Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Ortiqjon Baratov
Men ishonaman, bu kunlar yaqinda tugaydi va imtihonga albatta boraman.Nasib bo‘lsa!!!
Иншааллох имтихонга борамиз бюджетда ўқиймиз оллохшу кунларни насиб қилсин🤲🤲🤲🤲🤲
Assalomu alaykum. Otgan yili "1 avgust" kuni imtihon topshirmagan bólsam ham osha kuni sezganman imtihon yaqinligini . Alhamdulillah talaba ham boldim 1 chi yildan . baribir 1 avgust gashti bowqacha . Xudo xohlasa bu kunlarni ham kormaganday bolib ketamiz balki keyingi yil shu payt yozgan commentlarimiz ni kórib "1 avgust "deya eslab yurarmiz😉
Хушнудбек сизга каттакон рахмат.углим утган 2019йил укишга кирди Минск шахридаги политех.универ.пандемия сабабли энди укишини узгартирмокчимиз.маслахатиз кере
Xa, bu kun unitilmas hayajonli o'tadi xar bir abuterent uchun. Menda ham shunday bolgan. Doimo eslasam, tabassum bn xotirlayman. ToshMI ni bitirdim Ollohga shukur o'zim orzu qilgan mutaxassislikda oqidim Nevrologman. Xushnid aka esimda yoq yili siz bizni auditoriyamizda nazoratchi bolgan edingiz
Mdaaa 1-avgust. Qaysidir iflos, nomard, vijdonsiz, poraxo‘r, insofsiz amaldorlardan tortib mulozimlargacha "soqqa"ni bosadigan kun... Haqiqiy bilimi borlarni militsiya tintib tashlab, o'zini ismini to'g'ri yoza olmaydigan mansabdorlarning farzandlari o'qishga kiradigan kun...Bu gaplarni o‘rnini testda haqqoniylik talab qilib nazoratchi va boyvachchalardan "eplasang sen ham shunday qil" deb dakki eshitgan abituriyent biladi.
Bayram kunlari kalendarda qizil oddiy kunlar kuk yoki qora bulsa 1-avgust man uchun qop qoraaaa😁 kun 3 yil 2 ta fandan tayyorlanib 6 matta topshirdim (qolgan 3 yil faqat bahordan boshlaganman tayyorlanishini) korrupsya sabab kirolmadim o‘qishdan ko‘nglim ham qolib ketti... mana 5 yildan utti ishlyomman va o‘qiganlar qatori oylik olaman xudoga shukur... bazi deplomlilar ishga kirolmaganini eshtsam hozirgi ahvolimga shukur qilaman.... lekin baribir alfni kaltak deydigan oliy ma‘lumotlilarni ko‘rsam nafratlanaman go‘yoki mani o‘rnimga o‘qib chiqqandek ko‘rinaveradi ko‘zimga....
o‘tgan yil va shu yil test tizimida katta o‘zgarish bulldi bundan xursand bulasan kishi quvontirgani dokument topshirishdagi qulayliklar... avvalgilarni eslasam yuragim orqaga tortib ketadi.. DAXSHAAATning o‘zginasi edi...
utgan yil 1 ta fandan tayyorlanganlar ham kirib ketti uqishga bu yil ham uqiganlar albatta kiradi hammaga omad
Suxrob Hayitov
Adashmasam bu birinchi testsiz 1 abgust emas. 2013 yili ham testlar bir kunga kechiktirilgan edi
1 kunga kechiktirilibdiku bizni ahvolimizga qarang qanchaga kechiktirilganida bilmaymiz...
@Mahliyo Qurbonova.
Albatta, 1-avgust eng hayajonli kunlari edi abituriyentlar ning.
Assalomu alaykum 3-yil oldin imtixonda 1-avgust kuni qatnashgandim yaxshi bolgandi bu yil xursandchilik kam va ofat yili boldi
Kimga qanday bilmadim-u,lekin bu sanani go‘zal qilib turgan voqea test edi.
Ehh virus virus...
Abituriyentlarni qiynagan...
Ustozlarni asabini tirnagan...
Kimlargadur ozodalikni...
Kimlargadur oila qadrini...
Menga esa telegramda o‘tirishni o‘rgatgan o‘sha ablah virus 😐😀
Качан тест синовии бошланар еканн?
Tosheva Shahnoza 59- maktab
2007 yil1- avgust kun juda issiq imtihon hayajon shuncha tayyorgarlik kurdim kirarmikinman oʻqishga deb rosa oʻyladim.Oʻzimcha imtihonda asqotar deb bir narsalarni yozib oliib kirdim koshki nafi tekkan boʻlsa lekin nasib qilgan ekan oʻqishga kirdim.Va diplomli boʻldim.
Muhammadsardor
Inshiolloh bu kunlar o‘tadi ketadi,O‘zbekistonimiz hali kop gullab -yashnedi!!!
Inshiollh grart talabasi bo‘le😇😇😇
2013-yil O'zMU Biologiya fakulteti, imtihon Qoraqamishdagi bank kollejda bo'lgan men ichkariga kirib ketganimdan so'ng Dadam yon atrofdagi bo'layotgan voqealarni ko'rib, o'g'lim shuncha o'qisa ham kirolmasa kerak deb xafsalasi pir bo'lib o'tirgan ekan.
Diplomatiya borganman u yerda bir melisa meni tekshiruvdan otkazgandi... Shunda oyoq kiyimimdda jingillab qolsa boladimi... Anu Melissaga berdiyu hudo oyoq kiyimimni yechib shunaqa berilib tekshiryabdi men esa turnaga ohshab bir oyoqda turibman... Buklab ichiga qolini tiqti endi yirtmoqchidi.... Keyin kulvordim yonidagilar hayron... Boshqlar ham nima bolayotganiga qiziqib jinoyatchini ushlagandek meni ushlashdi ayt nimani yashiryabsan deb qolishdi.... Aka detektoriz patinkamni yonidagi temirga chalyabdi desam.... Yana ishonmidide...
Manzura Abdukarimova
2014 yil 1 avgustda imtixon topshirib talaba bo'lganman judayam xayajonli qo'qinchil imtixon bo'lgan😊😊😊😊😊
Habiba Sobirjonovna
Men birinchi avgustni eslasam kulgim keladi shu darajada sodda bolganimda test payti yonimdagi sherigim xushidan ketib qoldi shunda uni ingliz tilisini hammasini kochirib olganman hammaga Har xil variant tushganini bilmasdimda
Show next 100 comments