Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum.
Bugun ertalab soat 8da budunligim chalindi bu odatdagi meni uyg'otish uchun chalingan budunlik emas edi. Bu-- o'tgan yili sentabrda bugungi hayajonli kunni eslatish uchun ( garchi bir on hayolimdan chiqmagan bo'lsa ham) qo'yilgan budunlik edi. Uni hayjondan qo'llarim qaltirab- qaltirab o'chirishni kutgan edim ammo afsuski bugun uni hayajonlarsiz hafsalasiz ta'asuflar bilan o'chirdim. Shu budunlik chalinishini 11oy kutdim. Ho'sh endi nima qilay qachonga budunlikka qo'yay kim biladi kim javob bera oladi... Hech kim Achinarlisi 15kundan keyin mandatni eslatuvchi budunlik chalinadi noumit shayton uni o'chirmadim garchi mandatni bo'lmasada testni eslatar, aqalli, test haqida biror habarni eslatar... Har ishda Allohning bir hayri bor deyishadi balki hammasi yaxshilikkadir... Ammo intiq kutilgan bu sana, 1-avgust 25-may kabi armon bo'lib yodimizda qolayotgani afsuslanarli.Barcha abutrentlarga Ulkaan sabr va sabri uchun Allohdan ulkaan Ajr tilab qolaman. Eng yaxshilariga erishish nasib qilsin hammamizga ilohim🤲🤲🤲
Men 2007 yili tayyorlanib NDPI(Nukus)Chet tillar fakultetiga kontrakt asosida qabul qilindim.11 sinfni bitirib birinchi yili talabalik baxtiga muyassar bõlganman Ollohimga ming shukur!Lekin u paytlarda kõpchilik mullajiring bn õqishga kirdi.Buni kursdoshlarim aytgan.Men bazõr kontraktga ilib qoldim.Korrupsiyaga barham berilsa yurtimiz kelajagi uchun judayam samarali natija berardi.Hozir ham bu holat kuzatilyabdi.õrgangan kõngil õrtansa bõlmas deganidek hoziram yeb tõymas kalamushlar bor jamiyatimizda afsuski
Assalomu alekum aziz hamyurtlar .Men ham o'tgan yili imtihon topshirgandim ammo yiqildim .Bu yil esa xudo xoxlasa talaba bo'laman deb 1 avgustni bir yildan beri kutaman .Ammo 1 avgust ham keldi Imtihondan esa darak yo'q .Xudodan zhuni so'raymanki barchamizga bu yil 2020 yil talaba bo'lish nasib etsin.
Адашдингиз 2 чи марта тест ўтмади, олдин хайит байрами тўғри келган йили хам бўмаганди
Mahliyo Qahhorovna
Men14 yil avvalgi 1-avgust kunini boshqacha zavq bilan eslayman imtixon topshiradigan kunimiz 30 ta bo'lajak talabar ichida faqat men bitta qiz bola edim.Hamma qarab teskari qarab turinglar deb kankulyatorni olib olganmanda yarim soatda ishlab bo'lib yana 2 ta yonimdagini o'gil bolanikini ham ishlab befganman.Javob chiqqandan kiyen uchalamiz ham kontrakt bo'lganmiz mazza qilib 4 yil kursdosh bo'lib o'qiganmiz.Xar yili 1-avgusni MOSHINASIZ YURISH KUN deb ham atasa bo'lardi...
Assalomu alaykum hammaga commentlarga gap iltimos davom etaveringlar man abituruyentman xudo hohlasa TATU talabasi desayam boladi😊 shunga iltimosim orangizda TATU talabalari bolsa shu universitet haqida biroz gapirib bersangizlar degandim hammaga omad xudo hohlasa balki bizlarga avvalgi yilgi abituriyentlarnikidan ham zo'rini atagandir!
2011 йил ҳам имтихонлар 2 августда бўлганди
Эссиз булажак студентларни умиди суниш арафасида 😌
Dilfuza
Бу йилги абитурентларга омад. Тинч кунларга эсон омон йитиб олиб хаяжонли имтихон кунларини тезрок утказишсин. Имтихонни кутавериб чарчашди. Талаба булиш бахти барча абитурентларга насиб этсин. 😘😘😘😘
Nurbek Mamarasulov
Salom Xushnudbek yaxshimisiz sizni kanalingizni 2yildan buyon kuzatib boraman gap yo'q obunachilar soni 300.000 yaqinlashdi abiturent va talabalar 1000% sizni kuzatadi obunachilar 300.000 buganda sharoit bo'lsa 300.000dan tarqataman deganmidiz😀 charchamang tez-tez kurinib turing sog' bo'ling
Oldinlari 1-avgustda hozirgi karantin singari hamma yollar yopilgan bolardi yol kira narxlari 2 yo 3 barobar ortib ketardi.
Lekin aksariyat abituriyentlar talaba bolish istagida saharlab shoshilganicha "ozlarini variantlarini" oldiga borib, keyin zorga 8:30 va 9:00 oraligida imtihonga yetib kelishardi.
Oxirgi yillardagi 1-avgustlar ajoyib bolgandi baribir🤓🤓🤓🤓🤓
Bintu SOHIB
Barcha talaba bolish niyatida astoydil tayyorgarlik qilganlarga, Alloh madadkor bo'lsin. 1- avgustni men ham hayajon tola qalbim bn ezlayman va Allohga shukrki, bu hayajon bejizgamasdi, talabalik bizga ham nasib etgandi bundan 5 yil muqaddam...
Dilfuza
Куркувлар кучайиб кетмокдаа
Албатта куркув хам булади чунки хохлаган пайтда имтихон булиши хеч гап эмас
Bugun 1-avgust imtihonsiz o‘tdi bundan avvalgi 2002 dan 2015 yillarda "eng gullagan davrlar" edi.Biz ana shu qiyin davrlarda o‘z bilimimiz bilan o‘qishga kirgandik.Endi o‘zim usozman o'quvchilaro'quvchilarimga omad tilayman
Assalom alekum haqiqatdan judayam ajoyiiib boldi bugun 1avgust shirin va achchiq xotiralarni eslatdi menga 1yil topshirib kirolmaganimni va 2-yil kirib xursan bolganimni 😀😀😀😀
Show next 100 comments