NAJOT ILMDA

Ўтган йили ҳужжат топшириш онлайн бўлганидан кейин ҳамма ёққа топшириб кўргандим: бакалаврга ҳам, магистратурага ҳам, иккинчи мутахассисликка ҳам.

Мақсад: тизим қандай ишлаётганини текшириш ва шундан келиб чиқиб абитуриентларга маслаҳатлар бериб бориш.

Фақат ўтган йили карантин сабабли тестларга бормадим. Бу йил эса тестга ҳам бордим.

Мақсад: тизимни қандай ишлаётганини текшириш, жараёнларни ўз кўзим билан кўриш.

Аммо ўқишга кириш ниятим йўқ эди.

Шу сабабли тестда шунчаки ўзимни текшириш учун фақат мажбурий блокларни ишладим, асосий бални берадиган мутахассислик фанларини белгиламадим. Аниқроғи NAJOT ILMDA деб ёзиб чиқа қолдим.

Чунки ўқиш истагида бўлган қайсидир абитуриентнинг ўрнини эгаллаб, унга жабр қилгим келмади.

Мажбурий блокдаги 10 та саволдан натижам:

Она тили: 10
Тарих: 9
Математика: 7

2003 йили мактабни битиргандим, менимча, натижа ёмон эмас :)

❗️Унутманг, НАЖОТ фақат ва фақат ИЛМДА! Илм олинг, илм олишга интилинг! Шунда кам бўлмайсиз, менга ишонинг.


👉 @xushnudbek 👈

754 comments

Show 100 more comments
Mamanazarova Zaynura
Qaysi hisob raqamga tawaw kerak
Xushnudbek aka hozirgi kunda NAJOT ILMDA deb emas NAJOT SPORTDA deb yozib chiqish kerak edi. Bugungi kundagi sport va fanga boʻlgan e'tiborni farqi juda katta boʻlyapti. Goʻyoki fanda erishilgan yutuqlar uchun qilingan mehnat sportda erishilgan yutuqlar uchun qilingan mehnatni 1/100 ga ham arzimaydigandek. Matematiklarni ham mehnatlariga arzigulik ragʻbatlantirish kerak edi manimcha. (Televizor berishdi xuddiki bolam sen oʻqima TV koʻr sportchilarni qanday tabrikladik degandik) "Kalitlar" oʻrniga tashakkurnoma va faxriy yorliqlar:)
👏🏻👏🏻👏🏻👏🏻👏🏻
_abduvokhidova_
Bitta otm da óqib turib yana test sinovlarida ishtirok etsa bóladimi?
Ajoyib insonsiz. Xalq dardi bilan yashaysiz. Xalqqa foydangiz tegadi. Ishlaringizni rivojini bersin Ollohim😊🤲
_abduvokhidova_
****** Gaplariga qóshilaman undan kóra paxta tersam yaxshimasmisldi deydiku Million hazilida aslida
Tohirjonov Mahmudjon
Assalomu alaykum. Xushnud aka bilan qanday bog‘labish mumkin. Savollar bor edi
Toppa togri yashang 130.2 bal bn milliiyga amaliy psixologiya ga kirsa boladimi aytip yuborila👀👀👀
Assalomu alaykum hurmatli Hushnudbek sizning taʼlim jarayonlariga kreativ yondashuvingiz tahsinga loyiq. Sizning boshqalardan farqingiz avvalo oʻzingiz sinab koʻrib, keyin maslahat berasiz. Doim sizga faoliyatingizda joʻshqinlik tilayman.
ЗАРНИГОР 👑👑👑
Assalomu alaykum Xushnud aka Raxmat sizga kattakon chunki xech bolmasa xalqimizdan bir kishi bolsa xam imtixonni qanday bolayotgani uchun topshirib koribsiz.siz biz abiturienlar tarafda ekanizdan xursanmiz chunki xechkim vaqtini ketkazib mablagini ketkazib shunchaki topshirib kormaydi albatta sizni fikrlarizga qoshilaman NAJOT ILMDA .bebaxo fikrlariz uchun katta raxmat Alloh ziyoda qilsin.
XALQNI MENTALITETI O‘ZGARMASA, BU GAPLAR SHUNCHAKI SO‘ZLAR JAMLANMASI BO‘LIB QOLADI... JAMIYAT, OMMA ISTASHI KERAK ILMNI... ALOHIDA ODAMLARNI KUCHI KAMLIK QILADI. YODLAYDIGANLAR EMAS, TASAVVUR QILA OLADIGANLAR KERAK...
🌸🌸🌸
Shunaqa bolib chiqadi deb kutgandim:)
_abduvokhidova_
$IROJ TIL@VOV
Boladi
Hoz agar otmga kirsa nima bóldi keyin
Uzbechka yoxud snayper qiz
Assalom aleykum Xushnud aka natijangizga gap yuq yaxshi ball olgansiz. Men 2015 yil tibbiyot kollejini tammomladim. Oilaviy sharoit va muhit tufayli oliygohda o'qiy olmadim lekin oliygohda o'qish niyatidan ham qaytmadim. Mana shu yil imtihonlar uchun tayyorlandim. Yeoju texnika institutiga topshirganimda imtihondan yaxshi natija bn o'tib oldim😊😊😊. Davlat oliygohlariga ham topshirdim Xotin-qizlar uchun berilgan imtiyozga ham egaman. Imtihonda 90,3 ball olganman. Imtiyoz tufayli o'qishga kirishim mummkinmi yoki Yeojuga hujjatlarimni olib borsammi???
Nima qilishga hayronman. Xotin qizlarga berilgan imtiyoz uchun yetarmikan to'plagan ballim, bilsangiz biror ma'lumot bering shu haqida Xushnud aka....
Assalomu alaykum. Sirtqiga ham imtiyozi bor armiyachilar topshirganmi yoki ular faqat kunduzgidami
Agar shu ball bilan o'qishga kirib ketsangiz a Xushnudbek aka. 😀😂
Bozorboyeva Yulduz
Assalomu alaykum Xushnud aka hozirgi kunda kanalda har bir postga kamentariya yozsa boʻladiku siz ham kanalizda yoʻlga qoʻying juda ham yaxshi boʻlar edida)😉
Show next 100 comments