This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Заковат”га савол йўллаб, пул ишлаш ҳақида икки оғиз

Ақл билан даромад олишнинг ёмон жойи йўқ-ку, тўғрими?

Ўтган йилдан бошлаб “Заковат” интеллектуал кўрсатувига мантиқий ва қизиқарли савол йўллаган телетомошабинларни рағбатлантириш бошланди. Жорий йилда эса “Капиталбанк” ҳомийлигида бу янада юқори даражага кўтарилди. Ҳар ўйинда жами 25 млн сўмлик пул ютуқлари ўйналмоқда. Йил якунида эса йилнинг энг яхши саволига 100 млн сўм❗️ пул мукофоти қўйилади.

Масалан, охирги ўйинда Каттақўрғондан Мирсоҳиб Қувоновнинг Амир Темур ва Бибихоним ҳақидаги саволи томошабинларга олтинчи очкони олиб келгани учун 6 млн сўм, ўйинда энг яхши савол деб топилгани учун яна 5 млн сўм, жами 11 млн сўм пул ишлаб олди. Битта савол ортидан минг доллардан кўпроқ пул топиш зўр-ку, шундай эмасми?

Сиз ҳам “Заковат”га савол йўлланг. Фақат у ҳамма билган, сийқаси чиққан маълумотлардан бўлмасин. Теша тегмаган китоб ва манбалардан бўлсин.

Савол юбориш шартлари @zakovat каналида ёзилган.

Юқоридаги савол жавоби эса бу ерда.


👉 @xushnudbek 👈

108 comments

Show 44 more comments
Usta
Online zakovat qanaqa u
Ijtimoiy tarmoqlardagi zakovat õyinlari.
Hamma ham real zakovatda ishtirok etolmasligi mumkin, lekin Online Zakovatda ishtirok etsa bõladi.
Masalan, bunga Telegram guruhlarda va kanallardagi kichik turnirlar misol bõla oladi. Bunda sizga savol jônatsangiz yoki turnirda ğolib bõlsangiz katta sovrinlar berilmasligi mumkin lekin Online zakovatda ham zavq uchun qatnashish mumkin, shunchaki õziz uchun ishtirok etishiz mumkin. Shu orqali ham qiziqarli ma'lumotlarni olish, qidirish orqali kõp narsalarga ega böladi inson. Albatta oldi qochdilardan yiroqroq bõlish ham lozim
Bu Real Zakovatdagi kabi hayajonli lahzalar bermasligi mumkindir lekin bunda ham yaxshi holatlar bor.
Alloh Buyukdur. Allohni Seving
Zakovat oyini xaftasiga 1 marta oynaladimi?
Va qaysi kuni oynaladi?
Assalomu aleykum. Xushnudbek aka zakovatga yo'llagan savollarni qabul qilingan haqida qanaqa qilib bilsa bo'ladi. Iltimos shu haqida qisqacha ma'lumot bersangiz
Таклиф,берилган саволларни қабул қилинди,ўйналади ёки ўйналмайди,деган жавоб беришни йўлга қўйишкерак
Zakovat zo‘r o‘yin👍👍
зокироввна)
Assalomu aleykum hamma tanish-bilish debdi, lekin unaqaga oʻxshamaydi, hecham sizlar 2 marta joʻnatib boʻlmaydi deb notoʻgʻri fikr yuritib koʻrsatuvni qoralamanglar. Oʻtgan safargi koʻrsatuvda koʻrgan boʻlsanggizlar agar 50 martadan koʻp joʻnatishganini aytishdi. Maqsadga erishmasdan turib ortga qaytmang!
DIYORJON
Assalomu alaykum hammaga omad
Assalomu alaykum
Xushnid aka savolni qaysi kanalga yuborish kk
зокироввна)
#
Assalomu alaykum Xushnid aka savolni qaysi kanalga yuborish kk
@zakovat деб ёзинг тг поискка, хамма маьлумот берлгану
🇺🇿Shuxratbek 🌍
Sovol yollash pullikmi. Misol jonatkan savolimdi 2 yil oldin oynalgan bolsayu.xozi yana jonatsam boladimi
Assalomu alaykum menga Xushnudbekni nomeri kerak edi savollarim bor edi
Assalomu alaykum. Savol yo'llgandan keyin qabul qilingan yoki qilinmaganligini qanday bilsa bo'ladi
O‘yinni ko‘rdim zo‘rbo‘ldi👍
XUSHNUD AKA ISHLARIZGA FAQAT VA FAQAT OMOD!!!!!!!!!!
Show next 43 comments