Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
O'qishni foydasi yoq Xushnud aka.Qayerga borsayiz shtash(bo'sh o'rin)yo'q?yoki kim kimni jiyani kiradi ishga.yoki otasini erkasi kiradi?O'qishdan ko'ra Hunar o'rgangan Yaxshi
Assalomu alaykum! Aytganingizdek 1-avgustni shunchaki esdan chiqaradigan abituriyent yoki talaba bulmasa kerak. 1-avgustni hayajonini 4 yil his qildim. Axiyri uqidim, bitirdim. Hozir esa Olloh bizga sinovli kunlarni yubordi, inshaalloh bu kunlardan utib yana usha hayajonli kunlarga yetamiz.
Ex bizni birinchi marta 1avgustmiz kegandi wu kunlani rasa kutgandk nasip qimapti biz 1nci marta xayajon bn kotta qadam tawamoqcidk mayli owa kunam kep qolar inwollox
I.U.N
Man Al Horazmiy litseyidagi Taniqli ustozlarimiz Hurramov VA Qurbonavani uquvchilariman. Jon kuyar ustozladan ... 1 oy iyul oyi tinimsiz dars bulgan VA nihoyat 1 avgust ... Utgan kunlarni eslasam abuterentlarga rahmim keladi. Ula kutishyapti lekin ularni kuni aniqmas....
1-avgust...
Ne uchundir bu kunni ko'zimda yosh bilan eslayaman.Tavba Mana oxirgi 4-yillikdagi eng tinch o'tgan 1-avgust bo'ldi bu Kun.Tavba o'tgan yili 1-avgustda imtihonda o'tirar ekanman "ee yetar bo'ldi kelasi yili 1-avgust imtihonda o'tirmay degandim" shu o'rinda bir gap inson niyat qilishni ham bilishi kere ekan🤦ushanda "1-avgustni kelasi yili Talaba bo'lib qarshi olay Abiturientlikimni so'nggi 1-avgusti bo'lsin" desam bo'larkan😟Mana 4-yildirki talabalik nasib qilamaypti...Hozir men bilan tenglar 4-kursga o'tishdi...Shuning unmi negadur 1-Avgust meni hayotimdagi eng dardli eng alamli kunlardan biri bo'lib qolgan...Mayli Nima ham derdik bari yaxshilikka inshaalloh...Barcha abiturientlarga 1-yiliyoq talabalik baxti nasib etsin...Hech kimni Kutishdek o'g'ir sinov qiynamasin.. Di'stlaringuz yaqinlaringiz ko'z oldingizda siz ham kutgan baxtga erishib shod-xurram yursayu siz esa Yana VA Yana kutishda davom etishiz juda qiyin..Barchani orzusi o'z vaqtida amalga oshsin...kechikmasin...aslo kechikmasin....
Хожиакбар😎😎😎
Ассалому алайкум ХАММАГА Мен умримда тест топширмаганман лекин хар йили шу кун мен учун бошкача эди 2та углим отм ни битирди оллохга шукур шунинг учундир балким нима булганда хам бу синовлар хам утиб кетар худо хохласа
Zarnigor
1-avgust.....Men uchun faqat va faqat yomon xotiralarni qoldirgan kun.Naq 4 yıl shu kundagi ko'zbo'yamachiliklarga guvoh bo'ldim.Allohga shukurki nihoyat 5 yıl deganda yangi shaffof test tizimi orqali bo'lib o'tgan testda budjed asosida talabalikka qabul qilindim(3-avgust)bu kunni hech qachon unutmayman.Testning 1 avgust yoki 1 yanvarda bo'lib o'tishi emas shaffof o'tishi menimcha muhimroq
‎⁨꧁༺Шалола༻꧂⁩ ‎⁨꧁༺УКТАМОВНА༻꧂⁩
Osha paytda ruchka bermasmidi ozi
Йўқ, ручка бермаган, балким бошқа жойларда бергандир! Черновик учун қоғоз беришган, аммо ручка йўқ эди
Menga 2020 yil juda omadsiz keldi tugrisi! Hammaga ham shunday lekigin menga juda ayanchli keldi😣😔😔 chunki 1chidan Òzbekiston Jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universitet ga english qushildi, imtihon qoldirildi, bitiruv oqshomimiz ham bolmadi!!!!!😔😔😔
1 avgust......
Har onda shu kun menga omad ber, yordam ber deb iltijo qilardim Yaratgandan!!!! Balki bu ham bir hammamiz uchun yordam bolsa ajabmas! Lekigin hamma narsa òz òrnuda bolgani yaxshi
САЙЁРА НУМАНДЖАНОВНА
Мен хам хар йили укишга киролмай кийналар эдим,сабаби мен хам ута ишонувчан эканман.Тестга ишониб телефон,шпаргалка деган нарсалар олмаган эканман.Кизим мактабни битирган йили майли кизим укисин деб репетиторга бериб тайёрладим.Имтихонга балл етмай кираолмади,мени барча килган сайн-харакатларим пучга чикканлигидан аччикланиб,узимни укишимга харакат килдим,чунки бизда ишхонада олий маълумот олишимиз хакида огохлантирилиб бориларди.Каранг хамма нарсани вакт соати бордек мен хам 38 ёшимда олий даргох талабаси булдим.Кизимни эса яна университет домлаларига машгулотларга бердим,келаси йил у хам олий даргох талабаси булди,алхамдулиллах.Хозир эса мен бу йил олий даргохни битириб диплом олдим,кизим эса 3 курс талабаси.
