This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Заковат”га савол йўллаб, пул ишлаш ҳақида икки оғиз

Ақл билан даромад олишнинг ёмон жойи йўқ-ку, тўғрими?

Ўтган йилдан бошлаб “Заковат” интеллектуал кўрсатувига мантиқий ва қизиқарли савол йўллаган телетомошабинларни рағбатлантириш бошланди. Жорий йилда эса “Капиталбанк” ҳомийлигида бу янада юқори даражага кўтарилди. Ҳар ўйинда жами 25 млн сўмлик пул ютуқлари ўйналмоқда. Йил якунида эса йилнинг энг яхши саволига 100 млн сўм❗️ пул мукофоти қўйилади.

Масалан, охирги ўйинда Каттақўрғондан Мирсоҳиб Қувоновнинг Амир Темур ва Бибихоним ҳақидаги саволи томошабинларга олтинчи очкони олиб келгани учун 6 млн сўм, ўйинда энг яхши савол деб топилгани учун яна 5 млн сўм, жами 11 млн сўм пул ишлаб олди. Битта савол ортидан минг доллардан кўпроқ пул топиш зўр-ку, шундай эмасми?

Сиз ҳам “Заковат”га савол йўлланг. Фақат у ҳамма билган, сийқаси чиққан маълумотлардан бўлмасин. Теша тегмаган китоб ва манбалардан бўлсин.

Савол юбориш шартлари @zakovat каналида ёзилган.

Юқоридаги савол жавоби эса бу ерда.


👉 @xushnudbek 👈

108 comments

Show 74 more comments
Raxmonqulov Temurbek
Qo'ng'irot urug'ining bosh bobosi kim bo'lgan
Manda bitta savol borda kimdir bilsa aytib yuboringlar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestrni a‘loga yopsa qo‘shimcha pul to‘lanar ekan shu faqat bir oygami yoki butun 2 - semestrgami?
MUSTANG
Assalomu alaykum bir savolim bor edi
Abdulloh Amonov
he
Savol yoʻllashning video qoʻllanmasini kanalizga tashab qoʻying elektron savol joʻnatish
Suxrob Ropijonovich
Savol jo‘natishdan to‘xtamaslik kerak va har o‘yinni kuzatib borish kerak.
Zakovat taqdim etgan elektron manzil menda ishlamayapti, yana kimda shunaqa muammo bor
Tez orada savollarimni yoʻllayman
Assalomu alaykum bir savol bor edi universitetda sirtqi talimda rus gruppadan o'zbek gruppaga o'tkazsa bo'ladimi
Foydasi yo'q nechi marta savol yolladim bittasi ham tashilmadi vaholanki kecha 1 ta odamni aytishdi 3-4 safardan beri usha odamni savollari o'yinga chiqepti bizikichi? Ko'zbo'yamachilik bu ishonmilar! Shu yo'l bn o'zlarini obro'sini kotareptimi bilmadim
Sartarosh kelgan boʻladi
Amir Temur yoniga
Tohir
Zakovatga omad albatta men ham savollar yo'llashda davom etaman.
Uluĝbek Buxarov
ㅤ
Foydasi yo'q nechi marta savol yolladim bittasi ham tashilmadi vaholanki kecha 1 ta odamni aytishdi 3-4 safardan beri usha odamni savollari o'yinga chiqepti bizikichi? Ko'zbo'yamachilik bu ishonmilar! Shu yo'l bn o'zlarini obro'sini kotareptimi bilmadim
Balki ayb ularda emas ozimizdadir men ham bir ikkita savol yolladim lekin manbasini jonatolmadim oyinda svolinglarni manbasi bolmasa oyingga qoyilmaydi deb aytdi🙂
Sizga murojaat qilishimiz uchun ham birorta bot oching iltimos faqat reklama uchun silka qoldirmasdan
Aziza Tojiyeva
Ассалому алайкум сиз билан канака килиб богланса булади?
Хушнудбек нега саволларга жавоб бермаяпсиз ёки сиз хам телевизорда қахрамонмисиз!
...........
Savollar qabul qilinganligini qanday bilsa bòladi.bazi savollarimga avtajavob orqali javob kelyabdi . Ammo ko‘p savollarimga javob kelmayabdi.ular qabul qilinmayapti deganimi bu?
Aziza Tojiyeva
🤔???
Show next 13 comments