi sababli eng yuqori ballar ohhooo 36.36.36 ursa ham olib bo'lmaydigan bo'gani hali ham esimda.Men shu bilan Tarixdan qayttim keyingi yil qayta tayorlov uchun borganimda kitoblarni o'qish yod bo'ganidan qizig'i qolmagan edi go'yo hamma ustimdan kulayotgandek.Eng achinarlisi yana o'sha repititorlik yo'llari yana o'sha uyqusiz kechalar.eng eng yomoni esa Yana Otamning qiynalishlari(aslida uyda ota onam oliy ma'lumotli bo'lmaganlari uchun abiturientligim juda qiyinchilikda o'tgan.eh eslashni xohlamayman) Shu bilan 1 oy kursga qatnadimu o'z xohishim bn Hammasini yig'ishtrdim aslida men o'qishni yanayam qattiq o'qib Grandga kirishni xohlardim lekigin Otam juda qiynalayotganliklarini ko'rib hali tuzuk nafas olmay oy ketidan oy kelib kurs puli tolashlar xarajatlar xullas men TO'XTADIM... 2018-yilda tayyorlanmadim hisob.2019-yilda esa dadamning agar sen institutga topshirmasang men sendan rozi bo'mayman deganlari uchun eng oxrgi qabul kuni borib Navbat kutiwlar bilan Filologiya hujjatlarimni topshirdim.va men uyda atigi 20 kunda O'zim o'qib tayyorlanib tanlagan har uchchala Universitetimga ham Grand bilan o'qishga kirdim.
omadingiz shu yunalishga ekan bizga ham grant talabasi bolishlik nasib aylasin ilohim
Tan olish kerak oldingi 1 kunlik imtihonni adolatli ótardi deb boʻlmasdi. Lekin, har qachon ham ózining bilimiga ishonganlar birovlar bilan ishi boʻlmasidan imtihonga kirib testini yechib ózi kutgan ballni yigʻib chiqa olgan deb óylayman.
Bilimli yoshlar har doim ham boʻlgan. Ilohim har kim óz bilimiga munosib joylarni egallasin.
Bundan roppa rosa bir yil oldin Samarqand shahridagi olimpiya zahiralari kollejida imtihonga kirgandim. Kirishdan oldingi hayajonlar va yaxshi insonlarning duolari esimda. Usha vaqtda esimda 3 ta savolni bilib javobini xato belgilanganman. Shunga qaramay Alhamdulillah talabalik nasib etdi
1-avgust haqiqatda ham juda qaynoq kun boʻlgan. Imtihonga kechirmaslik uchun ertalab erta turish, taksichi akalarning yoʻl haqini 2 yoki 3 barobar oshirishiga qaramasdan tiqilinchda yoʻlga yurish, 3 soqtlik vaqt mobaynida bir yillik sarhisob va hokazolar boʻlgan kun sifatida hayotimiz sahifasidan joy olgan
25 yilda ilk marotaba emas lekin, 2011-yilgi test sinovlari 2-avgust kuni bo'lib o'tgan edi. Usha yili Universitet talabasi bo'lish ishtiyoqida testga kirgan edim, Allohga shukur hozir Universitetda talabalarga dars beryapman, o'qituvchiman. Qisqa muddat, lekin juda katta o'zgarishlar...
MUXAMMADJON
ASSALOMU ALEKUM XUSHNUD AKA QURBON XAYITI MUBORAK BÒLSIN. ENDI MAVZUGA OID FIKRLARIMGA KELSAK KOLLEJNI BITIRGANIMGA 3 YIL BÓLDI. MANA BU YIL XAM OLIY ÓQUV YURTIGA XUJJAT TOPSHIRDIM. SHAFFOFLIK BOR DEB BONG URAVERISHADI VA SHU BILAN BIRGA UDDASIDAN CHIQADIGANLAR BARIBIR TELEFON YOKI SHPARGALKALARDAN FOYDALANISHAVERADI. BUNAQA XOLATLARNI BIRINCHI TOPSHIRGAN YILIMDA KÒRGANMAN. MIYASIDA XECH NARSA YÓQ INSONLAR TALABA BÓLISHYABDI. AFSUSKI, YILLAB TAYYORLANGANLAR ESA KIRA OLMAY BIR YIL UMRI YANA KETYABDI. ÓZBEKISTONIMIZDA KAMIDA 10 YILSIZ XAMMASI 100% SHAFFOF BÓLMAYDI DEB ÓYLAYMAN. ANDIJON SHAXRIDAN MUXAMMADJON TESHABOYEV
IMXO
Show next 100 comments