Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
SIDDIQOVA MUKARRAMXON HABIBULLAYEVNA
1-avgust desa ,yuragimda shirin hayajon va qo'rquv bo'lardi...O'zim emas , farzandlarim o'qishga kirganda...Katta farzandim imtihonga kirganda formulalarni qog'ozga yozib olgan ekan. Undan uni o'zim olib qo'yganman.Sizni chalg'itadi deb... Yonimizdagilar hayron bo'lgan. Lekin telefon va shpargalkasiz ham grantga kirgan.
Zokirjon
1 avgust juda hayajonli o‘tgan. Matematika dan bilgan savolimga noto‘g‘ri javob belgilab qo‘ygan ekanman. Oxirida qayta tekshirishda to‘g‘rilaganman. Xayronman qanday u javobni belgilaganimga. Bu yil magistraturada imtixonda xotirjamlikka berilishni maqsad qildim.
A X A D J O N
Salom Xushnud aka mana 4 yil ham qanday o‘tganini sezmay ham qoldim yaqinda talaba edim endi esa bu shirin xotiraga aylandi
2018-yilda 1-marta topshirib, 1-o'rinda grantga kirish nasib etgan. Allohga shukur. Bu yilgi abuturiyentlarga omad yor bo'lsin! Agar maqsad aniq bo'lsa va bunga ishonib xarakat qilinsa, albatta natija bo'ladi. Best of luck 👌
Xudo xohlasa bu balolar ham ótib ketadi. Aabutiyentlarga sabr
Men 2014 chi yilda abiturentdosh qizlar bilan imtixonga kech qolgandik "propka" lar tufayli taksidan tushib oyoq kiyimlarni yechib xuddi qishloqda it quvgandek yugurganmiz, eng qizig‘i qizlar mendan o‘tib ketishardi, Toshkent ko‘chalari go‘yo o‘zimizning maxalladek 😂😂😂
‎⁨꧁༺Шалола༻꧂⁩ ‎⁨꧁༺УКТАМОВНА༻꧂⁩
Men birinchi yil topshirganimda haqiqat borligiga shunaqangi ishonardim. Shpargalka telefon hech ishlatommeydi deb o'ylardim. Imtihon kuni gaplashilgan guruhga tushib qolganman. Testlarni tarqatib 20 mingdan yig'ib xohlagan narsalarizni ishlatila deb chiqib ketishgan. Hamma telefon shpargalkaladan bemalol foydalangandi. Menda esa hech narsa yo'q edi. Bilganlarimam esimdan chiqib ketgan bu ahvolni ko'rib. Kirolmasligimni o'sha paytning o'zida aniq bilgandim.
Jamshidbek Bakhtiyorevich ...
Assalomu alaykum Xushnudbek aka .
Men ilk bor institutga topshiryapman bu yil Abiturient davrimda darslardan turli qiyinchiliklar ko‘rdim. 1-avgustni orziqib kutgan edim imtihonni, lekin pandemiya bunga chek qo‘ydi. Nima bo‘lsa ham yaxshilikka bo‘lsin Ilohim!
Meni imtihonim 6- avgustda bo'lib o'tgan lekin hayajoni 1- avgustnikidan kam bo'lmagan qaytaga imtihonim oldinroq bo'lishini xohlaganman juda charchagan edim. Sabrsiz va asabiyligim shu yerda ham o'zini ko'rsatib belgilangan vaqtdan ancha oldin chiqqanman aksiga olib ruchkam ham juda yomon bo'yagan ( o'zi shu kuni shunaqa bo'sa kerak) xullas 2.1 ball yetmay yiqilganman. Lekin Xudoga shukr ota- onam meni qo'shimcha kontrakt asosida o'qitishdi. Sira ham buni kutmagandim. Lekin juda baxtiyorman inyazda 3- kursda o'qiyman. Ollohimga behisob shukrlar bo'lsin😊🙂
Fayzullo Mirzayev
Assalomu alaykum xammaga bu ollox ning sinovi wundan eson omon otib olsak oqiwlaga xam kirarmiz xudo xoxlasa barchaga omad soglik axillik tilab qolaman
Asalomu alaykum xurmatli kanal a‘zolari va Xushnud aka men bir narsani aytamanki abuturentlar szlar bu pamdemiya paytida bushashmasdan o‘qishni davom etirsalaring albatta grand szlarniki
2006-yil 1-avgust 🤔🤔🤔🤔🤔
14-yil vaqt o'tibdi! Bir voqea esimdan chiqmaydi, testga kirgach ruchka olib kirish yodimdan ko'tarilganligini bilganman test esa boshlanib bo'lgandi, yonimdagi partada o'tirgan qiz jonimga aro kirdi va menga ruchka topib berdi, taqdirni qarangki o'sha qiz bilan birga to'rt yil o'qidik!
