Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Vapshe malades😉😉🤦‍♂️
Сохиба Абдувалиевна
Yaramizni yangilayapsizlarda bizga alam qilyapti imtihonga ham kirish nasib qilmayapti tayyorgarlik ham sustlawdi uje qandaydir ruhiyatga yomon tasir qilyapti😐
1~ avgust juda hayajonli kunlar edi
nasib bo‘lsa yaxshi kunlar oldinda abituriyentlarga omad o‘qiyveringlar halisizla kutgan kunlar keladi
Normatov Erkin
Qaysidir yili test 1-avgustda emas,2- avgustdda bo'lgandi
1 avgust! Bu kun 3 yil imtihon topshirganman,allohga shukurki talaba bolmaganman,undan keyin yana 2 marta imtihon topshirdim,shurki hozir grant talabasiman
1-avgust yurakka tushgan kun ediku
........
Bu kunni hech qachon unutmayman,1emas naqd 7marta aynan shu kuni test topshirib kira olmaganman,bu kunni juda katta xayajon bilan kutardim.Allogha shukur yangi qonun chiqib,Maxsus sirtqiga o'qishga imtixonsiz kirib ketdim.Tezroq pandemiya tugab,avvalgi xayotimizga qaytaylik!Xushnudbek sizni doimiy kuzatuvchingizman,ishlaringizga omad!
Sunnatilla Raxmonov
Biz 2011 yilda 2 avgustda test topshirib o"qishga kirganmiza... Demak bu birinchisimas.
Ha mani esimda 2-avgustga ko‘chirildi imtihonlar degan xabarni Toshkentga borayotib yo‘lda dugonalarimdan eshitganman juda hayratlangandim va o‘zimcha bu gal tayyorlanganlarga foyda bo‘ladi o‘qiganlar kiradi deb o‘ylagandim afsuuus chuchvarani xom sanabman... Toshkentda Qarshidan battar ekan ochiqchasiga shpargalkadan telfondan foydalanishga ruxsat berishgan va ataganlaringni tashlab ketinglar degan.... Eeehhhhh Qarshi Qarshiiiii!!! nomiga bulsa ham urshub turishardi kuzatuvchi o‘qitivchilar😁😁😁
2018 yil 1 avgustda topshirganman, shu yil kirganman TDYUga. O'tish bali 176 ball deb asoslanmagan ma'lumot chiqqani esimda, o'shanda bir o'lib tirilganman. O'tish balli aslida 162 bo'lgan😉
Adashmayapsizmi Men topshirgan yili 2 avgustda bo'lgan butun O'zbekistonda
Умиджон Абдуллоев
Ёпик факултетлар бошка эсимда йук
Xusrav
Imtihonlar qaysi oyda bo'lsa ham abituriyentlarga hayajonli kun bo'ladi.
Bu korona virusni umri qisqa chunki xitoyda chiqdimi xitoyni tovarlarini ham umri qisqaku🤗🤗 deb uzmni har doim quvontiraman
Падарига ланат коррупцияни. 5 йил киришга харакат килиб киролмаганман
Balki bizga chiroyli bitiruv kechasi yoki 1-avgust sanasi nasib etmagandur. Lekin bizga eng yaxshisi va a'losi nasib etadi Inshoolloh😊
Begzodjon
Э хуршидака жорий йилда барча абутирентларни хаммасини кантирак пулларини тўлатиб ўқишга қабул қилса хам бўлаверади. Чунки барибир калласига хеч балоси йўқ лекин пули борлар хам пулини тўлаб ўқишга киряптию. Довлат буджетига пул тушарди ва оддийроқ одамларга хам яхши бўларди. Вазирликка бир таклиф бериб кўринг зеро инобатга олса
XURSHIDBEK _ Far PI
1- avgust men uchun huddi hayotimning eng masuliyatli kuni edi. Xuddi shu kuni butun mehnatimni natijasini kórsatadigan kunim edi. Xattoku shu kuni kelishini soatlarigacha xisoblardim. 1-avgustga ótar kechasi kózga uyqu kelmasdi. Naqd 3-yil test topshirganim xaligacha esimdan ketmaydi. Shukur talabalik nasib qildi .
Show next 100 comments