Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Энди нима булади?
Тест отмены булди манимча
Качон ва кайси санада булиши качон айтиладию и качон утказилишини хеч ким белмейди.
Бу эса абутеринтлар учун страшно булса кере 🙄
Esimda o'tgan yili 5-avgust, shubxasiz hayotimdagi eng eng xayajonli damlar, exxx qanday shirin xotiralar qolgan. Uz ekspoda imtixonga kirish oldi ota onam ortimda qolishdi uzoq uzoqdan menga tikilib boshqacha nigox bilan meni kuzatishdi, umid bilan. Ichkariga kirdim chamasi 40 minut vaqt bor edi test boshlanishiga, atrof shovqinli xamma o'zi bilan o'zi. Negadur menda xayajon boshlandi, titroq tanamni egalladi. Shunda boshimni stolga qoydmda chamasi 100 martacha Ixlos surasini qaytardm, imtixon boshlandi qo'ldan kegancha yechdm, xullas shunaqa gaplar.
Test javobi 23-avgustda chiqdi, qzig'i men o'sha payti Tashkent Citiyda kunlik ishchi bo'lib tungi smenda ishlayotgan edim, oilaviy axvolim juda yaxshi shunchaki vaqtni o'tkazish uchun. Javoblar chiqdi 6oy repetitordagi qyinchiliklar bir lag'zada unutildi, Xullas krdm o'qishga. Shunaqa gaplar. Abituriyentlarga omad.
Хар нима булгандан хам абутеринтларимизга омад тилайман бушашменглар.👏👍👍👍👍👍
Assalomu alaykum. 2001-yil o`qishga kira olmaganman. 2002-yil shaharda repititor domlalarga borib tayyorlanganman. 5 ta qiz birga tayyorlanganmiz. 4tamiz grant asosida, 1tamiz shartnoma asosida o`qishga kirganmiz. Tayyorlovda vaqtimiz, menimcha, iyul edi, 10-sinf adabiyot darsligidan Alisher Navoiy mavzusini o`qiyotgan vaqt edi. Bir dugonamiz bor ovozi bilan yig`lab kelib qoldi. "Mavzuni o`qib o`tirib uxlab qolibman. Tushimda hammamiz suvga tushib ketibmiz, hammangni bir bobo qutqarib oldi, meni qutqarmadi, hammang o`qishga kirib ketasan, men kirolmayman", - deb yig`lardi... Endi eslasam, shu darajada qattiq kirishib o`qigan ekanmiz... 1-avgust kuni otam imtihonga borgan. Taksichi 50 so`mlik yo`lga 400 so`m bilan olib borgan...Abituriyentlikday muhim davr bo`lmaydi, aslida kishi hayotida. Juda katta maqsad - o`qishga kirish bo`ladi. Hatto talabalik davri ham bu darajada muhim davr emas. Chunki abituriyentlikda talaba bo`lsam bo`ldi, bir balo qilib bitirib chiqaman, o`qimayman, deydiganlar ko`p bo`ladi...Agar 1-yil o`qishga kirganimda ko`p narsalardan bebahra qolardim, deb o`ylayman. Bizni kurashishgina ko`p narsalarga erishishimizga sababchi bo`ladi... Ha, boyagi dugonam 23-o`rinda grantga o`qishga kirgandi. O`sha paytlar 40 nafar talaba grant asosida qabul qilinardi. 10-avgust kuni javoblar chiqqan. Biz yangi talabalar shu kuni rosa Samarqandni kezganmiz. Abituriyentlikdagi kvartiralarimizga borib, uy sohiblariga o`qishga kirganimizni aytib "suyunchi" olib chiqqanmiz. Tushdan o`tib qishlog`imizning yo`liga kelib avtoulovdan tushsam, ukam 3 soatdan beri kutib o`tirgani, ayam kelavermaganimga, bu o`qishga kira olmay, yig`lab yurgandir deb xavotirda ukamni yo`lga chiqarib yuborgan ekan... Men esa 6-o`rinda grant asosida o`qishga kirgan edim.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
1 Avgust kuni birinchi bor zerikarli utdii. Faqat magistraturaga topshirilmaganim alam qildi
2012 yo 2013 midi 2-avgust kun bo'lgandi imtihon.
Assalom alaykum hamma obunachilarga . Bu sinovli kunlar hudo hohlasa ortda qoladi. Abituriyentlarga omad tilayman.
Jamshid Abduolimov
kim nma desa desinu hozirgi yoshlarga oqish imkoniyati koproq
Jamshid Abduolimov
bizzi davrimizda oliygohlarga kirish uchun juda katta bilim qattiq mehnat talab qilgan (albatta nufuzli oliygohlarga)
☯️
men un imtixon kuni 2017 yil 1 avgust hayotimdagi eng yomon kunlardan biri bolgan. oqishga o'sha yili kirganman lkn juda omadsiz kun bo'lgan. hozirgi abituriyentlarga ancha yaxshi. chunki testlar endi adolatli holda o'tkazilmoqda. 2017 va undan oldingi yillarda "eplagan qandini ursin" edi.
Jamshid Abduolimov
aniqrogi 2012-2013 yillar
Nargiza Sadatova
1avgust imtihonni òylab uxlolmay ancha vaqtgacha kn uxlab bir amallab kechikib borganman lk òsha yil kirolmaganman 3yil deganda Ollohim kech bòlsa x yaxshisiga yetkazgan grandga kirganman
Beruniy metro bekati: odamlar shunchalar ko'p va intiqlik bilan kimdur farzandini,kimdur ukasi yoki singlisi,yana kimdur esa yana bir yaqin insonini,xullas yulning ikki tarafi ham gavjum bir tarafda osh,yana bir tarafda karnay surnay xullas hammani kayfiyati 100% bulardi.Bu yozganlarim faqatgina 1 yil bir marotaba kurganlarim edi,endi tasavvur qiling 25 yil 1-avgust mana qanday nishonlangan.
Nargiza Sadatova
Xozir magistraturaga xujjat topshira olmaganim al qilyapdi biz bitirganda ilovani bermagan ishga joylashib bir dunyo xujjat ròyxatini berib shularni taxlab kelib ilovani olib ketasan degan endi Toshkrntga borib bòlmaydi ilovani telegramdan tashlashi uchun instga tel qilsak kòtarmadi xullas rosa xarakat qilib xam xujjatni ololmay òqishga topshirolmay qolib ketdim mayli Olloh nasib qilmagan ekan bu yil xam yaxshilikkadur
Nargiza Sadatova
Ordenaturani imtihonigacha ololsam ilovani balkim topshira olarmidim shunday vaziyatdagilar xujjatni qanday ololdilaring instdan
Men endi 1-marta test sinovini topshiraman 😇 Inshallox. Lekin òtgan yillarda xammayoq yugur yugur bòlardi ,a xozir ☹️ afsuski karantin. Mayli sbr qilsak bu kunlar xam òtib ketadi Xudo xolasa
Show next 100 comments