Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Nodirbek Egamberganov
2018-yil 1-topshirishimda 1-grantga kirganman med. institutga lechebniy fakultetga😉
Ex vaxtida kirvaganakanman
💪 💪. 🇸🇱🇸🇱🇸🇱 0777
Alhamdulilah men talaba buldim. Utgan yili davlat granti asosida uqishga qabul qilindim.lekin uqishdan yiqilish eng azobli ruhiyatni tushirib yuboradigan narsa ekan chunki 1 yil yiqilganman. Aniqrogi kantrakt bulgan. Nima bulgan taqdieda ham barcha abtureyntlarga Omad talaba bulish baxtiga erishsin .
Dilfuza
Ehh 1 avgust kunimi Hushnudbek aka hotiralarni uygotiib yubordizku abuturentlik davrni ham boshqacha zavqi bor aaa
S Rasulov
2011 йилда 2 августда булган тест биринчи марта эмас
Камалова Мухтасар
Салом Азиз юртдошлар ,мен 11синфни тамомлаб 3 йил (1997-1999й) тестга катнашганман лекин киромаганман. Лекин юракда болса 70ёшли кексалар хам хужжат топширмокдаку. Биринчи фарзандим 1-синфга кабул килингандан сунг мен хам яна бир бор ФарДуга хужатларими топшириб тестга катнашиб , талабалар сафига кушилганман. Оллохни карами кенг, Энди шу катта углим 11синфни тамомлади хужжатларини 5 та йуналишга онлайн топширдик. Барчага оллохдан омад , соглик - омонлик , тинчлик сореман . Бундай вазиятлар тезро бизи юртимиздан бутун дунёдан даф болсин, барча ёшларимиз узларини орзу умидларини руёбга оширсин
1 августни хеч ким унутмаса керак, сабаби деярли умрни режаси уша куни хал булади
Tugri 1 avgust yaxwi bayram bulardi kimlargadur kmlargadur alam... yana bir narsa Xushnid aka mayli bu mavzuga taluqlimasdur ln szga qattan boglaniwni bilmadim hozirgina yani bugun my5 telekanalida ochiqcha gaplawamiz kursatuvi koronavirus mavzusida buvotudi kursatuv davom etyotgan joyida muammolar ochiqcha aytilayotgan vaxtida srazi uzildi hindcha kino primyera quyvoriwdi... bizning davlatimzda qachon masmedia 4 hokimiyat darajasiga chiqadi wunga bogliq joyda iwlayapsz hozir mana men szni hurmat qlaman yoki tepada holat hanuz snb nazarotidaqa damlarmi
1 август 2000 йил талабалар шахарчаси ТДТУ .... 20 йил утди кетди бир пасда
Nurmuhammadjon
Assalomu alaykum 1 avgust kunini barcha talabalar unutmasa kerak òtgan yili men ham oliy òquv yurtiga kirish uchun harakat qilgandim ammo afsus hazir esa bu kunni yani intiqlik bilan kutyabman
Salom Xushnud aka mana sz jurnalist siz nega wunchalar karantin cho'zilib ketoryapti nega abiturientlarga aniq kun imtihon belgilanmayapti nega paysal qiliwyapti wu mavzuni ko'tarib chiqing.
Mrs Turg'unova
Ehhh 1 avgustta bizi davrda hamma bitta imtihon topshirib grantka kirgan kunim, eng baxtli kunlardan biri edi endi huvillagan kochamizga oxshab qoldi
🇺🇿MINGNOROV MUZAFFAR🇺🇿
Assalomu akaykum. Men uchun 1-avgust juda hayajonlanarli kun bo‘lgan. Chunki 4-yil ketma-ket yiqilganman. Prezidentimizning tashabbuslari bilan Termiz Davlat Universiteti Denov Filiali ochilishi munosabati bilan 2018-yil 1-fevral kuni talabalik baxtiga muyassar bo‘lganman. Hozirda 3-kursni tugatib 4-kursga o‘tdim.
2015-yil 1-avgustda jiqqa terga botib issiqda naqd 3,5 soat imtihon topshirganman. bitta partada o'tirgan sherigim yarim soatda zerikib chiqib ketgandi. bu kunlarni eslash ham maroqli
Xushnudbek aka bir iltimosim bor edi: magistratura imtihonlari qachon bo'ladi, ruxsatnomani qanday olamiz, testni qaysi platformada topshiramiz, imtihonni qaysi organ oladi (masalan, DTM oladi degan gaplarham bor) ? Umuman shu kabi savollarga qayerdan javob olsak bo'ladi. Oliy ta'lim vazirligi qo'ng'irog'imizga javob bermayapti. OTM rahbariyati aniq javob ayta olmayapti. Siz yordam berishingizga umid qilaman. Avvaldan rahmat.
1-avgust hayajonlar kuni
Mashhura
Assalom aleykum barchaga, biz test topshirgan yilda 15 kunlik imtihonlar boshlangandi, lekin baribir man 1-avgustga tushib qolibman, judayam hayajonli kun edi😄 grandni umid qilib, kontraktni boshida turish esa judayam 'umidli'😄😄
1 avgust probkalar kuni shpargalkalar kuni omadlilar va omadsizla kuni
Menda ham shunday bo‘lgan
Show next 100 comments