Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Lobar Shukhratovna
Pandemiyani qarg'amang! Vabo Allohni askarlari. Ularniyam ozini vazifasi bor!
ha to‘g‘ri...
masalan o‘qish bilan bog‘liq... dokument topshirishlar online bo‘ldi virus bulmasa kim biladi yana necha yil oliygoh eshigida sarg‘ayardik xujjat topshirishga...
oldindan mavjud bulgan ammo deyarli ishlatilmaydigan online tulovlar ishlay boshladi..
Mehribon, savob talab insonlar ko‘paydi kimdir sahiylik qilsa, kimdir bundan foydalanib qoladi, boshqa kimdir noshkurlik qiladi... xullas kimni aslida kimligini bilish oson bub qoldi....
Men 2016 yıl o'qishga kirdim. O'z kuchim va o'z bilimim bilan davlat granti asosida. Meni fikrim pul bilan ham balki xal qilish mumkindir lekin bilim bilan ham xal qilish mumkin. Faqat insonda bilim olish yo'lida kuchli iroda bo'lsa bas. Mana bu yıl bittirdim.Xudo xohlasa magistratura ga ham topshirdim. Bunda ham o'z bilimimga ishonaman.
Аброр Болтаев
2008, 2009 йилларда роса х вариантла чикардида, тугри чикарди яна
Нишанова Д
1-avgust meni onajonimni tuģilgan kuni, men 3 yil bu bayram tatimagan😔😔😔. Lekin 08.08.2018 yilda talaba bòlish nasib qilgan 😊😊😊😊
O'tgan yili 1-avgustta test topshirganman. Va TATUga kontrakt asosida o'qishga qabul qilinganman. Bundan judayam xursandman 🙂. Hozir bo'lsa pochti 1 semestr uyda o'tib ketdi 😐
Ermatova Namuna Risqiboyevna
Menda bir savol bor .Xudhnutbek 2 mutsxasislikka xujjatlar qachon topshirilishi xaqida to‘liq ma‘lumot bersangiz.
Муҳаммад Юсуф
Абитуриентлар сизларга маслахатим, ўрганишдан эринманг. Кучингиз етганича хаммасини ўқинг. Бу ўқиш давомида ёрдам беради 100% кафолат.
Abdulaziz Akmalovich
Ex 1-avgust qanday yoqimli sana edi bundan 3 yil oldin xozir axamiyatsiz chunki talkashlarni yõlini yopib qõydi
Alloh hammani o'z panohida asrasin. Imonga qaytaylik birodarlar
Shohida
Аброр Болтаев
2008, 2009 йилларда роса х вариантла чикардида, тугри чикарди яна
Ha mangayam eshini tagida bittasi berdi 100 ming bersang sanga dedi man tayyorlanganim un x varyanga emas uzimga ishondim va talaba buldim lekin usha qog'ozda aniq javoblar bor edi shuanda bir koz yugurtirvoluvdim imtihonda xuddi shu savol tushganda bildim
Assalomu alaykum. Haqiqatdan ham bu sana koʻpchilik un hayotning keyingi muhim pillapoyasiga oʻtish un muhim kun hiboblanardi. Allohga shukar talaba boʻlishga muyassar boʻldim 2 yil oldin. Har yili javoblar 15-20 kunda chiqardi. Ln man topshirgan yilda 1 kunda eʼlon qilindi, ammo shu bir kun oʻtishi yillardek tuyulgan.
Муҳаммад Юсуф
Zuxriddin Eshonkulov
🤔2011 yil 13 yo 14 da chiqmaganmidi, 2012 da ln 16da chiqqanidi
мени йўналишимники ўн олтида чиққан
Show next 100 comments