Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Man 4 marta 1-avgustda imtihon topshirib kiromaganman😂 2018-yil 2-avgustda topshirib kirdim oliygohga. 1-avgustga duo ketganmi nmadirde hullas😂😂😂
DIYORA
Men 1996- yil 1-avgustda test topshirganman. Testlar oson tushgan. Auditoriyada shunday zich oʻtirganmizki, shovqin-suron ... Bir soddagina qiz tavakkal topshirganmi , barcha savollarini soʻrayvergan, etib turdim, qarasam, manga Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi muallifi kim degan savol tushibdi (shunaqayam oson savol tushadimi). Men hazillashib oʻsha qizga "Mangayam yordamlashing endi bitta savolga qiynalyapman dedim" U savolni oʻqishimni soʻradi, oʻqidim. Variantlariniyam soʻradi, hayron boʻlib, oʻqib berdim . Shunda, "Erkin Vohidov boʻlsa kk" deydi. Ikkalamiz savolning osonligi tushganidan kulamizmi deb "Yordamga" chaqiruvdim, oʻxshamadi. U chindan ham bilmasligini bilmabman. Ikkalamiz talaba boʻldik , bir kursda oʻqidik.
◦•●◉✿Rohatoy✿◉●•◦
Voy hademay 1 oydan keyin o'qish boshlanadiku 3- kursman deb aytolmaymanmi🙄 Har xolda 2- kursni tugatdim online bo'sa ham
Okay, no need to mention that i am confused coz u said u were studying but you ve recently graduated the second course, not u are studying right now, i comprehend so, after a long lockdown u will be studying face-to-face or via online lessons if God wishes, sorry for that
SODIQXO‘JA
1 avgustni yomon kuraman
Ü Ľ K Ë Ñ Ď Ü Ň Ý Ë
Endi nima bo'ladi esdan chiib ketvotti bilimimiz
Yusuf Almurotov
Ассалому алейкум Хуршид ака 1 нарса сорамокчиман мен Россия Федерациясида укийман укишни кочирмокчиман шу йил тест жарайони онлаин болади деп ешиттим шу ростии
Tal'at Hayitov
Mayli yaqinda pandemiya ham tugab qolar 2011 yilda ham imtihon 2 avgustda bo'lgan men ham 1 avgustda imtihonlardan o'tolmaganlardanman😂😂😂😂
1-avgust baribir ajoyib kun edi ahamiyati yuqolmasa kerak hech qachon, chunki ajoyib xotiralar shu kun bilan bog'liq, kocha tola mashinalar taksislar narxi osmonda😂😂😂bular edi
Assalomu-alaykum! 1 avgustni har yili tadbirkorlar orziqib kutishardi. 1 avgust bilan yashaydiganlar son sanoqsiz edi. Endi ko'pchilik uchun armonga aylangan bu kun. Faqat xotiralar qolgan holos.
Dil_Kam
2018 yil 1 avgust kuni ishxonamdan Buxoroga kamandirofkaga ketadigan bolib qoldim. Hamma narsa mani nomimga band qilingan samalyotga bilet, mehmonxona vahokazolar....
Ikki aro yolda qolganman. Rahbarimizga aytsam biz bilmadik sizni yizdirib qoyibmiz bormasangiz ancha harajat bolgan dedi dona dona qilib... Allohga tavakkal qilib bordim. Hayriyat imtihon 5 avgust soat 14:00da boldi ulgurdimu talabalik baxti nasib qilmadi. 2019 yili jaxl qilib o‘qishga topshirmadim. Joriy yil topshirdim. InshaAlloh albatta talaba bo‘laman degan ummiddaman. Bu yil man ohirigi imtihonim bo‘ladi xudo xohlasa.
𝒎𝒂𝒇𝒕𝒖𝒏𝒂
Birinchi marotaba oliy òquv yurtiga topshirganimni esladim shu mavzuni òqib😅😅😅Tongda turib,oilaviy nonushta qilib,dadajonim duo fotixa qilib qizimni omadini bersin deb,yòlga chiqqandik.Asosiy yòllar yopiq,kòchalar juda tirband edi.ertachi chiqqanimizga qaramasdan😀😀😀Dadajonim asabiylashgan imtixonga kechikib qolamiz deb....Ex òsha damlaarr.......
Turmush òrtoģim bilan birga hujjat topshirdik(u paytda turmush òrtoģim emasdilar) Men talaba bòldim, unga nasib etmadi . U paytlari 20 kunlab natija kutardik. Òqishga kirganim ham tatimagandi. Lekin orqamdan yetib kelganlar kelasi yili
Shukr)))
Unday imtixonlar endi qaytmaydi.
1-avgust ham doimgidek ahamiyatini yòqotgan hozir. Bir necha yildan buyon
Ўша мудхиш кунда кўплаб жиноятлар содир бўлар эди
Norova D
24 yil oldin studentlik hayajonini boshimdan õtkazgandim.Õtgan yili õğlim student bõldi Allohimga behisob shukur.
Yaxshi niyat qilaylik InShaAlloh 1-avgust yana õzligiga qaytadi va hayajonli onlar õz õrniga tushib ketadi 🙌
Otgan yili 5 avgustda fargona olimpiya zaxiralari kollejida imtixon topshirdim alxamdulillax talaba boldim afsuski bu yil u kollej karantin zonaga aylantirildi😔😔
таълим ҳам......Кириб кетти. Йуқ тўғрироғи киргизишди
Show next 100 comments