Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Assalom alikum xushnud aka yaxshimiss rost 1-avgustni qadri rossa balland EDI endi esa ha mayli nassib xuddo xolasa yaxshi bb ketar insha ollox...
Ассалом алейкум хурматли Хушнуд ака сиздан бир илтимо сардоба ахли хозирги вакта кайерда ва кандай кун кечирмокда шулар хакида хам бир малумот бериб утинг агар иложи буса
.......
Assalomu alaykum manga bu kanal judam xam yoqadi sababi foydali malumotlar bor bu uchun Xushnud aka kotta raxmat
O'tgan yil haqiqatan menga omadli keldi. Abiturientlarga omad. Siqilmang, hammasi yaxahi bo'ladi, inshaolloh. Xushnud aka, kattakon rahmat szga. Menga kanalizning kuuuuup yordami tekkan
Assalomu alaykum. Haqiqattan 1 avgust nimalarni yodga solmiydi. Shaxsan men 7 yil 1vagust sanasidan qo'rqar yomon xotiralar bn eslar edim. Ollohga shukrki 2017 yil 1avgust men uchun eng omadli yil bo'ldi. Men "Talaba" bo"ldim. Menga bu kanal yoqadi. Faqatgina yoshlar soxalarida emas balkim har bir sohada foydali va kerakli kanal. RaxmaT sizga.! Ishingizga omad.!
Zoirbek
🎓A.S.Y🎓
O'tgan yil haqiqatan menga omadli keldi. Abiturientlarga omad. Siqilmang, hammasi yaxahi bo'ladi, inshaolloh. Xushnud aka, kattakon rahmat szga. Menga kanalizning kuuuuup yordami tekkan
Assalomu alaykum Xushnutbek to'g'ri etdiz 1-avgust kuniqadri juda ham bilindi ayniqsa menga negaki sirtqi bo'limlari ochilganidan beri ma'lumotimni oliy qilishga harakat qildim bazi sabablarga ko'ra hujjat topshira olmagandim shu o'quv yilida hujjat topshirgandim imtihonni juda ham kuchli hayajon bilan kutayotgan edim lekin...... Ha mayli kech bo'lsa ham nasib qilib qolar Allohdan astoydil so'rayapman men ham oliy o'quv yurtida taxsil olishni va shu zolim kasallikni yo'qolishi Inshaalloh
Assalomu alaykum
Magistratura imtihoni qay tartibda o‘tkaziladi
Собитали Собиров
Хушнудбек нима учун ички ишлар академияси бошка олийгохлардан фаркли уларок сухбат тизимига кайтган. Сухбат тизими коррупцияни уясику. Тест синовига кайтиш керак ички ишларда хам адолат булса яхши буларди.
otgan yili oldinda otirgan abuturient qiz qulogini uwlayverganidan imtihonga masul hodimla kelib qulogini tekwiraveriwdi tekwraveriwdi ohri akt qilib chiqarvoriwdi azgincha shubha bolganni akt qilaveriwgan edi zor otgan edi imtihonla
SAYYORA Daminova
Salom magistraturaga kirish imtihonlari qachondan boladi qayerdan bilsam boladi qaysidir saytda 3avgustdan 20avgustgacha bolib otadi deb oqigandim lekin jim
Ассалому алейкум Хушнудбек ака 1августни интиклик билан кутаётгандик.1йиллик мехнатларимиз самарасини курамиз дб... Хаммага омад Иншо оллох бу синовлардан утб оламиз
❄GULRUX OTAJONOVNA👨‍👩‍👧‍👧❄
Salom hammaga. 1-avgust xotiralalari hech qachon esdan chiqmaydi. Imtihondan chiqsam dadam quchog'ini ochib kutib oldilar ularni quchoqlab men qantraq kiraman deb yig'lagandim o'shanda. Rostanam qantraq kirdim. Dadam xaligacha aytadilar grant desang bo'masmidi deb. Har kim yuragi sezadiku o'zi grantmi qantraqmi
Sirojiddinov Muhriddin
Salom hammaga. Xushnud aka bu yil 1 avgustda test birinchi marta emas 2 marta bulmayapti. 2011 yil 2 avgust kuni bulgan testlar. Men usha yili talabalik baxtiga muyassar bulganim uchun hech qachon yodimdan chiqmaydi. Ushanda imtixondan chiqqanimda dadam eng oxirida chiqdingov bolam deb kutib olgandi😉😉😉
Assalomalekum va raxmatulloxu va barokatux. Qoyil esezda ekan
Assalom alaykum! 1- avgust haqida o'ylasam haligacha yuragim tez ura boshlaydi men o'zim 4 marta imtixonga kirganman🙈 va to'rtinchi marta 2015 -yilda talaba bo'lish nasib qilgan Allohimga behisob shkurlar bo'lsin hozir endi magistraturaning 2-bosqich talabasiman 😊. 3-marta imtixonga kirganimda dugonam bn borganman sumkalarim va pullarimni dugonamga berib ketsam u ham meni kutmasdan uyiga ketib qolibdi imtixon tugap chiqsam hech qayerda yo'q shu yerda yurgan odamlardan telefon topdim va tel qilsam allaqachon ketdim man bir amllab o'zing kelaver dedi shu uygacha zo'rg'a yetib keganman o'sha payti.
