❓Ўқишини кўчирган талабалар қайси ҳолларда таълим кредити олиши мумкин?

Бунинг жавоби оддий. Базавий (оддий) тўлов-контракт асосида ўқишини кўчирган бўлса, бемалол таълим кредити олиши мумкин. Агар табақалаштирилган тўлов-контракт (супер-контракт) асосида ўқишини кўчирган бўлса, унда таълим кредити берилмайди. Яна ҳам тушунарли бўлиши учун:

Қуйидагиларга таълим кредити берилади:

✅ Хориждан ўқишини кўчириб, имтиҳонда ўтиш балидан юқори балл олган бўлса;
✅ Ўзбекистондаги хорижий олийгоҳлар, филиаллар ва нодавлат-хусусий ОТМлардан ўқишини мос ва турдош йўналишга кўчириб, имтиҳонда ўтиш балидан юқори балл олган бўлса;
✅ бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишини узрли сабаблар бор бўлган ҳолатда мос ва турдош йўналишга ўқишини кўчирган бўлса;
✅ йўналиши ва ОТМни ўзгартирмаган ҳолда фақат таълим шаклини (кундузгидан сиртқига ва ҳ.к.) ёки таълим тилини (ўзбекдан русга ва ҳ.к.) ўзгартирган бўлса.

Қуйидагиларга таълим кредити берилмайди:

❌ Хориждан ўқишини кўчириб, имтиҳонда ўтиш балини тўплай олмаган бўлса;
❌ Ўзбекистондаги хорижий олийгоҳлар, филиаллар ва нодавлат-хусусий ОТМлардан ўқишини кўчириб, имтиҳонда ўтиш балини тўплай олмаган бўлса;
❌ Ўзбекистондаги хорижий олийгоҳлар, филиаллар ва нодавлат-хусусий ОТМлардан ўқишини мос ва турдош бўлмаган йўналишга кўчирган бўлса;
❌ бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишини узрли сабаблар йўқ бўлган ҳолда кўчирган бўлса;
❌ бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишини мос ва турдош бўлмаган йўналишга ўқишни кўчирган бўлса;
❌ бир ОТМ ичида бошқа йўналишга узрли сабаблар йўқ бўлган ҳолда ёки мос ва турдош бўлмаган йўналишга ўқишини кўчирган бўлса.


👉 @xushnudbek👈

369 comments

Show 100 more comments
Assalomu Alaykum Xushnudbek aka Meni Savolim quydagicha Men O‘qishni ko‘chirish u.n Sirqi yo‘nalishga Ariza bergan edim lekin bugun Dekanatdan Kafolat xati olib qoldi Turdosh yo‘nalishga pervod bo‘layatganim u.n Tabaqalashtirilgan Shartnoma Asosida O‘qishlaring Mumkin Deb Baxolangki Bitta Fakultet ichida turdosh yo‘nalishga bo‘layabdi O‘zimni yo‘nalishimni Sirtqisi yo‘q bo‘lgani u.n majbur bo‘ldm Boshqa Yo‘nalishga Pervod qilishga Meni Oilaviy Sharoitim to‘g‘ri kelmaydi Otam Olamdaan o‘tgan Va oilada Yolg‘iz men Boquvchiman kantrak pulini tulashga Qiynalganim u.n Sirqi talimda o‘qishni davom ettirmoqchi edm Lekin Uzurli Sababli talabalardan Xech qanaqa Pul olinmaydi deb eshitgandm shu borada edi savolim
Merjan Ilhomovna
Assalomualeykum bu kredit perevod uchunmi ya'ni 56 mln uchun kreditmi
Assalomu Alaykum Meni Savolim quydagicha Men O‘qishni ko‘chirish u.n Sirqi yo‘nalishga Ariza bergan edim lekin bugun Dekanatdan Kafolat xati olib qoldi Turdosh yo‘nalishga pervod bo‘layatganim u.n Tabaqalashtirilgan Shartnoma Asosida O‘qishlaring Mumkin Deb Baxolangki Bitta Fakultet ichida turdosh yo‘nalishga bo‘layabdi O‘zimni yo‘nalishimni Sirtqisi yo‘q bo‘lgani u.n majbur bo‘ldm Boshqa Yo‘nalishga Pervod qilishga Meni Oilaviy Sharoitim to‘g‘ri kelmaydi Otam Olamdaan o‘tgan Va oilada Yolg‘iz men Boquvchiman kantrak pulini tulashga Qiynalganim u.n Sirqi talimda o‘qishni davom ettirmoqchi edm Lekin Uzurli Sababli talabalardan Xech qanaqa Pul olinmaydi deb eshitgandm shu borada edi savolim Yordam berin iltimos
Расул Матназаров
Ассалому алекум россиядан укишни 2 курс да 1семестр томлагандан ёки 2курс ни битириб кучиса буладими?
☆♡☆Oyatulloh☆♡☆
Perevotga amaliy imtihon topwireydigonlarga oliy ta'lim xabar beradimi imtihon kunini aka wuni aytivorsayiz oldindan raxmat
Nigina
Oddiy bazaviy tulov-kontrakt u qanaqa uni kimla tulaydi?
Necha foiz stavkasi bor ekan bu kreditni, kim biladi
Мatkarimova Shahlo
Ibrohimjon
Yo insititutni ichida ichki perevod
Ichki perevodda turdosh bòlsa ham super kontrakt deyishgandi ovozli chatda.
Nigina
Perevod masalasida super-kontrakat degan narsani yuq qilush kerak! Bu ochiqdan ochiq ahmoqlik!
universitet ichida yonalshini ozgartrmasdan turdow fakultetga pervodi tekin qlilA. jinniliku bu insti ichda qanaqa sabab bolshi mumkin. yana korib chiqiqla shu qaror iltmos. turdoshdan turdoshga super kamaytirila yoki tekn qlila. agar matemdan biologiya yoki shunga oxwagan holat boayam maylidi. pervodi yana qayta korib chiqila
Расул Матназаров
Россиядан 2 курсдан укишни кучирса буладими?
Мatkarimova Shahlo
Ichki perevodda turdosh bòlsa ham super kontrakt deyishgandi ovozli chatda.
Talim shaklininozgartirganda hechqanday to'lov bolmaydi degan edi menda talim shakli ozgaryabdi faqat turdosh yo'nalishimga chunki ozimning yo'nalishimning sirtqisi yoq
Eraliyeva
Ha mos va turdosh. Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarishda
Assalomu aleykum Xushnudbek aka o'qishni xorijdan ko'chiruvchilar uchun ruxsatnoma shakllantirilibdi, lekin IELTS sertifikat qo'shish uchun hech qanday band yo'q. 28-iyul 2021- yil kuni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bosh boshqarma boshlig'i Abduvali Xoliqov bilan bo'lgan suhbatda bu band invoys raqamni kiritish jarayonida qo'shib ketilishini aytilgan edi, lekin hali ham bu band yo'q. Shu masalaga oydinlik kiritib berishingizni iltimos qilaman.

P.S: Axir, ingliz tilini o'rganib mehnat qilib oganmiz, qariyb 2 million so'm pul to'lab bekorga imtihon topshirmaganmiz!
Nigina
Perevod masalasida super-kontrakat degan narsani yuq qilush kerak! Bu ochiqdan ochiq ahmoqlik!
Umuman oqimasdan yana xorijga qaytib ketgandan yaxwiku xolagan odam tolidi xolamas qaytb keturadi majburmasku tolaw
Show next 100 comments