Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Yana bir narsa esimga tushib qoldi. Imtixonnan shiqib salqın mors ishmoqshi bolubdim qarasam katta olamon orab olgan hammasi mors ishyabti! qiziqib yaqshilab qarasam Bitta listga kotta qilib yozib qoyibti: Bu Mostni ishganlar Grand bolib oqishga kirib ketgay!! Mana sizga savdo mana sizga tayyor marketing
Hammaga assalomu alaykum. Man 2018-yil talaba bo‘lganman. 36 talikdan 30 talikka o‘tgan yil. Imtihon ajoyib o‘tgandi. 2-smenada 15:00 da boshlangan edi.(1-avgust kuni bo‘lgandi bizda)Imtihon zalidan oxiri bo‘lib chiqqanman. Ertasi kuni javoblar chiqqan. 1-o‘rin grant(Toshkent moliya institutiga)
To'lqin Samandarov
Ha 1-avgust boshqacha kun edi.
Ha birinchi avgust esda qolarli kun bo'lgan . Aniq esimda yig'lab chiqqandim testdan😂
1-avgust manyam esimda ajoyib hayajonli bolgan. 4 yil kontraktda o'qidim bitirim va hozir magistraturada o'qiyapman va ishlayapman. Keyinchalik shuni bildimki oliy talim diplomisiz ham bir kasbni o'z ustasi bo'lsangiz siz oliy talini bitirgan ko'pllab talabalargga qaraganda ko'proq pul topishingiz va orzuingizdagidek hayotga erishishingiz ehtimoli koproq bolishi mumkin
Akhmadullayev
2015 yil o'qishga kirganman, albatta yuqorida aytib o'tilganidek juda qaynoq kun bo'lar edi 1-avgust. Mendaham juda qiziq qaynoq kechgan ushbu kun hotiramda hamisha (kimdur teldan foydalangan kimdur chip chiqargan shunga o'xshash voqealar ) bir davr bo'lgan ekan o'sha davrlar eslasam yurak quvnaydi axir talabalik oltin davr. Esimda mandat chiqib o'qishga kirganim juda zo'r davrlar ayniqsa 1 kurslik....
Assalomu alaykum hammaga bitta savolim bor edi.Kim bilsa aytib yuborsin iltimos.Man Buxoro tibbiyot institutining tibbiy profilaktika fakultetini 1 kursini tugatdim.Hozirda Toshkent farmasevtka institutiga perevod qila olamanmi?O'zim Surxondaryolikman
1~avgust xamma OTM ga kirishni xoxlaganlarni yuragiga g‘ul~g‘ula solar edi. Men 2008~yilda birinchi bor topshirib kira olmaganman lekin 4~yili ya'ni 2012~yilda talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lganman. Mandat chiqqan kuni turli xil holatlar bo‘lar edi. kimdir baqirib yig‘lasa yana kimdir hursandligidan baqirib xammaga jar solar edi. Ex o‘sha kunlarrrrr.
zor payt edi ancha 11- avgustdan 2- sentabrgacha yuvgandik oziyam. O'qishga kiriw un hamma o'qiydi bitiriw esa Uzb da o'yinchoq . utgan yildan bowlab uyinchoqdanam owip tuwti soqqa bomi bitirasan . Malatse kelajak yoshlar qo'lida olg'a 😂
Alhamdulillah bu yil universitetni bitirdim, peshonamga 1 martta imtihonga kirish yozilgan ekan, 2016-yil birinchi urunishdayoq òqishga kirganman tòĝriroĝi kirolmaganman men topwirgan yònaliŵda 20 olgan bòlsa 21-bòlganman naq qora chiziĝni tagida turganman, 0,4 ball yetmagan xudoga shukur superkantrak bòlib òqishga kirgandim, vaqt tez òtadi ekan kòz ochib yumguncha 4 yil òtib ketibdi
2010 yil 1 avgust kuni testga borganman. Testdan biladigan savollarim tushgan va aniq talaba bo'lishimni bilganman. Bir umr yodimdan chiqmaydi 1 avgust.