X.S.SH
Aynan òtgan yili kanal obunachilarini yozgan xotiralarini òqib men ham ba'zilariga yiģlagandim, albatta ularda ajoyib va unutilmas xotiralar qolgan edi. Men ham talaba bòla olamikinman deb òylagandim òshanda. Keyin esa 1 hafta òtgach testga kirdim. Hech qanday hayajonsiz. Garchi birinchi yil topshirishim bòlsada test vaqti hayajonim negadir bosilgan edi. Test boshlandi. Va ishlay boshladim. Abituriyentlik vaqtimda murakkab savollarni bexato ishlab, juda oddiy narsalarda adashar edim. Shunga har bu kun ham adashmaslik uchun juda ehtiyotkor edim. Savollarni qayta qayta òqirdim. Hech kimga hech narsaga e'tiborimni chalģitmaslikka harakat qilardim. Oxiri 3 minut qolganda tugatganman. 1-va3-blok savollarimni ishlaganimdan kònglim tòq, lekin 2-blokimni savollarini kòpiga tushunmasdim. Boshida biroz qòrqdim ishlolmayman deb keyin òzimni tutib olishga harakat qildim. Testdan xotirjam chiqqanday kòrinishga harakat qilardim lekin ichimni bir nima kemirar edi. Bu kuniga ballar chiqishi kerak. Aksiga olib internet yaxshi ishlamasdi. Balimni kòrdim òrtacha155, lekin juda yuqori ballar kop edi. Hech bòlmasa 3-tanlagan yònalishimga kirganim aniq edi. Mandat chiqishi hammani sillasini quritgandi. Va nihoyat saharda òqish javobi chiqdi. 1- tanlagan yònalishimda kontrak, qolganida budjetda turardim. Kontrakka kirsalaringiz xafa bòlmang. Men ham boshida biroz xafadek edim. Lekin behisob shukurlar bòlsin men òqiyapman. Barcha barcha abituriyentlar sizlarga omad yor bòlsin va test kunlari quvonarli xotiralarga aylansin.OMAD
3 yil oldin 1-avgustda 1 kun oldingi aroq pivalarni kayfi dan bow ogrib imtihonga kirganim esimda, xonada qiz bola b-n birga oʻtirib qolgandim, aroqni xidiga qizni kongli aynib mani ewikni oldiga oʻtirgizdirib qoyiwgandi,imtihondan 1 soatda chiqib ketodim, uje soat 11 da uyda edim 1-avgust kuni😂😂😂15-kuni javoblar chiqqan grand ga kirdiz deb SMS kelganda iwonmagandim,4-sentyabr kuni institutga borib ism familiyamni grandchilarni ichidaligini kormagunimcha kirganimga iwonmaganman,bizi guruxdan 11 kishi oʻtgan ekan oʻqiwga, 11 kiwini hammasi eslab qolgan ekan mani, 1-para patok darsiga kirganimda 3-4 tasi alkaw bolayu kiribdi oqiwga degani ves patokni kuldirgandi....... Aslida ollohning bergan omadi b-n 142.7 ball b-n FARPI ga grantga kirib ketgandim,o'zim Rossiyada neft soxasi bo'yicha iwlardim,Tavakkal qilib qiziqiwga,imtihon kuni aylanib dam olib keliwga topwirodim oqiwga.....mana 3-kursni ham bitirdik.......
Baribir 1-avgust ayrim akahonlarimizni kaftlarini qashlagan bòlsa kerak-a?
X.S.SH
Pandemiya sharoitida òqiwga topwiryotganlar aslo kònglingizni tushirmang. Faqat yaxshi tayyorgarlik kòring. Òz ustingizda ishlang. Yana bir oy yaxshi harakat qiling. Hammasi yaxshi bòladi Insha' Alloh
Men 1-avgustni hamma narsa yahshilikka ekanini his etgan kunim sifatida eslayman.4-yil avval ha tumonat odam hamma hayajonda,hammani niyyatlari esa oliy.Ammo shunday vaziyatlardan qanday qilib foydalana olmaganimdan ozimni kechirolmayman.Telefon Xvariantim qoldimda edi ....Andijon Mashinasozlik inistitutiga kirish peshonada yoq ekan.Taqdir Oradan 2yil otib Toshkentga oqishga kirdim.Yigit kishiga albatta harakati qilsa olloh omadini berarkan.Bu yilgi Abuturiyentlaga omad your bolsin.Osha 1 avgust esimdan chiqmasa kerak.
Manam 1ci yili oqishga kromagandim 2avgust tugilgan kunm 1avgust dsa yuregim orqaga tortb qorqanidm Milliy Universitet tarixiga kromagandim alhamdulillah oldingi yil O'zbekiston Milliy Universiteti psixologiyasi yonaliwiga oqiwga krdm po spisku 2ciman 1ta dona byudjet ogandi wundayam rasa xursan bogandm😇
Гульюз
Byudjet guruhlarda hech vaqoni bilmaydigan talabalar , kontraktda bo'lsa yillab tayyorlanib 3-4-yili kirganlar o'qirdi. Ikki yildan beri har holda o'qiganlar kiryapti o'shandayam baribir byudjetdagilarni 15tasi bunkerchi.Lekin butun guruh bilmasvoylar bolgandan ko'ra shu yaxshiroq
Show next 100 comments