Муктарам Эргашевна
Ассалому алейкум.Эхххх бу 1 август 16 йил олдинги хотираларимни эслатиб юборди.Қайсидир маънода инсон тақдири ҳал бўладиган жудаям ҳаяжонли кун!!!
Бу кунни хамма фарзандларини имтихонга кузатиб фарзанлари олий маълумотли бўлган оналар жуда яхши билишади.Бизнинг оиламиз учун бир неча йиллар 1 август ва 15 август сўз билан таърифлаб бўлмайдиган кун бўлган.Муштипар онамиз валидол таблетка ичиб қўллари дуода бўлиб ҳовлимизни гир айланиб юриб чиқардила . Оллохга шукур бу кун биз учун юқори марраларга эришишимизнинг илк қадами ташланган кун! Биз учун 1 август ширин хотираларимизни эслатадиган кун бўлиб қолган! Хамма абититуриентларимизга омад тилаб қоламан. Нима бўлган тақдирда хам орқага йўл йўқ фақат олға интилинг. Омад!!!
Comentcila bunca kop 1400dan owibdi wu mavzuga
Assalomu alaykum, 2018-yil 2-avgustda imtihon topshirganman. 3-avgust kechqurun natijasi chiqqan. O'qishga kirganimga shunday xursand edim
Man ushbu kunlani juda yaxshi koraman 4yil diganda kirganman 1yil kirdim kontrakka uqiy olmadim moliyaviy ahvol yaxshi emas edi 2 3 yil kirolmadim 4 yil qayta kirdim 1avgust sanasini har yili intizor bolib kotarardim ayniqsa tel olib kiraman dirdim ln olib kirmadim hech oxirida 2 yil toshkentta topshirganimda taksichi 5mingli joyga aylantirib 10 minga oborudi😂😂😂
Ichiga telfon solingan oyoq kiyimimni olib yugurgandim kech qolganimda yollarni yopib qoyishardi Rosa hayajon bosgandi oziyam
Mirko
Tezlawtrw kere testi
CoDer
Avvalo Assalomu Aleykum, Ahli Islom !!!
Yuqorida mavzuga oid fikrlarga qo'shilaman, bu ofat barcha narsani o'zgartirib tashladi majburiy tarzda. 1 avgust to'polonni sog'inamiz huddi bayramdek o'tardi, kimga qanaqa bilmadim lekin, shu 1 avgust sanasi eski maktab vakillari orasida o'ziga yarasha xotiraga ega deb o'ylayman, men hali hamon 8-9 yil deganda ham o'qishga kira olmadim InshAlloh nasib qilib qolar deb harakatdan to'xtamadim. Tayyorlanib topshirganimda men o'ylagandan ancha teskari natija va o'rinlar sotilgani haqida xabarlar eshitdim va o'sha zahoti hammasi barbod bo'lganini his qildim, inson borki umid qilib yashaydi, InshAlloh talaba bo'lmaganlar shu yaqin yillarda talab bo'lsin, Pandemiya balosini yurtimizdan, butun dunyodan Alloh o'zi bizni qutqarsin, qilgan gunohlarimizni Allohni o'zi kechirsin (omin)
Show next 100 comments