Assalom-u alaykum! Aslini olganda abituriyent sifatida JIDUning huquq yo‘nalishiga litsey davridan boshlab 4 yil tayyorlanganman. Ammo uydagilarni o‘ylab, har holda grantga kirish imkoniyati sal bo‘lsa-da yuqoriroq bo‘ladi deb hujjatlarimni TDYUga topshirganman. Birinchi avgust kuni testlarda umuman qiynalmadim. Imtihon "Uzekspomarkaz" sahnida risoladagidek o‘tdi. Men faqat 226.8 ballni orzu qilardim, aytishadi-ku: "Tog‘dek so‘rasang, qirdek beradi", deb, berdi, 217.3 ball bilan to‘lov-shartnoma orqali o‘qishga kirish baxtini berdi! Ammo natijalarim chiqqan kuni grandning boshlanishi 257 ball bo‘ib ketganini eshitib xursand bo‘lish o‘rniga rosa yig‘laganman. Balki noshukrlik qilgandirman o‘shanda, balki ich-ichimdan grand asosida kirishimga ishonchim yuqori bo‘lgani uchundir...Nolimayman, shundan beri o‘sha dargohda ta’lim olib kelyapman, Allohga shukr! Faqat bir istagim, hech bo‘lmasa shu yili pandemiya sharoitida kontrakt masalasida yengilik berilsa yaxshi bo‘lardi...Mavzudan sal chetlashganim uchun uzr!
Салом, Хушнудбекжон. Ҳар учала фарзандимни 1-август билан боғлиқ хотиралари бор. Катта ўғлим имтиҳонга телефонсиз кираётганини эшитиб, жуда койиб берганман«. Имтиҳонга ҳам телефонсиз кириб бўладими» деб😂. Иккинчи ўғлим имтиҳондан энг охирги чиқди. Кутиб-кутиб нима ҳаёлларга бормадим, чунки дипломатияга топширган эди-да. Учинчи фарзандим ўтган йили 6-август куни имтиҳонга кирди ва у ҳам, Оллоҳга шукур, ўқишга кирди. Нимагадир ирим қилдим: мен суҳбатлашиб қолган икки киши ҳамшаҳарим бўлиб чиқди, учинчиси бошқа тумандан бўлиб чиқди (тасаввур қилинг, бутун республикадан келган одамлардан вилоятдошларим билан учрашиб қолганман»). Кейин билсам, қизим биология ва она тилидан 30тадан ишлаган, кмё 28та бўлиб қолган.😂
﷽Nilufaroy﷽
1 avgustni 1 yildan beri intiqib kutardim. Afsus nasib emas ekan, ishonamanki vaqtida imtixon bo‘lmasa ham bu yil talabalik baxtiga hamma abuturent erishadi. Insha allah. Balki hammasi yaxshilikkadur😊
Бир пайтлар ўқишга киритаман деб юрганларнинг саноғи бўлмасди.
Show next 58 comments