Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Хабибахон Неъматуллаевна
Ассалому-алайкум Хушнудбек. Мен фарзандимни немис тили йуналишидан, инглиз тили йуналишига утказмокчиман. Илтимос кандай хужжатлар тайёрлайман. НамДУнинг немис тили филологиясида укийди. Шу Университетитнинг инглиз тили филологиясига утказмокчиман. Олдиндан рахмат
Ertalab 4 da turib , amakimni moshinlarini moyka qildim ( imtihonga olib borishlari un va ertalab 6 da turishlari un ) qishloqni havosidan to'yib nafas olib , anjir terib yedim , uzum bn shaftoli yedim , eng birinchi bo'lib borgandim 346 xonaning 3 nomerli stoliga o'tirgandim, ertalab birinchi borganim un qoruvulla bilan birga yong'in xavfsizligi nabor shkafini olib chiqishga yordam bergandim , eng oxirida 6 ta bola qolganimizda jismoniy tarbiya o'qituvchisi ( nazoratchi) ona tilidan 2 ta testimga yordam bergandi , ertalab choy ichmay kelgan ekan tezroq bo'l deb qistagandi man bilan bir musiqa maktabini bitirgan bola o'tirgandi , uni ham chorni listidan foydalangandim , hali ham esimda fizika xonasi edi 7 sonli maktab , eski sovet davrida qurilgan xo'roz rasmli soat , matematikamni 26 minutda ishlab bo'lib 35 minutda qayta yechib chiquvdim bunchalik oson bo'lishi mumkin emas deb , orqamdagi chiroyli shaharlik qiz pasportini ichiga 300 $ solib kelgan ekan , odam qidirdi 1 soatcha topolmadi , hich narsa yechmasdan chiqib ketti , ketayotganimda bibimni duo qilganlari esimga tushib nmagadur usha sinf oldida to'xtab kalima qaytardim , 31 kishidan 27 kishi kelgan edi imtihonga 346 guruhga , keyin bilsam bitta man kiribman usha xonadan . O'qishag kirganimni bilganimdan kyn qishlog'imgacha taksida ketmoqchidim lkn kantraktga kirganim un sekin avtobusga mindim😋😋. Usha payt dadamga tel qildim kirdim keling qo'chqorni so'yavering deb , ayamga ham aytdim dadam keloptila man kirdim kantraktga mehmonga chaqiring hammani deb , ammo uyga kelganimda uy qulf edi 🤣🤣🤣🤣 usha payt domlam tel qildila sani otang so'rayoptila o'qishga kirdim deyopti bu rostdanmi deb 😆😆😆 hammadan oldin tog'am keldila ikkita 0.5 ko'tarib ( vin zavodda ishlardila ) bibim keldila taziya ketgan ekanla . Dadam ishxonalaridagila bn keldila , hozir 3 kursni bitirdim , buxgalter bo'lib ishlayapman. Kitoblarimni jiyanlarimga tarqatib yubordim . Kanspekt daftarlarimni op qoldim ukamga deb , lkn ukam o'qimaydi baribir
Тест качонга белгиланиши кутиляпти
Assalomu aleykum Xushnudbek aka, hamma Abituriyentlar diqqat markazida shu test qachon degan savol ? Rostan ham qachon yurak siqilib ketdi kitobni qaysi betini oqishni bilmay odam halak
Nurmuhammadjon
Assalomu alaykum men Samarqand viloyati Kattaqòrģon tumanidanman yoshim 38 da albatta bu kunni eslamay iloji yòq òsha kuni ertalabdan turib Buxoroga yòl oldim ketish vaqtimda faqat Allodan ishlarimni òngidan keltir deb ibadat qilib ketdim testga kirar choģimda albatta hayajon bosgandi imtixondan chiqib kechgi soat 8 larda uyimga keldim talaba bòlganimni eshitgan vaqtim umuman ishonmasdim nahotki deb yiģlab yuborgandim chunki 2 marota òqishga kirolmagandim bu 3 chisi edi talabalar qatorida 11 òrinda kirgandim hozir Buxoro davlat unversitetini 1 kòrsni bitirib oldim
Assalomu alaykum , nimasini aytasiz Xushnud aka, esingizda bo'lsa o'sha testga yaqin kunlari sizga 1ta xabarni o'qisin deb 50 martalab yuborgandim ,siz esa xabarlarimga javob yozib ohirida ''ming marta yozish shart emas edi '' deb yozib yuborgandiz. Raqamingizga qo'ng'iroq qilganlarimchi ehheee .