Мохларойим
Минг лаънат сенга коронавирус😭😭😭😭😭😭😭😭😭😭😭😭😭😭😭😭😭😭😥
Shu kuni aynan meni yo'lim uyimdan yoki ish joyimdan Andijon tomon bo'lar edi o'tkan yillar mobaynida.
Mana endi esa bir yildan buyon bu kun menga hursandchilik olib kelgan ya'ni talaba bo'lganman. Nahot endi bu yil imtihon topshirgani bormasam qanday ajoyib a 😁
Eheee qancha tunlar bedor o'tdi. Ba'zan tunggi soat 2-3 gacha uxlamasdan bir nimalarni qayta o'qib qayta ishlardim va ozgina uxlab arang sahar turardim. Ba'zan ishdan kechki smenadan ertalabda chiqib to'g'ri imtihonga yo'l olardim. Har safar duoga qo'l ochganimda ilohim o'qishga kiray deb duo qilardim, Allohga shukur yetkazdi niyyatimga o'tkan yili. Aynan uydan o'qishga imtihonga ketayotgan paytlarim dasturxon ustida qilingan duo shu bo'lardi yoki kechki smendan ishdan chiqib ertalabda buvimga telefon qilib duosini telefon orqali olardim, Alhamdulillah yetkazganiga shukur.
2016-yil òqiwga kirganlar bormi mandatni òziyam 20 kun kutganmiz😁
𝓜𝓾𝔁𝓽𝓸𝓻𝓸𝓿
Tayyorlandizmi yoki ollohga tavakkalmi
Yoq tayyorlandim bu yil 2-yil inshaolloh bu yil kirsam 2-yil kirgan bulaman
medic
Xammaga salom abiturentlar bormi
Nafisa G'aniyeva
Oxrgi marta 2017-yilda faqat 1kun 1-avgust kuni tets o'tkaziladigan anana bo'lgan edi ..Men esa o'shanda shu kunning Eng eng baxtsizi bo'lganman deb o'ylayman Sababi 161.3ball bilan BuxDuning Tarix fakultetidan yiqildim.Aslida hamma hatto ozim ham Granga kiraman deb o'ylar edim Grand uchun kurashgan edim.O'sha vaqtlar Ligota ham borligi sababli eng yuqori ballar ohhooo 36.36.36 ursa ham olib bo'lmaydigan bo'gani hali ham esimda.Men shu bilan Tarixdan qayttim keyingi yil qayta tayorlov uchun borganimda kitoblarni o'qish yod bo'ganidan qizig'i qolmagan edi go'yo hamma ustimdan kulayotgandek.Eng achinarlisi yana o'sha repititorlik yo'llari yana o'sha uyqusiz kechalar.eng eng yomoni esa Yana Otamning qiynalishlari(aslida uyda ota onam oliy ma'lumotli bo'lmaganlari uchun abiturientligim juda qiyinchilikda o'tgan.eh eslashni xohlamayman) Shu bilan 1 oy kursga qatnadimu o'z xohishim bn Hammasini yig'ishtrdim aslida men o'qishni yanayam qattiq o'qib Grandga kirishni xohlardim lekigin Otam juda qiynalayotganliklarini ko'rib hali tuzuk nafas olmay oy ketidan oy kelib kurs puli tolashlar xarajatlar xullas men TO'XTADIM... 2018-yilda tayyorlanmadim hisob.2019-yilda esa dadamning agar sen institutga topshirmasang men sendan rozi bo'mayman deganlari uchun eng oxrgi qabul kuni borib Navbat kutiwlar bilan Filologiya hujjatlarimni topshirdim.va men uyda atigi 20 kunda O'zim o'qib tayyorlanib tanlagan har uchchala Universitetimga ham Grand bilan o'qishga kirdim.
Nafisa, filologiyada o'qir ekansiz sizdan bir iltimosim bor edi. Iltimos, kasbimizni va tilimizni hurmat qilaylik. Imloga amal qiling. Siz-u biz amal qilmay turib boshqalardan buni talab qilish noo'rin.
O'tkan yil judda zo'r bo'lgandi hayojonda hamma bu yil zerkarliy va ayanchliy
Show next 100 comments