NAJOT ILMDA

Ўтган йили ҳужжат топшириш онлайн бўлганидан кейин ҳамма ёққа топшириб кўргандим: бакалаврга ҳам, магистратурага ҳам, иккинчи мутахассисликка ҳам.

Мақсад: тизим қандай ишлаётганини текшириш ва шундан келиб чиқиб абитуриентларга маслаҳатлар бериб бориш.

Фақат ўтган йили карантин сабабли тестларга бормадим. Бу йил эса тестга ҳам бордим.

Мақсад: тизимни қандай ишлаётганини текшириш, жараёнларни ўз кўзим билан кўриш.

Аммо ўқишга кириш ниятим йўқ эди.

Шу сабабли тестда шунчаки ўзимни текшириш учун фақат мажбурий блокларни ишладим, асосий бални берадиган мутахассислик фанларини белгиламадим. Аниқроғи NAJOT ILMDA деб ёзиб чиқа қолдим.

Чунки ўқиш истагида бўлган қайсидир абитуриентнинг ўрнини эгаллаб, унга жабр қилгим келмади.

Мажбурий блокдаги 10 та саволдан натижам:

Она тили: 10
Тарих: 9
Математика: 7

2003 йили мактабни битиргандим, менимча, натижа ёмон эмас :)

❗️Унутманг, НАЖОТ фақат ва фақат ИЛМДА! Илм олинг, илм олишга интилинг! Шунда кам бўлмайсиз, менга ишонинг.


👉 @xushnudbek 👈

754 comments

Show 100 more comments
Nasima
Yoshlaga yo'l beribsizda
,,Grantdan mosuvo boʻldim"

Kiprigim maxzun bugun,
Bosh koʻtarmay yotular.
Qalbimdagi nolalar,
Soʻz aytolmay yotular.

Grantdan umid uzdim,
Taqdirimga tan berib.
Kontrakga bogʻladim,
Mayli, bariga koʻnib.

Ortda qolgan ikki yil
Boʻldi umrim mazmuni.
Bosib oʻtdim turli xil
Yoʻllarimning barini.

Nima qilsin ojiz dil,
Robbingning himmati bor.
Koʻp kuyunma shuni bil,
Taqdiringda hikmat bor.


✍🏻
Texniqom o'qishlarga qanaqb online dokument topwrsa buladi kim biladi yozvoringlar
Xushnudbek siz faqat testni kuzatib o‘tirgansizda 😀😀😀
Javoxir
O‘ziz 67 ball olibsiz deb karillayotgan qani endi chiqinglarchi
Assalomu alekum qilgan ishizga qoyil aka Bu narsa hammani ham qolidan jelmaydi ancha muncha mansabdor shaxsni fikriga kelmaydigon ish qilibsiz Ota onezga ming raxmat Ollox rozi bõlsin sizdan...
Gulrux98
Rustam
Superga aniq tushdiz🤣
Йоғе супер қанча
😜😜😜😛😝
Fikringiz qanaqa bōldi Xushnud aka testga kiribsiz. Axvollardan qoniqdizmi...?
Zòrsiz!
Magistraturaga ham kirib chiqdizmi? Biror tavsiyalar bering
Assalam aleykum Xushnudbek aka iltimos mani savolimni befarq qoldirmang bugun navoi konchilik institutida magistrgatura imtihon olindi lekin imtixon bulishi haqida xech joyada e'lon qilinmadi.Xujat topshirganlarni yarmidan kupi qolib ketishdi.Shunga etibor qaratishingizni surardim.Iltimos oldindan raxmat.
Muzaffar Muhtorov
Savollarni ham ko'raylik🙈🙊🤭😀
Хар доимгидек койил сизга. Математикадан 0 булганига бу ерда бир гап бор узи деб уйлагандим
Haqiqiy óz iwining ustasi 👍👍👍
Хушнудбек хорманг.президент гранти инситутлар грант квотасидан ташкарими.яьни юкори балл олганлартеппана кетса уларни урни кейинги 180 балларга насиб киладими жавоб учун олдиндан рахмат
Muammolarga ko'proq e'tibor qaratsangiz yaxshi bo'lardi.Postlaringiz bir xillik bo'lyapdi.Hamma sohani qamrab olsa.Dtm emas boshqa sohani ham tekshirish kerakda
Narimon Rakhmonkulov
SALOMALEKUM XUSHNUD AKA
MEN O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA UNIVESTETIGA XORIJDAN O'QISHNI PERIVOT QILIS UCHUN ONLAYN XUJJAT TOPSHIRGANDI XUJJATIM QABUL QILINDI KECHA KECHKI VAQT XASIY KABINETIMDA IMTIHONGA KIRISH UCHUN PUL TO'LASH KERAK DEGAN MALUMOT CHIQIB BIR PASDAN KEYIN YO'QOLIB QOLDI XAMMA YODAN SO'RAYAPMAN LEKIN ANIQ MALUMOT OLOLMAYAPMAN ERTAGA OXIRGI KUN ILTIMOS SHU XAQIDA ANIQROQ MALUMOT BERING
+998883041516 TELIFON NO'MMERIM .
Toxir To'ychiyev
Assallomu allaykum sizga iltomosim bor.Ikkinchi mutaxasislik buyicha qachondan e lon qilinadi VA gant asosida tugatganlar toshirish munkinmi.
Assalomu alaykum. Mandat.dtm.uz da imtiyozli kvotalar ko'rsatilmayapti
Ba'zi o'quvchilar youju , BUT kabi universitlarga kirishgan pul to'lash to'lamaslikka boshlari qotib o'tiribdi. Imtiyozli kvota o'rinlarini bilishni imkoni bormikan.
ШАХНОЗА ТУРАТОВА ПСИХОЛОГ
Xushnud aka, supersiz👍👍👍bundey edialar faqat sizdan chiqadi. 😊
Асмо ...
Qoyil! Siz supersiz
Show next 100 comments