Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
2008 дан то 2014 гача абитуриент булганман. Шу санани киролмаган пайтларим кутар эдим, хаммаси хамон эсимда. Кечалари тонгда уклаб колмаслик учун укламасдим. Ажойиб дамларни эслатганингизга Рахмат. Коракалпогистондан Женисбек
òtgan yili imtihondan bir kun oldin mavzularni bir takrorlab chiqmoqchidim, lekin hichnarsa esimga kemaganidi, òshanda xotiram pasayib kettimi deb qòrqib ketganidim😂😂
2018-yilda 3-marta "Yiqilgan kurashga to'ymas" deb qattiq tayyorgarlik ko'rib imtixonga kirdim va talabalik baxtiga muyassar bo'ldim☺. Shu kommentimni o'qib havas qilgan abituriyentlarga o'qishga kirib olish nasib qilsin. Omad tilayman 😘
Xushnud aka sal adashdiz. Aniq esimda yo‘g‘u 2013 yoki 2014 yili imtihon 2 avgust kuni o‘tkazilgandi
Esimda imtixonga kirib öz kuchim bn eplaganimcha yechganman testlarni. Atrofimda köpchilik telefondan foydalanib test yechganiga rosa yiğlagim kegandi. 126 bal bilan kira olmaganman. Shu yillari korrupsiya juda kuchli bölgan va ballar baland bölgan. Keyingi yillarda tanishlarim 80-90 bal bilan ham öqishga kirib ketishgan. Ancha yillik tanaffusdan keyin yana omadimni sinab körmoqchiman bu yil. Özimga omad tilab qolaman 💪
Assalomu alaykum yurtdoshlar.
1-avgust doim esimda turadi
Allohga shukur talabaman yurtimizda katta islohatlar bõlib ikki yildan beri test tizimi shaffof bõlyapti.2019-yili Talabalik Nasib qildi inshaaloh 2-kursga õtaman.
Assalomu alaykum hamma oqishga kirish istagidagilar uchun bir olam hayajon beradigan kun 1-avgust shaxsan men naqd 3marta 1-avgust hayajonini boshimdan kechirganman 😂😉
Сυмπατυчни ‎
Bargida Rustamovna
Eski Towmi stom inatta 2ci kursman manam kecro krdim 3ci yil
Sabrizga qoyil men 1 uruniwda yoq negadur sinib qoldim
Online
Бугун уша вахший ва куркинчли 1-август бу кун мениг хаётимда хам кариб турт йил алохида уз урни бор сабаби уч йил 1-август билан келиша олмаганмиз ва нихоят туртинчи йил биз кадирдондусларга айланганмис Давлат гранти асосида талаба булганман Оллохга шукур
Bek .uz 771- 07-07 %
Xushunutbek aka oila bo'yicha savol bersam bo'ladimi rossa zarur
Zulfiya Isaxonova
Qancha o'yinlar bo'lmasin yoki pul bilan gaplashganlar bo'lishiga qaramasdan chin yurakdan o'qib kiraman degan abiturientga hech nima to'sqinlik qilolmagan deb o'ylayman.
medic
КАЙИМОВ САМАД
Ha abiturentman
Xm yaxwida nima bosayam omadizi bersn ilohm o'qiwlarga kirb keting inwolloh
Assalomu aleykum. Xotiralarni o'qib men ham testga kirgan kunim esimga tushdi. 2018-yil talaba bo'lganman. Negadir men o'zimni va tengdoshlarimni omadlilar deb hisoblayman. Chunki o'sha yildan boshlab shaffoflik ancha ta'minlandi, testlarni katta pavilyonlarda o'tkazish,savollarni osonlashtirish,eng muhimi,test natijasini ertasi kuni e'lon qilish yo'lga qo'yildi.10-avgust kuni testga kirganman. Hayajon bo'lmagan desam ham bo'ladi. Kechasiyam mazza qilib uxlaganman😜. Ertalab butun oila a'zolarim bilan testga borganmiz😂 2 ta akam kontraktda o'qiganligi sababli otam onam byudjetga kirishimni judayam xohlashgan. Test savollari judaboson bo'lgan desam ham bo'ladi(albatta yaxshi tayyorgarlik ko'rganlar uchun). 3 soat vaqt berilgan,1 yarim soatda barcha savollarni yechib ayam nega darrov chiqding deb urishmasinlar deb testdan chiqmay o'tirganman🤣 Barcha savollarni yodlab chiqqanman. Ertasi kuni javoblar e'lon qilinguncha hamma savollarni tekshirib necha ball olishimniyam taxmin qilib otirganman faqat kontrakt yoki grant bo'lishim aniq emas edi.Javoblarni dadam 1-bo'lib aytganlar(yig'lab tel qilganlari haliyam esimda) ehhhh... Urganch davlat universiteti...inyaz...173ball...byudjet... Allohga ming shukur!😊
Men 2015-yili 1-avgust imtixonga bordim testlarni ishlab chiqdim. Taxminan 16 kunlarda javobi chiqdi bilay desam institut b.n uyimiz orasidagi masofa uzoq (100km) sms orqali esa ucell sim kartam yoq edi. O'zim esa ishlar b.n bo'lib yuraveribman. Hamma natijalarni bilib o'qishga kirganlar rosa ziyofatlar tashkilllashtirishgan hamma so'raydi seni o'qishing nima bo'ldi deb men esa ularga hali bilganim yo'q desam ular o'qishga kirmagan bo'lgandan keyin shunaqa deb aytasanda deb qo'yaqolishardi. Kunlarni birida institutga borgan eng yaqin qarindoshim dtm raqamizni ayting deb tel qildi keyin aytdim u esa talaba bo'libsiz dedi. Buni eshitib xursand bo'ldim. Kech bo'lsada eshitdim talaba bo'lganimni xursandchiligimni bir yaqin sinfdoshim b.n bo'lishay desam ishonmadi. Boshqa sinfdoshlarimni chaqirib uyda o'qishga o'tibman deb xursandchiligimga sherik bo'lishlari u.n osh qilib chaqirdim baribir ishonishmadi... Lekin men imtihon javobini kech bilsamda talaba ekanligimdan xursand edim. Hamma narsa vaqtida farz deb bekorga aytishmagan ekan bizni dono xalqimiz.
2014-yil 1-avgust imtihon. Adashmasam 16-avgust talaba bo'ldim. 172,2 ball bilan kantrakt😢. Judayam xursand bo'ldim. Lekin yelkaga judayam katta ma'suliyat tushgandan keyin xursandchilik 2 kunga ham bormagan. 5 million 50 ming edi kantrakt ushanda. 2020 avgust. Yana yelkada katta ma'suliyat. Chunki endi o'zimmi o'quvchilarim abituriyent. O'zim imtihonga kirganimda ham bunchalik yelkada og'ir yuk bo'lmagandi
КАЙИМОВ САМАД
medic
Xm yaxwida nima bosayam omadizi bersn ilohm o'qiwlarga kirb keting inwolloh
Inshoolloh aytganiz kelsin sizga ham omad
Show next 100 comments