Тестсиз ўтган 1 август
Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!
Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.
Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба
1 август куни тест синовлари ўтказилмади.
Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.
Изоҳларда фикрларингизни кутаман.
👉 @xushnudbek 👈
Imtihon kuni haqida gapiradigan bo'lsa ko'pchilikda kuzatiladigan hayajon manda kuzatilmagan chunki 3 yıl o'qigan jonajon litseyimda bo'lgan shu sababli bemalol bo'lganman. Biz 60 kishilik guruh edik, bor yugi 1 dona Twix chocolate 1 ta ruchka bor edi yonimda, shularnixam olib quyishgandi🤦♀😁 ichkariga kirganimda Odam kop xona to'lib bo'lgan edi, oxirgi partada utirgandim, yonimdagi partaga qarasam bir qiz Arabcha duolar,chocolate, Banan iwqilib bozorli qilib kirgan ekan😂😂😂qoyil qoldim tekshiruvchila qarindowi wekili deb😁 Boshqa bir qiz endi chiqgan 5 mingtaliklarni partani ustiga yoyib tashlagandi nazoratchila korsin deb🤭😁
Iwqilib qiziq voqealar bulgan edi. O'sha 60 kishilik guruhdan 4 kishi kirgan edik o'qishga Sababi bizni yo'nalishga bor yugi 35 kishi qabul qilishar edi. 2tasi o'zimdi kursdoshlarim 1tasi bowqa guruh edi lekin o'sha qiz bn magistrda kursdosh bolib oqidik🙂
Shunday qilib 01.08.2014, birinchi yildan va bir yil oldin(maktabga borishga qiziqganimdan uydegilarim 6 yoshdan maktabga berishgan edi🤓) kirgandim o'qishga, egzamindan chiqgandan Ayajonimga budjet bo'laman aniq degandim lekin 199,6 ball bn kontrakt bulib talaba buliw baxtiga erishgandim☺️
Javobni bilish uchun 15-avgust ertalab kodni yuborgan bo'lsam oqshom 22:10 dan o'tib bilgandim va o'qishga kirdim deb 2 3 marta baqirganimdan uydegilarim uyimizga bomba tushdi deb uylashgan😂😂
01.07.2020 Magistraturani ham tugatdim👩🎓, Allohimga ming shukur va ota onamga 6 yil kontraktga o'qitishganlariga raxmat aytaman😊
Hammaga Talaba bo'lish baxti nasib etsin, Manashu yil barcha Abuturientlar Talaba bo'lishsin ilohim, Good Luck, Hepinize Iyi Şanslar👍🙂
Abituriyent uka va singillarga omad... Unutmang! Omad kuchlilarga kulib boqadi.
Intiluvchan va bilimli talablarga omad tilab qilaman!!!