Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Adashmasam 2011-yil imtixon 2-avgust kuni bo'lgandi...
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, hammaga sabr tiliman, oʻzimga ham 😉, bu yili hammamizga talabalik bahori nasib etsin.
Sherali Rahmatov
Ollohga shukur biz 1-avgustda emas, 2011-yilda ma'lum sabablarga ko'ra 2-avgustda imtihon topshirib talabalik baxtiga erishgan edik!!!
Assalomu alaykum hammaga avvalam bor bu kun butun O'zbekiston abituriyentlari uchun uzoq kutilgan yorqin lagzalarga boy onlarda biri hisoblanardi amma afsus va nadomatila shuni aytishimiz joyizki shu bitagina miti virus sabab butun dunyo faqat uyda otirishga mahkum qilindi shu bitta jajji virus sabab insoniyatning yashas tizilgili oz oqidan chiqib ketgandek goyo lekin hamma narsaga sabr qiliwimiz lozim hudo hohlasa albatda bu kunlardan albatda otib olamiz shunda hamma abituriyentlar albatda imtihon topshirib albatda talabalik nomiga muyasar bolishadi hammaga omad tilayman sog va salomat bolinglar
Baxtiyor ONA
maniyam duo qilin
Xammmmaaa abituriyentla orzusidigi oliygoh talabasi boliw nasib qilsin🙂
Xushnudbek abituriyentlarni qalbini zabt etdi🤩. Shuning uchun bòlsa kerak har yili obunachilar soni 100 minga kòpaymoqda. Xushnudbekni abituriyentlar kòtardi😅. Xazil albatta
DuDu
Albatta
Ha da imtihonni alo baholarga topshiring nasib
Zarari yo‘q xudo xoxlasa bu kunlaram o‘tib ketadi asosiysi sabr hamma abitiriyentlarga omad Budjet sar olg‘a.....
Anora
2018 yil avgust men uchun unutilmas bo‘lgan 2 avgust imtihon 3 avgust javobi chiqqandi GRANT so‘zini ko‘rib rosa yig‘lagandim xursandligimdan o‘sha yilgi imtihonlar zo‘r bo‘lgandi abituriyentlar ko‘p kutmagandi javob chiqishini
Bugun qaysidir kanalda "1-avgust" nomli oʻzimizning kinoni koʻrib toʻgʻrisi etim jimirlab ketdi. Undagi voqealar bundan 14 yil oldin TDYI da oʻtkazilgan test jayonlarini eslatib yubordi. Oʻshanda aniq esimda bitta abituriyentni organ xodimlari (adasmasam snb edi) olib chiqib ketib, yarim soatdan keyin qaytarib olib kelgandi. Imtihon tugagandan keyin shu bola men oʻqishga kirdim deb baqirgandi. Oʻshanda oʻtish bali 186,6 edi. Men esa 176 bal toʻplagan edim. Shundan keyin oʻqishga boʻlgan qiziqishim yoʻqolib boshqa topshirmagan edim. Endi bilsam bekor qilgan ekanman. Mana endi oradan 14 yilni oʻtkazib yubordim.
Hozir yoshim 20 da. 4yil avval 16 yoshligimda "talkash" bólib vaziyatni óz kózim bilan kórgandim. Óshanda men ham 3 yildan keyin shu axvolda test toshiramanmi deb bu tizimdan nafratlanib ketgandim. Yaxshiyamki bizning davrga(ótgn yili) ga kelib vaziyat butunlay ózgardi. Xudoga shukur 3 ta universitetg kirish nasib qildi.
O'sha davrlar zo'r edi.
Erkinlik hamma o'zi bilgan ishni qilar edi.(qonun doirasida)
Repititorlik qilaman har yili shu kuni uquvchilarimga omad tilab duoda bulaman. Qilgan mehnatlarimizni yuzumiz yorug bulishini juda katta hayajon bilan kutar edim natijalarini.
Assalomu alaykum Xushnud aka adashib gapirib yubordiz shekilli yaramas pandemiya u bu deb hammasi OLLOHdan shukur qilishimiz kerak biz bandalar,shundoģam bu ofatlar insonlarning gunohi uchundir(vallohu a'lam).Man bu gapni kimnidur pastga urish uchun aytmadim tòģri tushunasiz degan umiddaman😊
Dilfuza
2018-йил 4-августда имтихонга кирганман. Олдинги 2 марта омадсиз келган 1-августни эслагим келмияпти 😊😊😊😊
Hamma abiturentlarga TALABA bolish baxti nasib qilsin ilohim
Малохат
2019 йил мен учун жуда омадли булган Эди чунки укишга кирдим насиб килса бу кунлар хам утиб кетар
2018-yil 4-avgust menuchun orzularimdan biri yani o'qishga kirgandim ollogha shukur.
Show next 100 comments