Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Nafisa G'aniyeva
Oxrgi marta 2017-yilda faqat 1kun 1-avgust kuni tets o'tkaziladigan anana bo'lgan edi ..Men esa o'shanda shu kunning Eng eng baxtsizi bo'lganman deb o'ylayman Sababi 161.3ball bilan BuxDuning Tarix fakultetidan yiqildim.Aslida hamma hatto ozim ham Granga kiraman deb o'ylar edim Grand uchun kurashgan edim.O'sha vaqtlar Ligota ham borligi sababli eng yuqori ballar ohhooo 36.36.36 ursa ham olib bo'lmaydigan bo'gani hali ham esimda.Men shu bilan Tarixdan qayttim keyingi yil qayta tayorlov uchun borganimda kitoblarni o'qish yod bo'ganidan qizig'i qolmagan edi go'yo hamma ustimdan kulayotgandek.Eng achinarlisi yana o'sha repititorlik yo'llari yana o'sha uyqusiz kechalar.eng eng yomoni esa Yana Otamning qiynalishlari(aslida uyda ota onam oliy ma'lumotli bo'lmaganlari uchun abiturientligim juda qiyinchilikda o'tgan.eh eslashni xohlamayman) Shu bilan 1 oy kursga qatnadimu o'z xohishim bn Hammasini yig'ishtrdim aslida men o'qishni yanayam qattiq o'qib Grandga kirishni xohlardim lekigin Otam juda qiynalayotganliklarini ko'rib hali tuzuk nafas olmay oy ketidan oy kelib kurs puli tolashlar xarajatlar xullas men TO'XTADIM... 2018-yilda tayyorlanmadim hisob.2019-yilda esa dadamning agar sen institutga topshirmasang men sendan rozi bo'mayman deganlari uchun eng oxrgi qabul kuni borib Navbat kutiwlar bilan Filologiya hujjatlarimni topshirdim.va men uyda atigi 20 kunda O'zim o'qib tayyorlanib tanlagan har uchchala Universitetimga ham Grand bilan o'qishga kirdim.
Nafisa, filologiyada o'qir ekansiz sizdan bir iltimosim bor edi. Iltimos, kasbimizni va tilimizni hurmat qilaylik. Imloga amal qiling. Siz-u biz amal qilmay turib boshqalardan buni talab qilish noo'rin.
O'tkan yil judda zo'r bo'lgandi hayojonda hamma bu yil zerkarliy va ayanchliy
КАЙИМОВ САМАД
Assalomu alaykum men ham abiturentman.Agar hozir pandemiya sharoiti bolmaganida bizni ham test topshiradigan kunimiz aniq bòlgan bòlardi.Hozir bularni òqib 1-avgust hayajonini his qilgandek bòldim.Inshoolloh biz abiturentlar ham talabalik baxtiga muyassar bòlaylik🤲🤲
А.Р
Салом, Хушнудбек почтангизга хат юборгандим, шунга имкони булса жавоб берсайиз
2011 да 2 августта булодию
КАЙИМОВ САМАД
medic
Xammaga salom abiturentlar bormi
Ha bor
𝓗𝓪𝓶𝓲𝓭𝓸𝓿𝓪
Men 8 yildan beri 1 avgust bilan uchrashardim. Shijoatim kuchli maqsadim aniq bo'lsa ham Talabalik nasib qilmasdi😔 keyin texnikumga topshirib kirib ketdim. 1 kursni deyarli unutilmas hotiralar bn tamomladim🙃 hozir mazza qilib karantinda kanikuldaman😉😅
1 avgust 201. Yil Samarqand kvartira 10 tacha bola ikkita printer va okkita noutbuk matem o'qituvchim va men .Tinimsiz kelayotgan savollar kitobi.Natija keyingi yil kurs puli tekin va ikkita yaxshi kitob.
1 avgust 201. Yil.Toshkent o'zim va do'stim uchun .Natija ikkita kontrakt va 4 yillik pul topish kkligi haqida o'ylar.
1 avgust 201. Yil.Toshkent.Tatu bir bola va dekanni qizi (ismlari esimda yuq).Bola yiqilibdi qiz kiribdi.Kontrakt puli va bitta samsung g1 telefon.
1 avgust 201. Toshkent .Sharqshunoslik .Surxandaryolik bola . Natija mirobod rovd mamuriy kodeks 10 oklad.
Ana shunaqa xotiralar (bilaman bu ishlarim xato edi)
🌸Durdona Abduqaxxorova🌸
Hech qanday hayajonlarsiz 2019 yil testga kirganman va tarix atalmish kuchli raqib tufayli 2 blok testdan 10 donasiga javob berolgandim. Qanday og'ir. Lekin hozir Allohga shukur 2kurs talabasi bóldim. Qonuniy ravishda SUPERKONTRAKT 😁tólab bergan OTA OANAMGA ming rahmat.
