Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Islomxoʻja
O'zimdan so'ranglar 'ozim haqida
Oddiy insonman vijdonim halol
Ko'p gaplar eshitdim dedi faqirda
Bu so''zlarim sizga kelmasin malol

Zamonlar o'zgardi insonlar emas
Turli hil mo'dalar har hil kiyimlar
Ularni qo'lidan boshqa ish kelmas
Dunyoni bulg'aydi o'sha
insonlar

Otan-onang qadriga vaqtida yetgin
So'zlari qoladi o'zlari emas
Yonida bo'lib hizmatin qilgin
Seni doim o'ylab o'zin o'ylamas

Boriga shukr qil yo'giga sabr
Ollohim beradi chin dildan so'ra
O'zinga oldindan qazmagan qabr
Hayotim yomon deb nolishdan ko'ra

Sog'lomsan hursand bo'l vaqting borida
Kimlardir to'shakda indamay qolgan
Yaxshilik qo'lin cho'z qolgin yodida
Bu ezgu ishlarda savoblar yotgan

Vaqtlar o'tar ko'zing ochib yopguningcha
Vatan deb yasha do'st deb yashagin
Yaxshilik qil so'ngi nafas qolgunicha
Bu ezgu ishlardan hech ham qaytmagin

Halol yo'ldan yursang yo'ling ochiqdir
Qiyinchlik bo'ladi asta o'tadi
Yomon yo'lda yurma yo'ling yopiqdir
Ketganlar kelmaydi butkul ketadi
Paxta nima bularkana bu ketishda
Eng qizigiyam eng yomoniyam eng kulgilisiyam eng achinarlisiyam xullas hamma narsa otgan yili òqiwga kirolmaganman hech qaysi biriga 😂😂 hattoki Chet univerlarigayam 😉😉 xudo xoxlasa bu yil grand boladi
Òqiwga kirganlarga faqat sabr😁😁
Rustambek
Men somsapaz edim test natijalarini ko‘rgani eskiroq sho‘rtik futbolkada borganman(tandir o‘rnatgandik shu kuni) rezina tapichka da nordim qarasam hamma oq ko‘ylak qorashimda barcha o‘zini raqamini izlayapti juda ko‘pchilil ichidan amallab topdim kantraktga kiribman men kiribmaaaan deb baqirvordim shunda hamma meni rezina tapichkandan tortib eski futbolkamgacha qarab turib hech kim jiddiy qabul qilmadi huddi bir quruvchi yordamchisi kelib hazil qilganday qabul qilishdi 😄 chunki atrofda qutulish ketayotgandi. Shunaqa gaplar hozirda bitirganman Ollohga shukur davlat boshqarmasida ishlayman ana endi hozir hazilimni ham jiddiy qabul qilishadi😉 vaqt oliy hakam
Биринчи йили укишга тошпирганимда Фарпи иктисод енимдеги кизга математикани ечиб узим озгина кийналганман уша киз бюджетга узим кантрактга кирганман 🤣🤣🤣🤣
BOTIR
Munisa🎀
Eng qizigiyam eng yomoniyam eng kulgilisiyam eng achinarlisiyam xullas hamma narsa otgan yili òqiwga kirolmaganman hech qaysi biriga 😂😂 hattoki Chet univerlarigayam 😉😉 xudo xoxlasa bu yil grand boladi Òqiwga kirganlarga faqat sabr😁😁
Омадиззи берсн. Лекн нега хамма грандни орзу килади чунмиман. Битиргандан кейн 3 йил давлат этган жойда ишлаш кере дипломми кечикиб олинади. Хамма укитувчила биринчи болиб буджетчилани кийниди.
Н М
2004 йил 1 август, Тошкент Давлат Иқтисодиёт Университетида имтихон топширганман. Биз ўтирган хонани 40%ини бировни ўрнига кирган “ калла” лар ташкил этарди. Бойни боллари спортлотто чизгани келгандек хотиржам эди. Бири пул учун хар ишга таейр эди, иккинчиси раҳбар бўлиб олиб кеймн талаш учун пул сарфларди. Мана хозир шу икки тип харомхўрлар халқни қонини ичяпти.
