Sertifikat va diplomlar bo’yicha juda ko’pchilik savol bermoqda. Umumiy javob berib o’tishni lozim topdik. Tasavvur qiling karantin boshlanganidan buyon o’nlab olimpiadalar o’tkazdik. Barchasini natijasi kanalimizda turibdi. Ular hech qachon yo’qolmaydi. Qatnashuvchilar soni (ya’ni diplom, sertifikat,... oluvchilar soni)

1️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣

(Ha to’g’ri o’qidingiz yuz ming) dan oshib ketdi. Ularni har biriga ism-familiyasi yozilgan sertifikat yozib chiqish uchun qancha vaqt ketadi deb o’ylaysiz?

Tasavvur qiling super kompyuter va super odam yordamida to’xtovsiz yozilsa (har biriga 5 sekund ⏱ sarflasin deylik) 6 kun vaqt ketadi!

Boshqa tomondan ism-familiyasiz ham e’lon qilib bo’lmaydi!

Yagona yechim - ishlarimizni avtomatlashtirish! Bekorga muhtaram prezidentimiz har bir sohani raqamlashtirish kerakligini ta’kidlamayaptilar!

Biz bu borada amaliy ish boshlab yuborganmiz. Yana ozgina sabr qilaylik.


Mavzu yuzasidan yana bir ma’lumot. Yurtimizda ilk marta O’ZBEKISTON QIZLAR MATEMATIKA OLIMPIADASI kanalimiz tomonidan (olloh nasib qilsa kelasi yil sovg’alari ham juda katta bo’ladi) o’tkazilgandi. 10-11 sinf o’quvchi qizlarining sertifikatlari va barcha sinf o’quvchilarining I darajali diplomlari ham yaqinda tayyor bo’ladi. Ularni birinchi navbatda e’lon qilib, undan keyin boshqa olimpiada sertifikatlarini e’lon qilamiz. Bu ishlar kechikishiga diplom yozilishidagi arzimagan xato (lekin bexato ishlash bizning asosiy prinsipimiz) va yurtimizda e’lon qilingan karantin sabab bo’ldi. Mana xudoga shukur sekin asta yaxshi kunlar yetib kelmoqda.


👩🏻‍🏫👨🏻‍🏫O’qituvchilar uchun ham ajoyib sovg’amiz bor. Yuqorida ta’kidlagan dasturimiz ishga tushishi bilan bundan keyingi olimpiadalarda munosib ishtirok etgan o’quvchilarning o’qituvchilari ham taqdirlanadi!

Qaytaraman, hammaning mehnati va natijasi biz uchun muhim. Biz bilan birga ekanligingizdan mamnunmiz! Hech qachon harakatdan to’xtamang!

98 comments

Show 50 more comments
Мен Маьмуржонман бугунги уринларни еълон килмайсизми
Карантин тугаганидан кейин 1-уринни олган укувчига диплом бериладими
Зур булибди. Уша март ва апрел да катнашган укувчилар ни укитувчиларига хам бериш керак
Мухтаров Улугбек
М.У
Geografiya olimpiadaga ròyxatdan òtdim.testlar 13 00da keladi bu testni qanday qilib qaysi saytda ishlash mumkin.
Дилдора Тошматова
Кеча 6:00да келганди
🌹💐🌺Sarvinoz🌺💐🌹
Salom hammaga
Assalamu alaykum bowlanģich sinflarni javoblari nega yòq???
Sertifikat qanday olinadi
ΞτheΞβesτΞβσγΞ
Базарбаев каналига ташайди
Математикани канака ечкан босак худи шунака ечамиз география ни хам
Show next 27 comments