Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Хакикатни факат хакикатни
Кекса киши бир езувчига езувчи ким деб сурабди
Езувчи бу саволга жавоб бера олмабди.
Шунда кекса киши у халк виждони деган экан.
Хозир журналист ва блогерларга саволлар тугилаяпти
Журналист блогерлар ким
2016- yil 1-avgust. imtihonga kirayotganimda zinada qoqilib tushganman.(O'zDJTU zdaniyasida) oshanda ozimga ozim ,- boldi zinada yiqildim endi o'qishdan yiqilmiman deb xonaga kirganman. Allohga shukur haqiqatda kirganman o'qishga . Bu yil esa o'qishni tamomladim. Tilagim hamma hamma , haqiqatda abiturientlik mashaqqatlarini tortgan, kechalari uxlamasdan tayyorlangan abiturientlarga omad, talaba bo'lish nasib qilsin ilohim
Mana men shu yil Oliy ta'lim dargohini tamomladim. Pandemiya davrida o'qishlar ham o'zgacha bo'lib ketdi. Diplomlarni ham oldik rasmda busayam. Ening muhimi inson tuhtab qosmaligi abituriyentlarmizga ko'ngillarni chuktirmasdan uyda qoling sifatli ta'lim olishga tilakdoshman. Inson tafakurini boyitadigan narsa bu, olingan bilimlarni doimo takrorlab turish shunda u jozibasini aslo yuqotmaydi.
Abituriyentlaga omad tilaymiz!
Хааа 1- август 2014 -йил укишга кирганман 2- уринишда СамМИга
Bizagayam nasib qisin imtihonga kirib student bo'lish. Lekn nma bogandayam sogligimiz birinchi orinda
адашмасам кайсидир йили имтихон 2-августда болганди
1 avgust 30 minutdek utib ketardi. Lekin 31 iyulda ertalab bulishi qiyin edi
1 avgustda simichkachi, qarovul,o'qutuvchi, shifokor, taksichi,kvartirachi,kisrakopiyachi,sapochnik,.....
,.....,....., hamma hamma beznes qilardi
Qarovul O'ZI bilmasdan binoga 10 ta 15 ta bolani quliflab quyganda adashib ketgan
bu yil imtihon bularmikin uzi
Хабибахон Неъматуллаевна
Ассалому-алайкум Хушнудбек. Мен фарзандимни немис тили йуналишидан, инглиз тили йуналишига утказмокчиман. Илтимос кандай хужжатлар тайёрлайман. НамДУнинг немис тили филологиясида укийди. Шу Университетитнинг инглиз тили филологиясига утказмокчиман. Олдиндан рахмат
Ertalab 4 da turib , amakimni moshinlarini moyka qildim ( imtihonga olib borishlari un va ertalab 6 da turishlari un ) qishloqni havosidan to'yib nafas olib , anjir terib yedim , uzum bn shaftoli yedim , eng birinchi bo'lib borgandim 346 xonaning 3 nomerli stoliga o'tirgandim, ertalab birinchi borganim un qoruvulla bilan birga yong'in xavfsizligi nabor shkafini olib chiqishga yordam bergandim , eng oxirida 6 ta bola qolganimizda jismoniy tarbiya o'qituvchisi ( nazoratchi) ona tilidan 2 ta testimga yordam bergandi , ertalab choy ichmay kelgan ekan tezroq bo'l deb qistagandi man bilan bir musiqa maktabini bitirgan bola o'tirgandi , uni ham chorni listidan foydalangandim , hali ham esimda fizika xonasi edi 7 sonli maktab , eski sovet davrida qurilgan xo'roz rasmli soat , matematikamni 26 minutda ishlab bo'lib 35 minutda qayta yechib chiquvdim bunchalik oson bo'lishi mumkin emas deb , orqamdagi chiroyli shaharlik qiz pasportini ichiga 300 $ solib kelgan ekan , odam qidirdi 1 soatcha topolmadi , hich narsa yechmasdan chiqib ketti , ketayotganimda bibimni duo qilganlari esimga tushib nmagadur usha sinf oldida to'xtab kalima qaytardim , 31 kishidan 27 kishi kelgan edi imtihonga 346 guruhga , keyin bilsam bitta man kiribman usha xonadan . O'qishag kirganimni bilganimdan kyn qishlog'imgacha taksida ketmoqchidim lkn kantraktga kirganim un sekin avtobusga mindim😋😋. Usha payt dadamga tel qildim kirdim keling qo'chqorni so'yavering deb , ayamga ham aytdim dadam keloptila man kirdim kantraktga mehmonga chaqiring hammani deb , ammo uyga kelganimda uy qulf edi 🤣🤣🤣🤣 usha payt domlam tel qildila sani otang so'rayoptila o'qishga kirdim deyopti bu rostdanmi deb 😆😆😆 hammadan oldin tog'am keldila ikkita 0.5 ko'tarib ( vin zavodda ishlardila ) bibim keldila taziya ketgan ekanla . Dadam ishxonalaridagila bn keldila , hozir 3 kursni bitirdim , buxgalter bo'lib ishlayapman. Kitoblarimni jiyanlarimga tarqatib yubordim . Kanspekt daftarlarimni op qoldim ukamga deb , lkn ukam o'qimaydi baribir
Тест качонга белгиланиши кутиляпти
Assalomu aleykum Xushnudbek aka, hamma Abituriyentlar diqqat markazida shu test qachon degan savol ? Rostan ham qachon yurak siqilib ketdi kitobni qaysi betini oqishni bilmay odam halak
Nurmuhammadjon
Assalomu alaykum men Samarqand viloyati Kattaqòrģon tumanidanman yoshim 38 da albatta bu kunni eslamay iloji yòq òsha kuni ertalabdan turib Buxoroga yòl oldim ketish vaqtimda faqat Allodan ishlarimni òngidan keltir deb ibadat qilib ketdim testga kirar choģimda albatta hayajon bosgandi imtixondan chiqib kechgi soat 8 larda uyimga keldim talaba bòlganimni eshitgan vaqtim umuman ishonmasdim nahotki deb yiģlab yuborgandim chunki 2 marota òqishga kirolmagandim bu 3 chisi edi talabalar qatorida 11 òrinda kirgandim hozir Buxoro davlat unversitetini 1 kòrsni bitirib oldim
Assalomu alaykum , nimasini aytasiz Xushnud aka, esingizda bo'lsa o'sha testga yaqin kunlari sizga 1ta xabarni o'qisin deb 50 martalab yuborgandim ,siz esa xabarlarimga javob yozib ohirida ''ming marta yozish shart emas edi '' deb yozib yuborgandiz. Raqamingizga qo'ng'iroq qilganlarimchi ehheee .
Show next 100 comments