Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Zuxriddin Eshonkulov
1 avgustda test bo'lmasligi birinchi martta emas anniq esimda 2011 yil birinchi martta OTMga hujjat topshirganimda testlar 2 avgust kuni bo'lganidi, adashmasam HAYIT bayramiga to'g'ri kelib qolganidi
Адолатҳон Туҳтасинова
Беш,олти йил гох назоратчи,гох аудитория рахбари бўлиб,имтихонларда қатнашганман.У кунларни унутиб бўлмайди.Илохим эзгу ниятли инсонлар ниятига етсин.
Bu yilgi imtihonlar qachon bo'lar ekan. Bu yil bölishi aniqmikan özi. Katta ehtimol bilan sentyabr oyida bölishi mumkinmikan a?
Ulug'bek Bekmuradov
Bulajak talabalarga omad har kimga ham olloh chiroyli talabalikni nasib etsin
Муҳаммад Юсуф
Бу кунни "таъмини" тотиб кўрганлар билади қадрини а лаббай??
BOTIR
🎀Happiness🎀
Inshaolloh aytganiz kesin
Курс ташкил килсез жон деб катнашардм. Айникса мотивация берадиган курс болса
Хусан Баиров
Хормангизлар, ТВДПИ ни битирганлар борми
Abbos
Maʼrifat gazetasidan chop etilgan imtihon savollari tushadi testlarda
Zuxriddin Eshonkulov
Abdujalol Erkinov
Ha lekin hozirgi holat juda boshqacha...
Ha hozirgi holat takrorlanmasligiga umid qilaman, bu pandemiya nafaqat qabul jarayonini, balki butun insoniyatni dunyoqarashini o'zgartirdi, bu meni shaxsiy fikrim
Ассалому алейкум.
Барчага Ийд Курбон Хайит муборак булсин.
Менимча пандемия шароитида айрим "тадбиркор"лар режаларини пухта ишлаб чикишаётган булса керак.
Лекин билимли абитуриентлар, узингизга ва Яраткан Аллохга ишонинг.
Бу йил албатта талаба буласиз ИншаАллох!!!
O'tgan yili shu kunda imtihon natijalarim ballarim chiqqan kun hech qachon yodimdan chiqmaydi 1-o'rinda grand asosida o'qishga kirdim alhamdulilloh bu yilgi abituriyentlarga sabr va omad tilayman🙃🙃
BOTIR
Курс ташкил килсез жон деб катнашардм. Айникса мотивация берадиган курс болса
Hudo hohlasa katta rejalar qilganman 5 yillik rejalarimni orzularimni yozdim albatta motivatsion treninglar dasturimda bor ☺
Shohida
Mashhura Vohidova
2007 yil 1 avgust. Yuridik institut imtihoni juda esdaqolarli bolgan. Test soat 2da boshlangan. Bir narsalar bopketgan
Ha shunaqa bulardi o'sha zamonda faqat shu instni imtihoni letseydagi kursdoshlarim topshirib yurishardi
Yiqilgan kurashga tuymas... aka pensya yoshigacha topshiravering biri bulmasa boshqasida kirarsiz... ketsa sizdab 111 500 ketibdidaaaa... tug‘ri arzimas pul demayman lekin har gal balki shu yil topshirsam kirarmidim degandan yahshidaaaa... Armon qolmasin yurakda... Omad..
Inshaalloh hammasi o'tib ketib tez kunlada hammasi yaxshi bo'ladi hozirda tuzalvotganlaga allohdan sabr shifo tilab qolaman
Yuldasheva Oyjamol.🌞Saidbek Nodirbek
Xar yili 1 avgust kuni yuragim bir siqilub ketadi.Ukam 3 yil Diplomatiyaga topshirgan xar safar testdan bilganlarim tushdi deb xursand bo'lib chiqardi,lekin 00,2 yoki 00,4 yetmay qolardi.O'sha payti xozirgi 5 ta o'qishni tanlash imkoni bo'lganda 3 yilini bekorga yo'qotmasdi.4-yil oilaviy unga yalinib Jahon tillariga topshirib grandga bitirib xozirda xalqaro toifadagi ingliz tili o'qituvchisi.ALHADULILLAH. Esimda rosa x-variantlardan pul qilishardi bir dugonamni gapiga kirib 1-avgust kuni tongi soat 4 da x-variant sotib ogani borganman.Sergilini bir burchagida garajni ichida kserakopiyadan chiqarib sotishgan.Palon pulga olib kelsam bir varaqlab qo'limga qaytarib bergan ukam manga kerakmas deb.Endi pulimni eslab ahvolimni tasavvur qilavering.
Show next 100 comments