Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum hammaga xayrli kech!!! Biz ham bu kunni orziqib kutayotgan edik, lekin pandemiya hamma narsani oʻzgartirib yubordi.
Suxrob Hayitov
Mana masalan sizga jurnalist degan diplom kerak emas. Agar diplom olsayiz va uni ishlatsayiz katta ehtimol bilan yaxshi jurnalist boʻlolmaysiz. Bu gaplarim hozirgi holatdan xulosasidan kelib chiqib aytdim. Masalan sizda biror blogga oʻxshagan narsa bormi. Telegram kanalmi, facebookda faolmisiz. Umuman siz ancha oldindan boshlash imkoniz boʻlgan bu ishni.
Tg ga karantindagi majburiyatdan kirganman. Ijodimni e'lon qiladigan kanalim bor . Diplom esa menga kk u beradiga huquqlar kk menga ... Chunki hech kim havaskor jurnalist bilan hisoblashmaydi. Davlatimizni tomiridan yemirayotgan ba'zi ''kalamushlar'' bilan havaskor jurnalist raqobatbardosh bo'lolmaydi... Maqasadlarimga erishish uchun o'sha bir parcha qog'oz kk ekan u menda albatta bo'ladi... Va u nimagadir halal beradi deb o'ylamayman...
2017 yil 1-Avgust eng katta orzulardan biri ushalgan kun!
Бобоев Хамза
Ассалому алайкум ! 1-август Абитурент бир йил бир дунё орзулар билан кутадиган кун еди. Қўштирноқ ичидаги айрим кимсалар учун..........кун еди. Аллохга минг шукурлар бўлсинки муҳтарам президентимиз Шавкат Миромонивич ташаббуслари билан 2018 йилдан буёғига. Қўштирноқ ичидаги айрим кимсалар 1-августни кутмайдиган бўлишди. Чунки улар енди талаба бўлишига ишонмасди.😉
Хусан Баиров
Ассалому алейкум. 1 август имтихонларида 3-4 марта катнашганман. Ва нихоят 2010 йил 1 август кунги имтихон натижаси буйича контрактга укишга кирганман. ТВДПИ (Ангрен шахри)
Assalomu alaykum.. Bu yerda kopchilik oliy malumotlik va institutlarni bitirib boliwgan menimcha... Bizga oxwagan abituriyentlar esa yil boyi 1- avgustni kutganimiz kabi hamon imtihon kunlarini kutmoqdamiz... Tezroq karantin tugab imtihonalar ham otib ketganida edi. Yelkamizdagi ogr yuk va ichimizni kemirayotkan darddan qutulgan bolarmidik. Yana kim bilsin. Mayli bari yaxwilikka..
Otabek
Assalomu aleykum, Xushnubdek aka man uchun sizning o'zingizda shu 1-avgust qanday o'tganligi qiziq. Shu haqida batafsil aytib o'tsangiz
Otabek
Yaxwi niyat yarim davlat
Otabek
Man ko'ramagan ekanman
Shohida
2008-yil 1-avgust kuni men shpargalka bn imtihonga kirayotganimda qulga tushib qolib shpargalgamni oldirib quyib shpargalkasiz imtihonga kirib yiqilganman 2009-yil yaxshilab tayyorlanib 1-avgust kuni shpargalkasiz imtihonga kirib talaba bo'lganman uz bilim va kuchim bilan mana shunga ham 11 yil bo'libdi rosa hayajonlanganman osha kuni.hech qachon esimdan chiqmaydi hatto mayingina yomg'ir ham yog'ib o'tgandi xuddi bugungidek.
Zuxriddin Eshonkulov
1 avgustda test bo'lmasligi birinchi martta emas anniq esimda 2011 yil birinchi martta OTMga hujjat topshirganimda testlar 2 avgust kuni bo'lganidi, adashmasam HAYIT bayramiga to'g'ri kelib qolganidi
Адолатҳон Туҳтасинова
Беш,олти йил гох назоратчи,гох аудитория рахбари бўлиб,имтихонларда қатнашганман.У кунларни унутиб бўлмайди.Илохим эзгу ниятли инсонлар ниятига етсин.
Bu yilgi imtihonlar qachon bo'lar ekan. Bu yil bölishi aniqmikan özi. Katta ehtimol bilan sentyabr oyida bölishi mumkinmikan a?
Ulug'bek Bekmuradov
Bulajak talabalarga omad har kimga ham olloh chiroyli talabalikni nasib etsin
Муҳаммад Юсуф
Бу кунни "таъмини" тотиб кўрганлар билади қадрини а лаббай??
Show next 100 comments