Assalomu alaykum hammaga! 1-avgust haqida gap borar ekan sizlar bilan qiziq faktlarni bo‘lishmoqchiman. Yurtimizda birinchi bo‘lib test sinovlari 1992-yilda joriy qilindi. Men ana shu yili Sam.DU.ga kirdim. Ishonsangiz test nima ekanini imtihon kuni bilganman.(nazoratchilar tushintirganda). O‘sha paytda maktabda olgan bilimim bilan 100talaba orasida 4-bo‘lib o‘qishga o‘tdim. Repetetorga bormaganman. Repetetorlik o‘sha paytdan keyin shakllana boshladi. Hammasidan qiziq tomoni har bir blokda 50tadan savol bo‘lgan. Undan ham qizig'i tabiiy fanlarni1-blogida 3ta fandan savollar bo‘lgan. Matematika 2-blogim edi. Matematikani100% ishlaganman. Hozir repetetor ko‘rmagan abituriyent matematikadan 10ta ham misol ishlolmaydi.Yoki noto‘g'ri aytayapmanmi. To‘g'ri oxirgi 10-15-yilda testga ko‘p korrupsiya aralashgandir, lekin bilimi kuchli bollarga bemalol o‘qishga o‘tishiga imkoniyat yaratildi. Agar eskicha tizim bo‘lganda(yozma ish yoki og'zaki) bizda kambag'alni bolasiga o‘qishiga umuman imkon bo‘lmasdi. 100%Korrupsiya bo‘lardi. Agar ana shu test tizimini O‘zbekistonga joriy etishni kim taklif qilgan bo‘lsa ham u kishi Vatanimiz uchun ulkan ishni qilgan ekan. Ilohim test bundan keyingi avlodni bilimlilarini saralab olishga yaxshi imtihon vositasi bo‘lib qolsin. Testni javobi oldindan hech qachon sotilmasin. Agar ana shu saralashda faqat bilimlilarni o‘qishga o‘tishiga imkoniyat yaratilsa ana shu bilimli yoshlar O‘zbekistonimizni rivojlantiradi.
Gulchehraxon Toshmatova
xayajonli kun. bu yi 4 marta topwiryapman. ozimga ozim omad tilayman. omadga iwonib topwirganlarga omad.
SaRVaR
2016-yil òqiwga kirganlar bormi mandatni òziyam 20 kun kutganmiz😁
ha yana kamiga uydagilarni 4ta telefonlaridan kod jo'natganman uselldan keyin kechasi o'qituvchim kirolmabsan deb javobini bilib bergandilar. Ertalab esa uselldan 4ta "xushxabar" kelgan tavsiya etilmadingiz deb va 1 oylik motamga xush kelibsiz tabrigiday tuyulgandi o'sha yil
Сυмπατυчни ‎
Bargida Rustamovna
Ilohim kirib ketin siz un duo qilaman
Olloh rozi busin sizdan agar kirib ketsam qani xaqla xizmatim tegib qolar edmi
Ха бу кунни интиклик бн хаяжонда кутардим 2004йилда илк бор университетга топширдим шунча вактдан бери орада топширмадим узилишлар булди турмушга чикдим 2та фарзандли булиб уган 2019йили илк бор уз кучим билимим бн талаба булдим ёшликдаги билимларимни 1йил ичида такрорлаб ванихоят укишга кирдим ахийри муродимга етдим лекин бунга эришиш осон булмади хам давлат ишида ишлардим хам фарзандлар уй рузгор репититорга борардим хуллас хаммаси ортда колди ва бунинг учун ота онам ва якинларимдан миннадорман.
5 yil odin wu kuni imtixon topwirgandik. hamma yoqda rektrskiy gruppalar. wunda ham kantraktga ohirgi b6p ilingandim. guruhda 20 ta talabadan 18 ta si pul bn kirgabdi eng ohirgi 2 ta miz 6z kucimiz bn kirgandik. 6qiw jarayonida ham ikkalamiz faqat 5 ga yopdik. 1 6rindan budjetga kirgan kursdowimiz fanlarni yopolmay kursdan qop ketgandi. wunaqa gaplar
medic
КАЙИМОВ САМАД
Ha bor
Yo'ge abiturentmsz men xam wu
с_вахобович
2017-yil Ko’plab o’zbek yoshlari singari talaba bo’lish nasib qildi.Abituriyentlik davrini ham,1-avgustni ham talabalikni ham o’ziga xos hisiyotlari bor.1-avgust kuni imtihonni topshirib bo’lib kechasi bilan tahlil qilganman.Imtihonni javobi chiqqandan so’ng,talaba bo’lish nasib qilgani eshitgandagi hissiyotlarni tasvirlab berishni iloji yo’q.1-avgust butun O’zbekiston aholisi uchun alohida kun bo’lib qolgan.
КАЙИМОВ САМАД
medic
Yo'ge abiturentmsz men xam wu
Ha abiturentman
Assalomu aleykum, Avgust oyini o'rni boshqacha oylar ichida, esimda 2018-yil 2-avgust da imtixon bo'lgan, yangicha yo'nalishda testla oson, yangicha maydonlarda shaffof bolgan va talabalik baxtiga erishganman Alhamdulillah, talabalik baxti bilan xotiramga muxrlangan bu oy
Show next 100 comments