Ассалому алайкум, пандемия вақтида 1 август имтихон куни хам мухим эмас, одамларнинг соғлиги мухим, соғлик бўлса қолгани бўлаверади, касалларга шифо берсин илохим, тезроқ карантин тугасин, юртимиз тинч осмонимиз мусаффо бўлсин барча абитуриентларга омад ёр бўлсин!
Birinchidan Kami 3yillik mehnat ni alami boladi😂 I keyin ota onani ortiqcha harajatga qoymasdan oqiw un aslida bu grand oqiydigani kantraktdayam oqidi😁 keyin qayerda qanday iwlaw bu odamni oziga bogliq eplasa bogani
Mayda dollar qilib cho'ntagingga solib ol. Nazoratchiga berasan....
MEXMONXONOV M
Mayda dollar qilib cho'ntagingga solib ol. Nazoratchiga berasan....
Yomon tanish gap opamga uydagilar shunaqa qilardi uqishga kiryotganda 😂😂😂
Zilola
Rahmat katta
Shаhzоd Кurbаnmurоdоviсh
Hozir grantchilarga ham oson emas 30%dan ortiq fanni 3ga yopsa uxladz 😂👻
Hozir kimga oson ozi granda oqidiganlar ham kontraktda oqidiganlar ham bizga osonmas deydi undan kora abuturuentlikka sodiq qoliw kk ekanda😂
** **
2011-yil 2-avgustda bo'lgan test sababi esimda yo'q
A.D.Official
Assalomu Alekum Xushnud Aka.Hamma abiturentda 1avgust hayotini larzaga keltiradigan kun deb bilaman.Yo talaba bòladi yo kelgusi yili yana shu kunni kutadi.Xushnud aka òzimdan kelib chiqsam 3 yil menga xarom bòlgan shu kun. Birinchi yil òqishga topshirganimda 2016 yil òsha mashum kunni hotiroti yomon saqlanib qolgan .Yani 106 ball bilan Toshkent Davlat Texnika unversiteti energetika fakultetidan yiqilgamman .Dadam aytdilarki bu yil ham harakat qilasan bòlmasa qòlinga tayoq berib chòpon qilaman dedilar. Va òsha 2017 yil 1 avgust yiģloqi kun keldi.Men uchun Toshkentda qolish mazza edi deb hisoblardim yani òyin kulguga uchib 1 hafta oldin poytaxtga borgamman barbir yoshligiz tutib park disiz kòchaga aylanay disiz bozor har hil savdo markazlarida aylanib 1 haftada boshimdagi bori chiqib ketdi TDTU gorfakt fakulteti rus gruppasiga topshirdim huddi ruschani bilgandek va yana yiqildim .Dadamning qattiq jahli chiqdi aka.Endi meni chòpon qiladilarmi deb òylab Buxoroni Qorakòl rayoniga qochib ketdim albatta oyimning ruxsati bilan.U yerda tarixdan tayyorlandim ustozim òlaksa qilib urar edi axir men oldin matematika òqiganman tarixni xazm qilish qiyin bòldi.va u yerda 2 yil tayorlandi itti kuni tushdi qiyinchilsiz hech bir inson uluģlikka erisholmaydi man òtgan yili va nihoyat talaba bòldim Toshkent davlat sharqshunoslik Universiteti tarix kechki fakultetiga 147.3 ball bilan tòlov shartnoma asosida qabul qilindim .Meni 1 avgust sanalari shunaqa achchiq xotiralar bn òtgan aka .Xa Allohimga ming shukurki hozir baxtlilar safida man nima bòlsaham hammasi yaxshilikka bòlgan.Albatta meni kammentaryammi òqiysiz degan umiddaman
Gurpayezli linkini tashlamen 😂yozishmalar ommaga tarqatib yuborishmasin
Show next 100 comments