Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
medic
КАЙИМОВ САМАД
Ha abiturentman
Xm yaxwida nima bosayam omadizi bersn ilohm o'qiwlarga kirb keting inwolloh
Assalomu aleykum. Xotiralarni o'qib men ham testga kirgan kunim esimga tushdi. 2018-yil talaba bo'lganman. Negadir men o'zimni va tengdoshlarimni omadlilar deb hisoblayman. Chunki o'sha yildan boshlab shaffoflik ancha ta'minlandi, testlarni katta pavilyonlarda o'tkazish,savollarni osonlashtirish,eng muhimi,test natijasini ertasi kuni e'lon qilish yo'lga qo'yildi.10-avgust kuni testga kirganman. Hayajon bo'lmagan desam ham bo'ladi. Kechasiyam mazza qilib uxlaganman😜. Ertalab butun oila a'zolarim bilan testga borganmiz😂 2 ta akam kontraktda o'qiganligi sababli otam onam byudjetga kirishimni judayam xohlashgan. Test savollari judaboson bo'lgan desam ham bo'ladi(albatta yaxshi tayyorgarlik ko'rganlar uchun). 3 soat vaqt berilgan,1 yarim soatda barcha savollarni yechib ayam nega darrov chiqding deb urishmasinlar deb testdan chiqmay o'tirganman🤣 Barcha savollarni yodlab chiqqanman. Ertasi kuni javoblar e'lon qilinguncha hamma savollarni tekshirib necha ball olishimniyam taxmin qilib otirganman faqat kontrakt yoki grant bo'lishim aniq emas edi.Javoblarni dadam 1-bo'lib aytganlar(yig'lab tel qilganlari haliyam esimda) ehhhh... Urganch davlat universiteti...inyaz...173ball...byudjet... Allohga ming shukur!😊
Men 2015-yili 1-avgust imtixonga bordim testlarni ishlab chiqdim. Taxminan 16 kunlarda javobi chiqdi bilay desam institut b.n uyimiz orasidagi masofa uzoq (100km) sms orqali esa ucell sim kartam yoq edi. O'zim esa ishlar b.n bo'lib yuraveribman. Hamma natijalarni bilib o'qishga kirganlar rosa ziyofatlar tashkilllashtirishgan hamma so'raydi seni o'qishing nima bo'ldi deb men esa ularga hali bilganim yo'q desam ular o'qishga kirmagan bo'lgandan keyin shunaqa deb aytasanda deb qo'yaqolishardi. Kunlarni birida institutga borgan eng yaqin qarindoshim dtm raqamizni ayting deb tel qildi keyin aytdim u esa talaba bo'libsiz dedi. Buni eshitib xursand bo'ldim. Kech bo'lsada eshitdim talaba bo'lganimni xursandchiligimni bir yaqin sinfdoshim b.n bo'lishay desam ishonmadi. Boshqa sinfdoshlarimni chaqirib uyda o'qishga o'tibman deb xursandchiligimga sherik bo'lishlari u.n osh qilib chaqirdim baribir ishonishmadi... Lekin men imtihon javobini kech bilsamda talaba ekanligimdan xursand edim. Hamma narsa vaqtida farz deb bekorga aytishmagan ekan bizni dono xalqimiz.
2014-yil 1-avgust imtihon. Adashmasam 16-avgust talaba bo'ldim. 172,2 ball bilan kantrakt😢. Judayam xursand bo'ldim. Lekin yelkaga judayam katta ma'suliyat tushgandan keyin xursandchilik 2 kunga ham bormagan. 5 million 50 ming edi kantrakt ushanda. 2020 avgust. Yana yelkada katta ma'suliyat. Chunki endi o'zimmi o'quvchilarim abituriyent. O'zim imtihonga kirganimda ham bunchalik yelkada og'ir yuk bo'lmagandi
КАЙИМОВ САМАД
medic
Xm yaxwida nima bosayam omadizi bersn ilohm o'qiwlarga kirb keting inwolloh
Inshoolloh aytganiz kelsin sizga ham omad
Ha bizani davrda virus sababli na bitiruv oqshomi bòldi hatto imtixonlar ham òz vaqtida bòlmadi bundan keyin hammasi òz òrniga tushib ketsin barcha abuttentlarga omad tilayman
2yil kirolmagan yillarim imtihonda go'yoki vaqt yetmasdi 2017-yil 1-avgustdagi imtihonda negadir 10:30da testlarni yechib kongil toq otiraverganman 🤗
Bunyod
Xavsizi shu: vaziyat barqarorlanishini kutishda
Vaziyat yaqin 2 yil ichida o'zgarmaydi . Virusni davolaydigan haqiqiy dori topilmaguncha hech qanaqasiga avvalgi hayot tarziga qaytib bo'lmaydi endi.
2019-yili yurak to'la ishtiyoq bilan testga kirdim va GRANT asosida o'qishga qabul qilindim😀😀😀hamma abiturentlarga shu baxt nasib qilsin ilohim🤩🤩🤩
2012-yil adashmasam 2-avgustda bulgan test
Asqarova Jamila
2003 йил 1август. Худди кечагидай эсимда. Эрталаб ёмғир шаррос қуйиб ўтган. Салқин. Сувнинг ҳам кераги бўлмаган. Ҳаяжон ва ишонч билан тестни ечиб чиққанман. Бюджет. Бу кунни унутолмайман.
102- Maktab. O'.IBDO'. D. Pardayeva
Мен 2001 йилдан 2011 йилгача абитуринт бу́лганман хар 1- августда мен ун у́та у́та хаяжонли ва омадсиз у́тган 2011 йил омадим чопиб КДУ талабаси бу́лганман.
Show next 100 comments