Xammasidan ham o'qishga kiraman dep rosa tayyorlanip, xujjat topshirip, imtohon bo'lishini kutayotgan uka singillarimizga achinip ketyapman(imtihonga albatta va òqishga anniq kirasiz☺sabr tagi yashil Grant)grantga kirsangiz yashil rangda yoziladi😁
🎓Magistr🎓Abdullaeva🎓
1-avgust Internet va SMS dam oladigan kun edi😁 Imtihon kuni haqida gapiradigan bo'lsa ko'pchilikda kuzatiladigan hayajon manda kuzatilmagan chunki 3 yıl o'qigan jonajon litseyimda bo'lgan shu sababli bemalol bo'lganman. Biz 60 kishilik guruh edik, bor yugi 1 dona Twix chocolate 1 ta ruchka bor edi yonimda, shularnixam olib quyishgandi🤦‍♀😁 ichkariga kirganimda Odam kop xona to'lib bo'lgan edi, oxirgi partada utirgandim, yonimdagi partaga qarasam bir qiz Arabcha duolar,chocolate, Banan iwqilib bozorli qilib kirgan ekan😂😂😂qoyil qoldim tekshiruvchila qarindowi wekili deb😁 Boshqa bir qiz endi chiqgan 5 mingtaliklarni partani ustiga yoyib tashlagandi nazoratchila korsin deb🤭😁 Iwqilib qiziq voqealar bulgan edi. O'sha 60 kishilik guruhdan 4 kishi kirgan edik o'qishga Sababi bizni yo'nalishga bor yugi 35 kishi qabul qilishar edi. 2tasi o'zimdi kursdoshlarim 1tasi bowqa guruh edi lekin o'sha qiz bn magistrda kursdosh bolib oqidik🙂 Shunday qilib 01.08.2014, birinchi yildan va bir yil oldin(maktabga borishga qiziqganimdan uydegilarim 6 yoshdan maktabga berishgan edi🤓) kirgandim o'qishga, egzamindan chiqgandan Ayajonimga budjet bo'laman aniq degandim lekin 199,6 ball bn kontrakt bulib talaba buliw baxtiga erishgandim☺️ Javobni bilish uchun 15-avgust ertalab kodni yuborgan bo'lsam oqshom 22:10 dan o'tib bilgandim va o'qishga kirdim deb 2 3 marta baqirganimdan uydegilarim uyimizga bomba tushdi deb uylashgan😂😂 01.07.2020 Magistraturani ham tugatdim👩‍🎓, Allohimga ming shukur va ota onamga 6 yil kontraktga o'qitishganlariga raxmat aytaman😊 Hammaga Talaba bo'lish baxti nasib etsin, Manashu yil barcha Abuturientlar Talaba bo'lishsin ilohim, Good Luck, Hepinize Iyi Şanslar👍🙂
👍👍👍
Men 3 yil topshirib 3 yil eng oxirgi urinda kontrakga kirganman.
4 yil topshirib kirolmaganman shundan kegi bu yil topshirmadim lekn afsuslanmiman hozirgi ishxonamda diplomszam yaxshigina hurmatim bor 4 yil insituta oqigan odam hozir haydovchi bolib ishga kirdi diplom boyicha ishlamaganmisz dsam tanish bilosh bomi qoldi dgan deme diplomimzam oquv metodlarimzam hozir 1 tiynga qimmat dsegam boladi.
