Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
2018-yil 6-avgust sanasi.Bu kuni hech qachon unutmayman.Eng baxtli kunlarimdan biri sifatida hotiramdan joy olgan.Hamma òqigan akalarim opalarimga havas qilardim."Talabalik oltin davr" deb kòp bora aytishardi.Hozir esa òzimdan kichik uka singillarim menga shunday hafas bilan qarashadi.Lekin men ham hamma qatori kirganimga ishonmadim.Mandadni kòrish uchun onam Toshkentga kelib ketilar va grantlar qatorida turganligim ayni haqiqat bòlib chiqdi.Yillar yillarni quvib 3-kurs ham bòlibman.Bu yilgi abiturientlarning hammasiga omadlar tilayman Alloh barchangzni qòllasin
Krakashlarning bozori yurgan.
Odam ko'chada ko'p
Hullas xxx ishlar juda avj olgan
3 yil oldin usha kuni meni hayotimni uzgartirgan kun 3 yillik mashaqqatli tayyorgarlikni natijasini kursatadigan kun bulgan. Usha kunni eslasam hali ham quvonib ketaman
tezroz imtihon bòlsaydi😠
Assalomu alaykum hamaga, men qachon imthonga kirganimni eslolmiman. Lekin Otam va Onam oqishga kirganimda xursand bolishgani esimdan chiqmaydi. Sababi ularni bu qadar quvonchini avval kormaganman. Men beshinchi ogilman. Ozi beshta ogilmiz. Va hamamiz oliy talimga oqishga kiridik. Endi esa ishdan ortgan vaqtim mahallamizdagi abiturientlarni bir kishidan qabul qilib masofa saqlab, Matematikadan yordam berayapman , Xudoga shukur hali esimdan chiqmagan))
OLLOXIM SABR BER YASHASH UCHUN
Qachon imtixonligi aniqemasmi
Assalomu alaykum hammaga. Xotiralarni oʻqib men ham oʻz hissiyotlarimni yozgim keldi. Men 2016-yilda 6-urinishda oʻqishga kirganman. Ungacha yuridikdan yiqilaverib ming bir nayranglarni guvohi boʻlganman, har yili oʻzimga ishonim yiqilaverardim. Oxiri 2016-yili viloyatga tarixga topshirdim, kirishimga rosa ishondim. Xonadagilarni ham hech narsa foydalanmesilar roʻchkalaring tushib ketsayam snbga aytib beraman degandim😀 yonimda oʻtirgan bola ham menga qoʻshilib nazoratchini choʻchitib qoʻydik, nazoratchi endi pul yigʻmoqchi boʻlayotgandi 😂 10 daqiqada tarixdan 36tani ishlab boʻlganimni koʻrgan yonimdagi bola rosa savollarini soʻray ketdi 4-5tasini aytdim qarasam hammasini ishlatmoqchi bilmayman deb turvoldim. 😂😂 Testlarimni 1 soatda ishlab boʻlgan boʻlsam ham xonadan oxirida chiqdim partadoshim ortimdan ergashvolgan doʻstim qayerda tayyorlangansiz deb. Taksida shaharga birga qaytishda u soʻragan bilmayman degan savollarimniyam hammasini javobini aytib keldim. Voooy nega aytmadiz a deb yigʻlagudek boʻladi😂😂😂 natijalar chiqdi eng yuqori ball bilan grand kiribman. Partadoshim kontraklarni oxirda. Kursdosh boʻldik 4 yil men sababli kirgansan deb asabiga tegib yurdim. U yaramas oʻsha paytda grandga oʻtkizvorsang ham boʻlardiku deydi noshukur.😃 Hozir bu yerda yozganimni koʻrib shu yerda ham aytdingmi desa kerak😂😂😂 nima boʻlganda ham u bilan doʻst boʻlib qoldik. Bir marta kontraktini toʻlashga qiynalib qolganda rosa vijdonim qiynalgan yordam bersam boʻlardiku deb😣 mana universitetni ham tugatdik 4yil bir pastda oʻtib ketibdi. Bu yil magistraturaga topshirganman imtihonni kutyapman. Anov yaramas doʻstim ham topshirgan ishqilib sen bilan oʻtirayda deydi😂😂 ha birinchi avgust bu meni hayotimdagi katta kino asar desa ham boʻladi. Abituriyentlarga maslahatim mehnat albatta oʻz samarasini koʻrsatadi. Oʻzingizga boʻlgan ishonchni soʻndirmang. Alloh sizga keraklisini oʻzi xoxlagan vaqtda beradi. Ungacha sabr qilolsangiz kifoya.
Ex usha vaqti 1 bal yetmagandya
Bu yilgi imtixonla aniq buldim
&Ha sila zoʻrsila&
Menda birinchi marta bunday baxtga erwimoqchi bolganimda corona dabdala qldi hammasini.
Дилшода
Barcha tayyorlangan abuturentlarga omad tilayman 😊😊.Imtixon qaysi sanada bòlish muhum emas, eng asosiysi egallagan bilimlarini natijasini kòrish deb òyliman.Qiynalib mashaqqat chekib tayyorlangan abuturentlarni Ollohimni òzi qòllasin.Hali vaqt bor vaqtdan unumli foydalaninglar.Men uchun ham 1-avgust kun eng hayajonli kunlardan biri bòlgan,Ollohimga shukur bu yil òqishni tamomladim.Ayniqsa mandat chiqadigan kun kelgucha bexavotr mashaqqat bn nima bòldi ekan deb har bir 15 kunni azobda òtqazganman usha davrlar eng esda qolarli eng hayajonli damlar bòlgan ekan.,òqishga kirganim ota onamlarni qancha qancha xursand bòganlari hecham bu damlar unitilmaydi ekan.Barcha abuturentlarga omad yor bòlsin.
Xa bu kunlarni esdan chiqarmaymiz mana 8 yildirki abiturentlik gashdini suramiz bu gal 9 yili 1 avgust kuni imtixon topshira olmadim ,kecha 1 avgust kuni uyda õtirib xar yilgi topshirgan imtixonlarimni muloxaza qilib õtirdim eng yaxsh xotira 2015 yidagisi bõldi chunki õsha yili õqiahga kirishimga 2 ball yetmagan ekan naxt shu 2 ballni oralig'ida 40 ta abiturent turar edi shunda xam umid qilib supper kontrak qilib kirib olaman deb umid qilganman ,keyingi yilllar esa ballarim anchagin tushib ketdi tuzuro tayyorlanmasdan xam imtixon topshirib kelaman bugal anana buzulgani balkim man uchun yaxshilikkadur duo qilinglar 9 yili talabalik baxtiga muyasar bõlay omin
Paravoz, kuchiradiganlar, pul olgan uqituvchi, poraxur oxranalar, hammasi esimda, eslamaginm yaxshi😂
Assalom aleykum òtgan 2019 yilgi test sinovlari adolaatli shaffof tarzda, oldingi test sinovlaridan ossonroq bòlib òtdi afsuski men òtgan yili kirolmadim endi intizorlik bilan bu yilga imtihonlarni kutayapman. Hamma abituriyentlarga omad tilayman bu yilgi test sinovlarini kòp kutmay tezroq talaba bòlish bizga ham nasib qilsin🙏🙏🙏
Shu yil ham kirolmasam, Surish kerak! ✈✈✈
2011 yilda ham 1- avgust testsiz utgandi, test 2-sanada bulgandi...
Show next 100 comments