This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Заковат”га савол йўллаб, пул ишлаш ҳақида икки оғиз

Ақл билан даромад олишнинг ёмон жойи йўқ-ку, тўғрими?

Ўтган йилдан бошлаб “Заковат” интеллектуал кўрсатувига мантиқий ва қизиқарли савол йўллаган телетомошабинларни рағбатлантириш бошланди. Жорий йилда эса “Капиталбанк” ҳомийлигида бу янада юқори даражага кўтарилди. Ҳар ўйинда жами 25 млн сўмлик пул ютуқлари ўйналмоқда. Йил якунида эса йилнинг энг яхши саволига 100 млн сўм❗️ пул мукофоти қўйилади.

Масалан, охирги ўйинда Каттақўрғондан Мирсоҳиб Қувоновнинг Амир Темур ва Бибихоним ҳақидаги саволи томошабинларга олтинчи очкони олиб келгани учун 6 млн сўм, ўйинда энг яхши савол деб топилгани учун яна 5 млн сўм, жами 11 млн сўм пул ишлаб олди. Битта савол ортидан минг доллардан кўпроқ пул топиш зўр-ку, шундай эмасми?

Сиз ҳам “Заковат”га савол йўлланг. Фақат у ҳамма билган, сийқаси чиққан маълумотлардан бўлмасин. Теша тегмаган китоб ва манбалардан бўлсин.

Савол юбориш шартлари @zakovat каналида ёзилган.

Юқоридаги савол жавоби эса бу ерда.


👉 @xushnudbek 👈

108 comments

Show 31 more comments
SAID RAHMON
Zilola Shamiyeva
Toʻgʻri balki tanish bilishdir. Masalan, oʻtgan haftadagi lift savolini javobi mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Lekin olishgan u savolni. Menimcha, bilimdonlar ham bu savolni javobini eshitib hayron qolishgani yuzlaridan ayon edi.
Мен шу саволнинг жавоби саволга тўғри келмайди деб ўйлайман. Агар жавоб тўғри бўлса, ёки тоқ ёки жуфт рақамли қаватларда умуман инсонлар яшамаслиги керак, аслида эса инсонлар яшамаслиги мантиқга тўғри келмайди.
Assalomu alaykum .Zakovatga savol yo'llab ko'rdim.Savol qabul qilindi, savolim zakovatda qo'yilsa men bilan bog'lanishar ekan.Hammaga omad!
ZAKOVAT ga savol yõllayotganlar!
Savol yõllaganingizda ma'noli va mantiqliroq qilib tuzsangiz maqsadga muvofiq bõladi albatta. Savolingiz qabul qilingan yoki qabul qilinmaganligi, savoldagi kamchiliklar haqida sizga ma'lumot berishmaydi. Sababi õylab kôring savol jônatayotgan har bir odamga birma bir javob qaytarib chiqishni ôzi bôlmaydi. Agar kimlarni savollari qabul qilinganligini kõrmoqchi bõlsangizlar Telegramdagi ZAKOVAT kanaliga a'zo bõlib olinglar.
Savol jônatish shartlari berilgan ularni ham yoddan chiqarmasdan tõliq qilib bir yaxshi savol jõnatsangiz In Shaa Alloh savolingiz Zakovat õyinlariga qõyiladi.

Barchaga omad tilayman!
Xushnudbek
Zamonaviy dunyoda e-maildan foydalanish qiyin degan odam sal uyalishi kerak. Bu intellektual o’yin. Agar kimdir e-maildan foydalanishni bilmasa, o’rgansin. O’rganishni xohlamasa yoki qanday o’rganishni ham bilmasa, pochtadan savol yuborsin. Agar na unisini, na bunisi qilishga hafsalasi bo’lmasa, savol yubormay qo’ya qolsin.
Assalom aleykum Xushnud aka savolni e-maildan yuboryapmiz ammo savolimiz zakovat.tv e-mailiga borib tushdimi yoqmi bilmayapmiz komisiyadan o'tgan-o'tmaganimas hech bo'lmasa borib tushgani belgisini berishsa yaxshi bo'lardi menimcha.Balkim buning uchun yuqoridagi telegram.bot taklifini o'ylab ko'rish kerakdir.
𝑷𝒂𝒓𝒗𝒊𝒏𝒂 𝑬𝒓𝒌𝒊𝒏𝒐𝒗𝒂
Haa rahmat kattakon siz hech savol yuborganmisiz
In Shaa Alloh nasib qilsa endi jõnataman
Man Online zakovatda berganman õzimni savollarimni shu sababli yangi savollar tuzib keyin jõnataman
Yangi ma'lumotlar lozim yangi savollar uchun
Assalomu alaykum yaxshimisizlar zakovatga qanday qilib qayerdan savol jo'natsa bo'ladi menga tushuntirib yuboringlar iltimos telegram manzilim
@ubaydulloh07
Ассалому алайкум мен заковат телеуйинини маза килиб кураман
Лекин сизлардан битта илтимос заковатда болаларга хос топишмоклар хам уйналиб юборган вактлар булаяпти
илтимос аник бир мантиксиз, факат ухшатишларга суяниб бериладиган топишмокларни бермасанглар яхши буларди.
Salom. Zakovat ko‘rsatuvini miriqib ko‘raman. Darhaqiqat ko‘rsatuv juda qiziqarli. Ijodkorlarga katta raxmat.
Usta
Online zakovat qanaqa u
Ijtimoiy tarmoqlardagi zakovat õyinlari.
Hamma ham real zakovatda ishtirok etolmasligi mumkin, lekin Online Zakovatda ishtirok etsa bõladi.
Masalan, bunga Telegram guruhlarda va kanallardagi kichik turnirlar misol bõla oladi. Bunda sizga savol jônatsangiz yoki turnirda ğolib bõlsangiz katta sovrinlar berilmasligi mumkin lekin Online zakovatda ham zavq uchun qatnashish mumkin, shunchaki õziz uchun ishtirok etishiz mumkin. Shu orqali ham qiziqarli ma'lumotlarni olish, qidirish orqali kõp narsalarga ega böladi inson. Albatta oldi qochdilardan yiroqroq bõlish ham lozim
Bu Real Zakovatdagi kabi hayajonli lahzalar bermasligi mumkindir lekin bunda ham yaxshi holatlar bor.
Alloh Buyukdur. Allohni Seving
Zakovat oyini xaftasiga 1 marta oynaladimi?
Va qaysi kuni oynaladi?
Assalomu aleykum. Xushnudbek aka zakovatga yo'llagan savollarni qabul qilingan haqida qanaqa qilib bilsa bo'ladi. Iltimos shu haqida qisqacha ma'lumot bersangiz
Таклиф,берилган саволларни қабул қилинди,ўйналади ёки ўйналмайди,деган жавоб беришни йўлга қўйишкерак
Show next 56 comments