Шу вирус хам жонга тегди😏🤤👿
Abrоrjon Mavlyanov
Ассалому алейкум хаммага мен Сирдарёданман ўқишга кираман деб 5 йил харакат қилганман охирги йиллар бозорда ишлардим бўш вақтда таксичилик қилардим ўқишга енди киролмасам керак деб ўйлардим лекин ўтган йили абутрентларди машинамда миндириб юрганимда қизиқиб мен хам ўқишга дакумент топширдим омадим келиб Жиззах палитехникага ўқишга кирдим хозирда 2курсман
SHAMSIDDINOVA
Assalomu alaykum, telegramdagi man tanimagan kursdoshlarim! Bugun 4 oy masofaviy ta'limda õqiganimiz-u, faqat kanspekt qilib daftar tõldirganimiz esimga tushib ketdi. Hamma viloyatlardagi masofaviy ta'lim xuddi shundaymii? Yana eng qiziģi yakuniy baholarimizni hamma õqtuvchilar õz bilganicha qõyadi, na test javobiga qaraydi na 4 oy yozgan kanspektlarimizgaa😒😒
Qoyile 2ci avgust kuniga kanalzga post tashlamadz
BAXTIYOROV JALOLBEK
Xozir shu xaqda o'ylagandim sog' salomat bo'lsalar bo'ldi vaqtlari bo'lmagandur
Salamat Beristenov
Assalawma aleykum Xushnudbek ag'a!
Bundan 6 yil burin studentlik baxtiga erishgandim Xudoga shukur!!!
Sizningda bunga hissangiz qoshilgan...
TDYU ga hujjatlarimni topshirganimda arzimas narsa uchun "ZOR DOMLA" hujjatimni qabul qilmagandi...
Bir kun o'tib yana keldim...
Bu safari Xudo qollab Sizga hujjatlarimni topshirish tasib qildi...
Samimiy kutib olib ancha gaplashdik...
Men Sizni TV orqali Zakovot sababli tanirdim...
Hujjatlarimdi qabul qilib... o'qishga kirasiz o'qiysizmi dedingiz...
Men bolsam kontrakt bolsam o'qimayman...
Kelasi yili IIV Akademiyasiga topshiraman degandim...
Yo unaqa demang hammagada nasib qilmaydi o'qishga kirish dep Yurisprudensiyaning imkoniyatlarin aytib o'tgan edingiz...
Hujjatlarimni topshirib xurshand bolib kv ga qaytgandim...
Oradan 1 hafta o'tgannan keyin telefonimga qongiroq keldi... eshitsam tanish, mayin ovoz, Salamat sizmi... xa...
2 inchi yonalishga ariza yozib berib keting...
Qoraqalpoq davlat universiteti yurisprudensiya yonalishiga... TDYU ga ballingiz etmasa, Qoraqalpoqda o'qiysiz deb...
Men arizamdi yozdim...
Testdan 174,9 balla bilan Qoraqalpoq davlat universitetiga kontrakt asosida oqishga qabul qilindim Xudoga shukur!!!
Shu yili (2014)TDYU kirish 182.9 ball bolgandi.
Ho'zirgi paytda o'qishni dugatib Davlat ishida ishlayapman... Sizni TV da siyosiy jarayonlarda "Zakovot" da ko'rganimda Menga shu Insonning yordami tekkan deb Ota-onama maqtab ko'rsataman... dostlarimga, xullas yonimda kim bolsa, hammaga maqtab aytaman...
Nasib qilib ko'rishib qolsak ag'a...
Qolgan qiziqlarinda aytib, raxmat aytish nasib qilsin!
Ishlaringizga omad, omon boling!!
Hurmat bilan S.O.Beristenov
Qoraqalpog'iston Respublikasi Chimboy tumani A.Temur ko'chasi 2-uy.
Tel: 93 777 23 45
R.S
Ag'a bilasizmi shu yili "Zor Domla" hujjatlarimni qabul qilmaganida, shu kuni Milliy universitetga tarixga hujjatlarimni topshirishga borib, arizalarimni toldirib bersam, arizamni qolimga qoytarib berdi... nimaga desam siz xizmatga borgan ekansiz imkoniyatingiz ko'p boshqa o'qishga topshiring iltimos. Menga shu paytda Onalik maslahatini bergan domlagada katta raxmat aytmoqchiman!!!
Shu arizamni ho'zirgasha estalik ushin asrab qoyibman... Xuda haqlasa General bolganimda ko'rsataman deb...
Dunyada yaxshi insonlar bolgani uchunda omonmiz... Ulug' kunda Sizga hamda Onalik maslahatin bergan Ustozgada katta raxmat aytaman!
Xudo yor bolsin!!!
Ман биринчи йилдан биринчи урин буджет кирдим .утган йили
Zuxriddin Mo'minov
hozir men 3 kurs talabasiman.Qizg'i yana tibbiyot oliygohiga hujjat topshirdim😁😁ham talaba ham abituriyentman
Show next 94 comments