Sertifikat va diplomlar bo’yicha juda ko’pchilik savol bermoqda. Umumiy javob berib o’tishni lozim topdik. Tasavvur qiling karantin boshlanganidan buyon o’nlab olimpiadalar o’tkazdik. Barchasini natijasi kanalimizda turibdi. Ular hech qachon yo’qolmaydi. Qatnashuvchilar soni (ya’ni diplom, sertifikat,... oluvchilar soni)
1️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣
(Ha to’g’ri o’qidingiz yuz ming) dan oshib ketdi. Ularni har biriga ism-familiyasi yozilgan sertifikat yozib chiqish uchun qancha vaqt ketadi deb o’ylaysiz?
Tasavvur qiling super kompyuter va super odam yordamida to’xtovsiz yozilsa (har biriga 5 sekund ⏱ sarflasin deylik) 6 kun vaqt ketadi!
Boshqa tomondan ism-familiyasiz ham e’lon qilib bo’lmaydi!
Yagona yechim - ishlarimizni avtomatlashtirish! Bekorga muhtaram prezidentimiz har bir sohani raqamlashtirish kerakligini ta’kidlamayaptilar!
Biz bu borada amaliy ish boshlab yuborganmiz. Yana ozgina sabr qilaylik.
Mavzu yuzasidan yana bir ma’lumot. Yurtimizda ilk marta O’ZBEKISTON QIZLAR MATEMATIKA OLIMPIADASI kanalimiz tomonidan (olloh nasib qilsa kelasi yil sovg’alari ham juda katta bo’ladi) o’tkazilgandi. 10-11 sinf o’quvchi qizlarining sertifikatlari va barcha sinf o’quvchilarining I darajali diplomlari ham yaqinda tayyor bo’ladi. Ularni birinchi navbatda e’lon qilib, undan keyin boshqa olimpiada sertifikatlarini e’lon qilamiz. Bu ishlar kechikishiga diplom yozilishidagi arzimagan xato (lekin bexato ishlash bizning asosiy prinsipimiz) va yurtimizda e’lon qilingan karantin sabab bo’ldi. Mana xudoga shukur sekin asta yaxshi kunlar yetib kelmoqda.
👩🏻🏫👨🏻🏫O’qituvchilar uchun ham ajoyib sovg’amiz bor. Yuqorida ta’kidlagan dasturimiz ishga tushishi bilan bundan keyingi olimpiadalarda munosib ishtirok etgan o’quvchilarning o’qituvchilari ham taqdirlanadi!
Qaytaraman, hammaning mehnati va natijasi biz uchun muhim. Biz bilan birga ekanligingizdan mamnunmiz! Hech qachon harakatdan to’xtamang!
98 comments
YAXSHIBEK XO'JAYEV
Bizlarni o`ylaganingiz uchun katta rahmat
Rajabova
Tushinamiz albatta
12-maktab 7-b sinf rahbari Muhayyo Asqarova Qoʻldashboyevna
Ishlaringga omad menga va farzandlarimga ma'qul
Maxmud ggg
Ikki kundan beri 1-2 sinflar kun testi yuborishda muammo. Qoʻshimcha alla uy may ichib boʻlmaydi Shuning uchun toʻridan toʻgʻri yoborish choralarini hal qiling Ikki nafar farzandim ham mehnati va ishonchi yoʻqolmasin. Men kabi javoblarni yubora olmayotgan ota onalar anchadir. Yoki bu ham ..........? Javobsiz qoldirmassiz deb oʻylaymiz.
Ha yaxshi tushunamiz shuncha bolalarga sertifikat tayyorlayapszlar bu ozmuncha vaqt olmaydi. shunday olimpiadalar otkazyotganlaring juda yoqyapti farzandlarimizga omad yor bolsin
Xurmatli ota onalar xar narsa ortida sabr bo'lishi kerak meni farzandim xam 16 kuni bo'lib o'tgan olimpiadada qatnshdi javobini men kecha 19 kuni oldim balkim menga kech yetib kelgandir ammo javobi zo'r Diplom bilan taqdirlandi xursandmiz buni tashkillashtirgan insonlarga va Sardor Bazarboyevga o'z minnadorchiligimni bildiraman avvolo bu O'zbekiston yoshlari uchun etibor javob natijalari kelarkan faqat sabr qilinsa
Xaydarova G
Biz ikki kundan beri jõnata olmayapmiz. Nima qilsa bõladi.
Тухтамишова Турдихол бошлангич синф 10
Uralova Umida 3-D sinf test javoblari 1)D.2)D.3)A.4)B.5)A.
Намозова Гулноза
Sizga raxmat hamasi uchun olimpiadani uylabtopkanis uchun🥰💁🎇🎆💗👍🤩🥳😽😻🤴🧚♂️🧚♀️🧜♂️🧜♀️💘💝💖💚💛🧡❤💜💙
Khafizov Alisher
Раҳмат. Ишларингизга омад. Чарчаманглар.
G‘ANIYEVA DILNOZA
Men ToshimovaRuxshona iltimos bugun savollar kelmayapti tashlang iltimos vaqt ketayapti