Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Lobar Shukhratovna
Flower
Gapiz juda kulguli.... ish o‘qish bularni bariga yo zar yo zo‘r kk😁
Talim tizimini ozi kulguli bb yotibdikuuuu. Kechirasizu sohamni yaxshi mutaxasisiman bilimim yetarli lekin ishga kirishdan oldin bilimizga qiziqmidi hechkim. Tanish bilish , puliz yokida laganbardorlik qobilyatiz zo'r bo'sa boldi!
ehhe osha kunlani eslasam imtihon boladigan joyni qidirib sarson bogandim imtihonga kirishimga naqt 45 daqiqa ketgandi birinchi yil oxshamadi 2 yil budjet😊
Lobar Shukhratovna
Ravshanjon
Qayerga topshirdiz?
Ozimni oqishimga. Inyaz magistraturasiga
Lobar Shukhratovna
Ozimni oqishimga. Inyaz magistraturasiga
Bitta gruppa bor butun uzbdan bu yil magistrga topshirganlar, juda foydali bolyapti , @magistratura_qabul2020 shu grupppa
Salom test kuni 15 - avgustda chiqadimi
Lobar Shukhratovna
Buni kanaliga azoman
Ha to'g'ri kanaliyam bor, yaxshi qibsiz omad)
repititor domlamni yaqinda kòrib qoldim. 1994_1995_1996yil tuĝilgan bolla edik òshanda. silardan k.n yonib òqiydigan abitur. kòrmadim dedilar. rostdan ham u paytla hayot mamot edi. hozirgila sal dangasaroqmi yoki man shunaqalaga duch kelommanmi? òzim ham bir ikkita abitur. òqitdim. sòngan olovga òxshaydi. huddi birov majburlagandek
1 avgustda test bo‘lmasligi birinchisi emas manilmcha. Qaysidir yili 2 avgustda test bo‘lgan edi.
Islomxoʻja
Assalomu aleykum
Islomxoʻja
Hamma sog' salomatmi
Assalawma aleykum. 1-avgust kuni test bólmaganligi bu 1-marta emas. 2011-yil ham test 2-avgust kuni bólgan, sababi Qurbon Hayt bayrami shu kunga tóǵri kelgan. Shu yili bizlar
test topshirganmiz.👍
👌
HuMoyun AlMaMatov
2012 da 2 avgusdabolganmidi
Show next 100 comments