Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
QUVONCHBEK IBRAGIMOV
ASSALOMU alaykum 1 August yaxshi damlar
QUVONCHBEK IBRAGIMOV
Assalomu Alaykum men Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutiga hujjat topshirganman. Eshitishimcha ijodiy imtihonlar umuman bo'lmasligi mumkin ekan!😳 Aytingchi shu mish-mishlar to'g'rimi?🤨🧐🙊 Agar to'g'ri bo'lsa biz nima qilamiz?????????🤦🏻‍♀🤦🏻‍♀🤦🏻‍♀🤦🏻‍♀🤦🏻‍♀🤦🏻‍♀ javobingiz uchun oldindan rahmat!!!
.𝑴𝒂𝒓𝒋𝒐𝒏𝒂♡𝑴𝒂𝒋𝒊𝒅𝒐𝒗𝒏𝒂.🕊
Shunaqasi ham bolarkanmi
Бундан бешбаттар ҳолатлар бўлганида бу нима бўлибди???
САЙЁРА НУМАНДЖАНОВНА
Nargiza Sadatova
Ordenaturani imtihonigacha ololsam ilovani balkim topshira olarmidim shunday vaziyatdagilar xujjatni qanday ololdilaring instdan
Диплом.уз сайтилан олдим мен хам,балким бу йил битирганимгамикин
𝒟ℴ𝒸𝓉ℴ𝓇 ℳ
Assalomu aleykum avvalo 1-avgust ham achchiq,ham shirin xotiralarni yodga soladi .chunki ikki yil kirish imtixonlaridan arzimagan ball yetmasdan yiqilganman uchinchi yili boʻlsa tibbiyot instituti davolash fakultetiga ukam ikkalamiz ham grant asosida oʻqishga qabul qilindik ollohga shukur 😊😊😊
ДИЛМУРОД
Salom
1chi avgust alamli xotira bn qoludi 2017 yili. Lekn 2018yili 4avgust quvonarli bo'ldi Talaba Bo'ldim:) Allohga shukur
2013 yil 31 iyul tuni bn kòylagimning ichiga simli naushnikni joylashtirib pastki qismini telefonga moslab bir amallab tong ottirdim. Tong otdi 1 avgust tekshiruv payti hammasi fosh bòldi va tushkunlikka tushdim natijada òqishga kira olmadim. 2015 yil hech qanday naushnik va shpargalkalarsiz grand asosida òqishga kirdim !!!


Lekin òsha 2013 yildagi 1 avgust hamon yodimda 😉
4 yil birinchi avgustdan yiqilganamn. "1-avgustni yomon kòraman"🙃🙃🙃
2017-yil 31-iyul. Ōsha kuni juda asabiylashgandim. Ustozlarim, yaqinlarim maslahatlagayam quloq solmay test yechib chiqqanman. Tunda uyqu yo'q. Imtihonga Deb erta chiqishimizga qaramay yōllar tirband. Xullas yetib ham oldik. Kirishda hammani tekshirishyapdi negadir menga hech Kim e'tibor bermaydi. Abiturientlar shunaqangi ustalik bilan "yordamchi qurollar"ini berkitishga ekanki kōrib hayron qolasan kishi. Joylashdik. Ko'pchilik gaplashib, tanishib bo'lgandan keyin bir-biriga psixologik zarba beryapdi: "Biz "Usmonov" ni ham "Lafasov" ni ham tugatib qaytarib ham chiqdik"... Test ham boshlandi. 1-fanimni tugatganimd shovqin bo'lib ketdi. "Shu bilan 2-marta telefoningni olib qo'ydim, yana ko'rsam chiqarvoraman".
U qizni javobi haliyam esimda: "Iltimos qaytarib bering, agar bu yil ham kirolmasam erga berib yuborishadi".
Meni ham akam shunaqa deb qōrqitar edilar)
Afsus, o'sha qizni qaytib ko'rmadim...
<<ZILOLA>>
Salom men ham bir necha yildan beri 1 avgustni intiqlik bn kutardim lekin oqishga kirolmayapman 3 yillik maxsus sirtqi ochilganda ozgina bal yetmadi bu yil yana topshirganman ,lekin pandemiya sabab hali ham imrixon bolmayapti orta maxsus lekin 17 yil stajim bor qachongacha oqishga topshirarkinman deb oylanib qolaman 1 avgust kelsa
Assalomu alaykum menda o’tgan yildan ajoyib xotiralar qolgan o’tgan yili ballar imtihondan bir kun o’tib chiqdi lekin mandat hali chiqmagandi mandat 24-avgust kuni chiqdi va usha kun meni tug’ulgan kunim edi menga bu qo’shaloq bayram bo’ldi va eng katta sovg’a bo’ldi ollohga shukur talaba bo’ldim va hozir 1-kursni tamomladim
Bu yil magistraturaga topshiradiganlar ham bormi?
Hademay vaksina olamiz. Ko‘rmagandek bo‘lib ketamiz inshoolloh. Bu sinovli kunlardan savob ishlar bilan o‘tib olyapmiz deb o‘ylayman. Optimist bo‘lish zarur ayni kunlarda.
Man Abituriyentman. Imtihonning qoldirilgani bizga õxshagan Abituriyentlarga test sinovlariga yanada chuqurroq tayyorgarlik uchun imkoniyat
Men o'tgan yil o'qishga kirdim. Imtihon jarayoni zo'r o'tdi, odilona! Lekin o'qishga kirganimga ming pushaymon bo'ldim OTMdagi o'qitish tizimini ko'rib. Agar karantindan keyin ham o'qitish tizimini o'zgartrmasa bu OTM padariga la'nat kim o'ylab topgan bo'lsam buni
Imtihonlarni ham uydan turib topshirib qolmaymizmi ish qilib?
Show next 100 comments